Odoblar xazinasi



Download 468 Kb.
bet23/47
Sana27.07.2021
Hajmi468 Kb.
#130136
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
Bog'liq
Adabiyot so'z sa'nati

QO‘SHIMCHA SAVOLLAR

1. Oybekning tarjimalari? J: Pushkinning “Yevgeniy Onegin” she’riy romani, Lermontovning “Maskarad” asari, arman xalq eposi “Sosunli Dovud” dostoni.

2. Oybek qachon O‘zbekiston Fanlar akademiyasining a’zosi etib saylangan? J: 1943-yil.

3. Oybek xotirasiga bag‘ishlab qachon va qayerda haykali o‘rnatildi? J: 2010-yil Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘da.

4. “Bolaning ko‘ngli podsho” hikoyasida Dadaqo‘zi ota ishlatadigan iboralar? J: “Bolaning ko‘ngli podsho”, “Bolaning ko‘ngli tilla”.

USMON NOSIR

1. Umri va ijodi xuddi qorong‘i osmonni birdan yoritib yuborgan chaqmoqqa o‘xshaydigan shoir kim? J: Usmon Nosir.

2. Qaysi adiblar juda kam umr ko‘rgan bo‘lsalarda, ular yozib qoldirgan asarlarining ahamiyati asrlarga tatigulik? J: Rus shoiri Lermontov, tatar ijodkori Abdulla To‘qay, o‘zbek shoiri Usmon Nosir.

3. Usmon Nosir necha yil yashagan? J: 32 yil.

4. U. Nosir necha yil erkin ijod qilgan? J: 6-7 yil.

5. U. Nosir qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1912-yil 13-noyabr Namangan shahri hunarmand oilasida.

6. U. Nosir otasidan qachon ajraladi? J: Go‘dakligidayoq.

7. U. Nosirning onasi nima uchun Qo‘qonga ko‘chib keladi? J: Onasi Xolam-bibi o‘g‘li 4 yoshligida Nosir hoji degan kishiga turmushga chiqqani uchun.

8. U. Nosir qayerlarda o‘qiydi? J: Qo‘qondagi internatda, 1931-yilda Samar-qanddagi O‘zbekiston dorilfununida (hozirgi Samarqand Davlat Univer-sitetida).

9. U. Nosir qanday bilimlarni chanqoqlik bilan o‘zlashtiradi? J: Adabiyotni, dunyo tarixini, falsafani, san’atni.

10. U. Nosirning Samarqanddan onasiga yozgan she’riy maktubi? J: “Oq yu-vib, oq tarab” she’ri.

11. Shoir qaysi she’rida bolaligida ko‘rgan sargardonliklarni tabiat manzaralari-ga uyg‘un holda qayta jonlantiradi va o‘quvchini o‘z xotiralariga oshno etadi? J: “Oq yuvib, oq tarab” she’rida.

12. “Esingdami, g‘arib ona,U qishlarning zahri” misralari kimning qaysi she’ridan olingan? J: U. Nosirning “Oq yuvib, oq tarab” she’ri.

13. Tabiatni go‘yo ona anglab, o‘zini esa shu ona bag‘riga doimiy talpinuvchi farzand sanagan shoir kim? J: U. Nosir.

14. Qaysi shoir she’rlarida har bir fasl, yer, osmon, quyosh, yulduz va oy, daraxtlar va chechaklar, qushlar va hayvonlar badiiy umumlashma, obraz daraja-siga o‘sib chiqadi? J: U. Nosir.

15. U. Nosirning qaysi she’ri 4 misradan iborat? J: “Bolaligimga”.

16. “Sarg‘ayib yerga tushgani Bir ko‘m-ko‘k yaproqning.Qon, yoshlar-la to‘lganda U ko‘zlaring seniTuproqqa yuz tutganda

Umring bahori”. Ushbu parcha U. Nosirning qaysi sh’eridan olingan? J: “Oq yuvib, oq tarab” she’riy maktubi.

17. U. Nosirning ustozlari? J: Cho‘lpon, Fitrat, A. Qodiriy.

18. U. Nosir necha yoshida Sibirga surgun qilindi? J: 24 yoshida.

19.Usmon Nosir haqida “Usmon Nosirning so‘nggi tushi” she’rini kim yozgan? J: Usmon Azim.

BOLALIGIMGA” SHE’RI

1. “Bolaligimga” she’rining boshlanishi? J: “Kapalakning gul emganin ko‘r-dim, Eslab ketdim seni malagim…”.

2. “Bolaligimga” she’rining tugallanishi? J: “Sen berdingmi, shuncha shirin she’rni Ey, barglari ko‘m-ko‘k palagim”.

3. “Bolaligimga” she’rining hajmi? J: 4 misra.

4. “Bolaligimga” she’rida bolalik nimaga o‘xshatilgan? J: Yashnoq gulga, barglari ko‘m-ko‘k palakka, go‘zal malakka.

5. “Bolaligimga” she’rida shoir o‘zini nimaga o‘xshatadi? J: Gul hidiga oshiq kapalakka.

U. NOSIRNING OY TO‘G‘RISIDAGI SHE’RI

1. U. Nosir qaysi she’rida oy va uning nurlari, bahor chog‘i gullagan bodomning oydin kechadagi suratini chizadi? J: Oydin kecha- Sutdek oppoq Har yer Har bir joy, Doirai kamondan Boqar kumush oy. 2. “Oy nurini Deraza Taqib suv oqarJimirlab

Oy aksi yotar” she’ri kimning qalamiga mansub? J: Usmon Nosir.

3. U. Nosirning oy to‘g‘risidagi she’ri qanday yakunlanadi? J: Oy nurini Ko‘zga solib Ko‘rdim yalangdan- Bodom gullab qolibdi

Och pushti rangda…

YURGANMISIZ BIRGA OY BILAN” SHE’RI

1. She’rning boshlanishi? J: Yurganmisiz birga oy bilan. Oqshom payti ko‘m-ko‘k o‘rmonda?

2. She’rning nechanchi misrasida oy harakatga tushadi? J: Birinchi.

3. Shoir izlab yurgan tanqis muhit nima? J: Sokinlik, tinchlik.

4. Shoirga qaysi holat sokinlik, tinchlikni hadya qiladi? J: Oy bilan ko‘m-ko‘k o‘rmonda kezish.

5. U. Nosirning qaysi she’ri 1935-yilda davolanish uchun shimolga Boltiq va Oq dengiz bo‘ylariga safar qilgan davrida yozilgan? J: “Yurganmisiz birga oy bilan” she’ri.

6. She’rda shoir o‘zining tushkun kayfiyatini qaysi misralarda ifodalaydi?J: Men mast bo‘lib qoldim bir kecha, Sil o‘pkamni ancha yayratdim. Uxlamasdan to tong otguncha, Dilginamni rosa sayratdim.

7. Shoir “Yurganmisiz birga oy bilan” she’rida biqiq, tuhmat-u razolatga to‘la muhitda siqilgan ko‘nglini qaysi so‘z bilan ifodalaydi? J: Sil o‘pkam.

8. Shoir “Yurganmisiz birga oy bilan” she’rida “dilginamni rosa sayratdim” deganda nimani nazarda tutgan? J: Emin-erkin ijod qilishni.

9. “Eng dahshatli sukunat-shoir jim yursa!” degan misralar kimning ijodidan olingan va bu misralar qaysi shoirga nisbatan ishlatilgan? J: Xurshid Davronga tegishli va U. Nosir ijodi haqida.

10. U. Nosirning 1935-yil yozilgan she’rlari J: “Yurganmisiz birga oy bilan”, “Yur tog‘larga chiqaylik”.

11. U. Nosirning “Yurganmisiz birga oy bilan” she’ri necha misradan iborat?J: 12 misra, 3 band.

12.Usmon Nosirning “Yurganmisiz birga oy bilan”, “Yur tog‘larga chiqaylik” she’rlari qayerda yozilgan? J: Boltiq dengizi bo‘yida.

YUR TOG‘LARGA CHIQAYLIK” SHE’RI

1. Shoir qaysi she’rida hali bolalik zavqidan voz kechishni istamagan shoir ko‘ngli bilan shafqatsiz hayotning achchiq-chuchugini totib, sergak torta boshlagan shoir aqli o‘zaro muloqotga kirishadi? J: “Yur tog‘larga chiqaylik”.

2. “Yur tog‘larga chiqaylik” she’rining boshlanishi? J: Yur tog‘larga, chiqay-lik Mayli yur!

3.“Yur tog‘larga chiqaylik” she’rida nima o‘ta chiroylik, go‘yo suvga o‘xsha-tiladi? J: Yoshlik

4. U. Nosirning qaysi she’ri bir xil misra bilan boshlanadi va yana shu misra bilan tugallanadi? J: “Yur tog‘larga chiqaylik”.

YO‘LCHI” SHE’RI

1. U.Nosirning qaysi she’rida o‘zi tanlagan olis yo‘lda duch kelishi muqarrar bo‘lgan qiyinchiliklarga tik boqa oluvchi obraz aks etadi? J: “Yo‘lchi” she’ri.

2. U. Nosir qaysi she’rida “Chu, qora yo‘rg‘am” deb yozadi? J: “Yo‘lchi” she’ri.

3. U. Nosir “Yo‘lchi” she’rini yozganda necha yoshda edi? J: 23 yosh.

4. U. Nosirning “Yo‘lchi” she’rining 3-misrasini toping? J: Ko‘nglimda dardlarim daryodek oqin.

5. “Yo‘lchi” she’rining lirik qahramoni qanday odam? J: Oddiy odamlar singari orzular ko‘yida yurgan odam emas. U talpingan manzil “murodga qasd qilib yugurish”ni talab qiladi.

6. “Yo‘lchi” she’rining tugallanishi? J: Bo‘ronni sevmasa, dil nechun tepar? Tiriklik ne kerak bemehnat, beg‘am?! Chu, qora yo‘rg‘am! “YURAK” SHE’RI

1. “Itoat et Agar sendanVatan rozi emas bo‘lsa, Yoril! Chaqmoqqa aylan sen,Yoril! Mayli tamom o‘lsam”–misralari U. Nosirning qaysi she’ridan olingan?J: “Yurak”.

2. U. Nosirning umri aks etgan she’ri? J: “Yurak”.

YOSHLIK” SHE’RI

1. “Yoshlik” she’rining boshlanishi? J: Kunlarimni yoshligimdan ayamadim, Menda yoshlik nokaslikni hech ko‘rmadi.

2. “Yoshlik” she’ri necha banddan iborat va nechanchi yil yozilgan? J: 6 band, Toshkent, 1934-yilda.

3. Shoir “Yoshlik” she’rida yoshligimning tarozisi qanday tosh bilan og‘ir deydi? J: Bahor toshi bilan.

4. “Yoshlik” she’rida “bahor toshi” deganda nima nazarda tutiladi? J: Sevinch, shodlik.

5. Shoir qaysi she’rida “yuragimda o‘lib qolgan bolaligim erkaligin tiriltirdim” deydi? J: “Yoshlik”.

6. “Yoshlik” she’rining tugallanishi? J: Keyin bilsam, tasodiflar zarur ekan,

Hodisani yetaklarkan sababiyat.

“GULZOR-CHAMAN” SHE’RI

1. “Gulzor-chaman” she’rining boshlanishi? J: Gulzor-chaman. Yur, bog‘-larga Eltay yetaklab. Binafshalar terib beray Senga etaklab.

2. “Gulzor-chaman” she’ri necha band va qachon yozilgan? J: 10 band, 1934-yil.

3. “Kunday yorug‘, tunday qora Ekan ko‘zlaring”. Ushbu misralarda qanday badiiy tasvir vositalari ishlatil-gan va kimning qalamiga mansub? J: O‘xshatish. U. Nosir.

4. “Gulzor-chaman” she’rida U. Nosir yoriga nimalarni terib bermoqchi bo‘ladi? J: Binafsha.

5. “Istaymanki oqar qonimTamom bo‘lmasin, Istaymanki, sevar yorimTashlab ketmasin” misralari U. Nosirning qaysi she’rida uchraydi? J: “Gul-zor-chaman” she’ri.

6. Qaysi shoir agar vatan chorlasa qo‘lyozmalarini tashlab shinel kiyishga ham tayyor? J: U. Nosir, “Gulzor – chaman” she’rida.

7. U. Nosirning “Gulzor-chaman” she’ridagi lirik qahramon kimga murojaat qilyapti? J: Yoriga.

8. Usmon Nosirning qaysi she’rida lirik qahramon o‘zini braun- to’pponcha bilan otib qurbon qilishga tayyor? J: “Gulzor-chaman”.


Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish