ANTUAN DE SENT- EKZYUPERI
1. XX asrdagi nafaqat fransuz, balki jahon adabiyotining yetuk namoyonda-laridan biri kim? J: Antuan De Sent- Ekzyuperi.
2. Antuan De Sent- Ekzyuperi qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1900-yil 29-iyun Fransiyaning Lion shahridagi kambag‘allashgan zodagonlar oilasida.
3. Antuan De Sent- Ekzyuperining bolaligi qayerda o‘tgan? J: Lion yaqinidagi buvisiga qarashli Sen-Moris maskanida.
4. Antuan De Sent- Ekzyuperi akasi Fransua bilan qayerda ta’lim olgan?
J: 1909-yildan 1914-yilgacha Man shahridagi kollejda.
5. Birinchi jahon urushi boshlangach onasi o‘g‘illarini qayerga o‘qishga yuboradi? J: Shvetsariyadagi xususiy kollejga.
6. Yozuvchining qalbida chuqur o‘zgarish ro‘y berishiga va ilk bora yashashdan maqsad nima degan savolga javob axtarishiga sabab bo‘lgan voqea nima? J: Akasi Fransuaning bevaqt o‘limi.
7. Antuan De Sent- Ekzyuperi qayerga o‘qishga kiradi? J: Nafis san’at aka-demiyasining arxitektura fakultetiga.
8. Antuan De Sent- Ekzyuperi arxitektura fakultetini qachon tark etadi? J: 1921-yil.
9. Antuan De Sent- Ekzyuperi nima uchun Fransiya harbiy havo kuchlari safiga xizmatga kiradi? J: Insoniyatga chinakam naf keltiradigan ish qilish uchun.
10.Antuan De Sent- Ekzyuperi uchun qaysi yil hal qiluvchi yil bo‘lgan? J:1926-yil.
11. Antuan De Sent- Ekzyuperi qachondan boshlab o‘zi sevgan mashg‘ulot bilan shug‘ullana boshlaydi? J: 1926-yildan.
12. Antuan De Sent-Ekzyuperi uchun 1926-yil nima uchun hal qiluvchi yil bo‘lgan? J: “Latiko-Eyr” havo kompaniyasiga ishga kiradi. 13. Antuan De Sent-Ekzyuperi sevgan mashg‘ulot nima? J: Uchuvchilik va yozuvchilik.
14. Antuanning birinchi hikoyasi? J: “Uchuvchi”.
15. Qaysi adib umrining oxirigacha uchuvchi bo‘lib qolgan? J: Antuan De Sent- Ekzyuperi.
16. Antuan qayerlarda uchardi va nimalarni tashirdi? J: Yevropa, Afrika va Lotin Amerikasining turli burchaklarida, yuk va yo‘lovchi tashir edi.
17. Antuan De Sent- Ekzyuperi qanday lavozimlarda ishlagan? J: G‘arbiy Saxara (Hozirgi Mavritaniya)ning Kap-Jubi shahri aeroportining boshlig‘i, so‘ng fransuz aviakompaniyasining Argentinadagi bo‘limi boshlig‘i.
18. Antuan bo‘sh vaqtlarini nimaga bag‘ishlaydi? J: Adabiyotga, musiqaga va ixtirochilikka.
19. Antuanning ilk yirik asari? J: 1929-yili “Janub chopari”.
20. Adibning 1931-yili yozgan romani? J: “Tungi parvoz”.
21. Adibning qaysi asari chop etilgan kunlaridanoq keng kitobxonlar va adabi-yotchilar diqqatini o‘ziga jalb qilib, yuksak baholangan? J: “Tungi parvoz” romani.
22. Adibning qaysi asari 1931-yili “Femina” mukofotiga sazovor bo‘lgan? J: “Tungi parvoz”.
23. Antuan De Sent- Ekzyuperining eng mukammal asari? J: “Erkaklar za-mini” romani, 1939-yil.
24. Adibning qaysi asarida zamon va insonlar haqidagi o‘ylari hamda chuqur fikrlari bayon qilingan? J: “Erkaklar zamini” romani.
25. Antuan De Sent-Ekzyuperining qaysi asari Fransiya Akademiyasi tomonidan eng yaxshi roman uchun Gran Pri mukofotiga sazovor bo‘lgan? J: “Erkaklar zamini”.
26. Ekzyuperi Fransiya urushida mag‘lubiyatga uchragach qayerdan boshpana topadi? J: Amerikadan.
27. Yozuvchi 1942-yili “Harbiy uchuvchi” novellasini, 1943-yili “Kichkina shahzoda” falsafiy ertagini qayerda yozadi? J: Amerikada.
28. Ekzyuperi nechanchi yilda yana jangovar safga qaytadi va qayerlarda jang qiladi? J: 1943-yilda Fransiyaning Shimoliy Afrikadagi mustamlaka o‘lka-larida.
29. Yozuvchi qachon so‘nggi parvozga chiqadi? J: 1944-yil 31-iyulda, Fransiya ozodlikka erishishiga atigi 3 hafta qolganda.
30. Ekzyuperining qaysi asarida inson hayotining ma’nosi va mazmuni haqidagi dardlari va falsafiy mushohadalari insonlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik, ham-korlik va o‘zaro hurmat munosabatlari, yovuzlik va yomonlikka qarshi kurash g‘oyalari aks etgan? J: “Kichkina shahzoda” ertagida.
31. Uchuvchi-yozuvchi kim? J: Antuan De Sent-Ekzyuperi.
32. “Kichkina shahzoda” asaridagi uchuvchi samolyoti buzilib qayerga qo‘nish-ga majbur bo‘ladi? J: Sahroyi Kabirga (Afrikaning ulkan cho‘li).
33. Asardagi tillarang sochli, qo‘ng‘iroq tovushli bola kim? J: Kichkina shah-zoda.
34. Kichkina shahzoda Yer sayyorasiga kelib qolganiga qancha vaqt bo‘lgan edi? J: 1 yil.
35. “Kichkina shahzoda” asaridagi qahramon qaysi o‘zbek rejissorining qahra-moniga o‘xshaydi? J: Kinorejissor Zulfiqor Musoqovning “Abdullajon” fil-midagi Abdullaga.
36. “Kichkina shahzoda” ertagidagi bolaga kichkina shahzoda deb kim nom be-radi? J: Muallif (Ekzyuperi).
37. Kichkina shahzoda o‘z sayyorasida har tongni qanday ish bilan boshlar ekan? J: Boabab deb nom olgan xavfli daraxt ko‘chatlarini yulish bilan.
38. Kichkina shahzoda Yer sayyorasiga kelguniga qadar kimlarni uchratgan? J: Yakka-yolg‘iz qirol, shuhratparast kimsani, piyonistani, korchalon, xona-dan chiqmay yostiqday-yostiqday kitoblar yozadigan chol va tinimsiz fonus chiroq yoqish bilan band chirog‘bonni.
39. Kichkina shahzoda Yerda nimalar bilan muloqotda bo‘ladi? J: Ilon, tulki, gul, bekat nazoratchisi, savdogar.
40. “Kichkina shahzoda” ertagidagi ramziy xarakterga ega emas qahramon kim? J: Uchuvchi.
41. Ertakdagi ramziy xarakterlar? J: Uchuvchidan tashqari barcha qahra-monlar.
42. Ekzyuperining qaysi asarida ramziy obrazlar yaratish an’anasi mavjud? J: “Kichkina shahzoda”.
43. Ertakda yozuvchi nom qo‘ymay 325, 326, 327 raqamlar bilan belgilangan asteroidlar aslida nimaning ramzi edi? J: Odamlarga xos fazilat va nuqsonlar-ning.
44. Ertakda qanday kasallik haqida so‘z boradi? J: Piyonistalik.
45. “Kichkina shahzoda” ertagida kichkina shahzoda piyonistaga nima uchun ichyapsan deb savol berganida, piyonista unutmoq uchun deb javob beradi? Piyonista nimani unutmoqchi edi? J: Ichishning uyat ekanligini.
46. Kichkina shahzoda qaysi voqeadan keyin “kattalar juda-juda g‘alati xalq” deb xayolidan o‘tkazib, yo‘lda davom etadi? J: Piyonista bilan suhbatdan ke-yin.
47. Ertakda qanday kuch Kichkina shahzoda qiyofasida namoyon bo‘ladi?J: Ezgulik.
48. Boabab daraxti qanday ramziy xarakterga ega? J: Yovuzlik ramzi.
49. Kichkina shahzoda suygan feruza gul qanday ramziy xarakterga ega? J: Sevgi-muhabbat.
50. Qaysi asarda ezgulikning “ko‘ngil ko‘zi ochiq” bo‘ladi degan fikr ilgari surilgan? J: “Kichkina shahzoda”.
51. Adibga qayerda haykal o‘rnatilgan? J: Fransiyaning Lion shahrida, yo-zuvchi va qahramon Kichkina shahzodaga.
52. Qaysi ijodkor o‘z asari to‘g‘risida: “Men kitobimning shunchaki ermak uchun o‘qilishini istmayman” deydi? J: A. De Sent Ekzyuperi.
“KICHKINA SHAHZODA” ASARI
1. “Kichkina shahzoda” asarining janri? J: Falsafiy ertak.
2. “Kichkina shahzoda” ertagi qanday boshlanadi? J: Kitobchani katta yosh-dagi odamlarga bag‘ishlagani uchun bolalardan kechirim so‘rash bilan.
3. “Kichkina shahzoda” ertagi kimga bag‘ishlanadi? J: Yozuvchining do‘sti Leon Vertga, ya’ni bir paytlar yosh bola bo‘lgan do‘stiga.
4. Leon Vert qayerda yashaydi? J: Fransiyada.
5. “Kichkina shahzoda” ertagidagi rasmlarni kim chizgan? J: Muallif, ya’ni yo-zuvchining o‘zi.
6. Uchuvchini olti yashar paytida qiziqtirgan kitob nomi? J: “Bo‘lgan voqea-lar”.
7. Uchuvchini rasmlari bilan hayratda qoldirgan “Bo‘lgan voqealar” kitobi nima haqida? J: Osuda o‘rmonlar haqida.
8. “Ilon o‘ljasini chaynab o‘tirmay but-butunicha yutib yuboradi. Shundan ke-yin u joyidan qimirlayolmaydi va to o‘ljasini hazm qilib bo‘lguncha surunkasiga yarim yil dong qotib uxlaydi” deb qaysi kitobda yozilgan edi? J: “Bo‘lgan voqealar” kitobida.
9. “Bo‘lgan voqealar” kitobida ilon nimani yutib yuborgani chizilgan edi? J: Bahaybat hayvonni.
10. Uchuvchining 1- raqamli rasmida nima tasvirlangan edi? J: Filni yutib yuborgan ilon.
11. Uchuvchining rangli qalam b-n chizilgan 1-raqamli rasmini kattalar nima deb aytadilar? J: Shlyapa.
12. Uchuvchining 2-raqamli rasmida nima tasvirlangan? J: Ilonning ichki ko‘-rinishi.
13. Kattalar asar qahramoni uchuvchining 2-raqamli rasmini ko‘rib qanday mas-lahat berishadi? J: Jug‘rofiya, tarix, arifmetika va husnixatni o‘rganishni.
14. Uchuvchi 6 yashar paytida kim bo‘lmoqchi edi va nima uchun bu kasbdan voz kechdi? J: Rassom, kattalar sendan rassom chiqmaydi deb aytgani uchun.
15. Asar qahramoni uchuvchilik kasbini tanlab, qaysi joylarni ajratadigan bo‘lib qolgandi? J: Xitoyni Arizonadan.
16. Asar qahramoni uchuvchi kattalar orasida aqlli va farosatli kishini uchratsa nima ko‘rsatar edi? J: 1-raqamli rasmini.
17. Asar qahramoni uchuvchi nimani asrab qo‘yib, doim yonida olib yurar edi? J: 1-raqamli rasmini.
18. Kattalar qanday odamlarni bama’ni odam hisoblashardi? J: Brij va golf o‘yinlari, siyosat va bo‘yinbog‘lar haqida gapirganlarni.
19. “Kichkina shahzoda” ertagida olti yil muqaddam Sahroi Kabirga yolg’iz qo‘nishga uchuvchini nima majbur qilgandi? J: Samolyotning motori buzilishi.
20. Uchuvchinig qancha suvi qolgan edi? J: Bir haftalik.
21. Uchuvchi sahroda kimni uchratadi? J: Kichkina shahzodani.
22. Kichkina shahzodaning uchuvchini ko‘rib, birinchi gapirgan so‘zi nima edi? J: “Iltimos … menga qo‘zichoq chizib ber”!
23. Uchuvchi nima uchun filni yutgan bo‘g‘ma ilonning tashqi ko‘rinishini chizib berdi? J: Qo‘zichoq rasmini chizib ko‘rmagani uchun.
24. Uchuvchi bola qo‘zichoq chizib berishini iltimos qilganida oldiniga nima uchun rad javobini berdi? J: O‘zining asosan jug‘rofiya, tarix, arifmetika va husnixatni o‘rgangani esiga tushib.
25. Kichkina shahzoda ilon va filni nima uchun xohlamaydi? J: Ilonni xavfli, filni haddan tashqari katta bo‘lgani uchun.
26. Uchuvchining chizgan 1-qo‘zichog‘ini bola nima uchun xohlamaydi? J: Qo‘zichoq oriq bo‘lgani uchun.
27. 2- qo‘zichoqni nima uchun xohlamaydi? J: Shoxlari bo‘lib qo‘chqorga o‘xshagani uchun.
28. 3- qo‘zichoqni nima uchun xohlamaydi? J: Qari bo‘lgani uchun.
29. Boladan jahli chiqqan uchuvchi bolaga 4- marta nimani chizib beradi? J: Qutichani.
30. “Shunda meni butkul lol qoldirib, bu talabchan hakam gul-gul yashnab ket-di”. Ushbu satrlarda kim haqida so‘z ketyapti? J: Kichkina shahzoda haqida.
31. Kichkina shahzodaning sayyorasidagi gullar qanday edi? J: Oddiygina, be-hasham, kambarg, beozorgina, nihoyatda kam joyni egallar, ertalab ochi-lib, oqshom chog‘i so‘lib qolar edi.
32. “Kichkina shahzoda” ertagida kichkina shahzodaning sayyorasida ochilgan gul nomi nima edi? J: Feruza gul.
33. Feruza guliga xos bo‘lmagan xususiyat? J: Kamtarlik.
34. Feruza gul qanday gul edi? J: Mag‘rur, arazchi, o‘ziga bino qo‘ygan, go‘-zal edi.
35. “Kichkina shahzoda” ertagida o‘zini quyosh bilan birga tug‘ilgan hisoblay-digan qahramon kim? J: Feruza gul.
36. Feruza gul nimadan qo‘rqmayman deb maqtanardi? J: Yo‘lbarsdan.
37. Feruza gul nimadan qo‘rqardi? J: Yelvizakdan.
38. Feruza gul Kichkina shahzodadan nimalarni so‘raydi? J: Parda bilan sha-moldan to‘sib qo‘yishni, kechqurun shisha qalpoq bilan yopib qo‘yishni.
39. O‘zining mitti sayyorasidan zerikkan Kichkina shahzoda kimlar bilan koinot bo‘ylab sayr etishga qaror etdi? J: Qushlar bilan.
40. “Kichkina shahzoda” ertagida Kichkina shahzoda sayyorasiga yaqin birinchi asteroidda kim yashar edi? J: Qirol.
41. Ikkinchi asteroidda kim yashar edi? J: Shuhratparast.
42. Uchinchi asteroidda kim yashar edi? J: Piyonista.
43. To‘rtinchi asteroidda kim yashar edi? J: Korchalon.
44. Beshinchi asteroidda kim yashar edi? J: Chirog‘bon.
45. Oltinchi asteroidda kim yashar edi? J: Jug‘rofiy olim.
46. Kichkina shahzoda uchratgan 7-sayyora qayer edi? J: Yer sayyorasi.
47. Kichkina shazoda yer sayyorasida kimlar bilan uchrashadi? J: Ilon, tulki, be-kat nazoratchisi, uchuvchi.
48. Yer sayyorasida Kichkina shahzoda dastlab kimga uchrashadi? J: Ilonga.
49. Yer sayyorasida nechta qirol yashar edi? J: 120 ta (negr qirollar ham bor).
50. Yer sayyorasida nechta geograf yashar edi? J: 7 ming geograf.
51. Yer sayyorasida nechta korchalon yashar edi? J: 900 ming.
52. Yer sayyorasida nechta piyonista yashar edi? J: Yetti yarim million.
53. Yer sayyorasida nechta shuhratparast yashar edi? J: Uch yuz o‘n bir mil-lion.
54. Yer sayyorasida jami nechta katta odamlar mavjud edi? J: Ikki milliardga yaqin.
55. Yer sayyorasining kattaligini tasavvur qilish uchun qanday misollar keltiril-gan? J: Elektr kashf qilingunga qadar 6 qit’ada to‘rt yuz oltmish ikki ming besh yuz o‘n bir kishidan iborat charog‘bonlar bor ekanligi.
56.Yer sayyorasidagi qaysi kasb egalarining ishi tomoshaga o‘xshab, xatti-harakatlari go‘yo baletdagidek aniq qoidaga bo‘ysunardi? J: Charog‘-bonlar.
57. Qaysi charog‘bonlar birinchi bo‘lib chiroqlarni yoqishardi? J: Yangi Ze-landiya va Avstraliyadagi.
58. Ikkinchi bo‘lib qaysi charog‘bonlar chiroqlarini yoqishardi? J: Xitoyda-gilar.
59. Uchinchi qaysi charog‘bonlar chiroqlarini yoqishardi? J: Rossiya va Hindiston.
60. To‘rtinchi qaysi charog‘bonlar chiroqlarni yoqishardi? J: Afrika va Yev-ropa.
61. Afrika va Yevropadan keyin qaysi charog‘bonlar chiroqlarini yoqishadi? J: Janubiy Amerika va Shimoliy Amerika.
62. Qaysi charog‘bonlar o‘z hunarlarini yilda ikki marta ko‘rsatadilar, ular yagona fonusni yoqadilar va ortiqcha tashvish-taraddudsiz yashaydilar? J: Shi-moliy va Janubiy qutbdagi charog‘bonlar.
63. “Kichkina shahzoda” ertagida yozuvchi kimlarni o‘zlarini xuddi bobablar-dek bahaybat va ulug‘vor hisoblaydilar deydi? J: Katta odamlarni.
64. Kichkina shahzoda Afrikaga kelib qolganini kimga aytadi? J: Ilonga.
65. Kichkina shahzoda o‘z sayyorasini nima uchun tark etganini kimga aytadi? J: Ilonga, Feruza guli bilan urushib qolganini.
66. Yer sayyorasida Kichkina shahzodaga kim: “Men hamma jumboqlarni hal etaman”, deydi? J: Ilon.
67. Yer sayyorasida kim Kichkina shahzodaga: “Senga rahmim keladi. Tosh-metin bu zaminda sen shu qadar zaif, ojizsanki. Yodingda bo‘lsin, qachonki olis-da qolgan sayyorangni eslab yuraging g‘ussaga to‘lsa, men senga yordam qili-shim mumkin”, deydi? J:Ilon.
68. Kichkina shahzodaga yulduzdek pokligini kim aytadi? J: Ilon.
69. Hamma vaqt jumboq bilan so‘zlaydigan qahramon kim? J: Ilon.
70. Yer sayyorasida kim Kichkina shahzodaga qarab: “Qanday dahshatli: balo xavf solib turganini u sezmaydiyam, bilmaydiyam. Umrida hech qachon na ochlikni, na tashnalikni ko‘rgan. Unga quyosh nurining o‘zi kifoya…”, deydi? J: Uchuvchi.
71. Yer sayyorasidagi kim Kichkina shahzodaga do‘st tutingan edi? J: Tulki.
72. Uchuvchi ushbu satrlarda kimni nazarda tutgan: “Yer yuzida bundan ko‘ra nozik va nafisroq hech narsa yo‘qdek… Eng asosiy narsani ko‘z ilg‘amaydi, u siyratda, botinda pinhon… ?” J: Kichkina shahzodani.
73. Qaysi sayyorada odamlar bir chamanzorda besh mingta gul o‘stirar ekan-u, izlaganini topolmas ekan? J: Yer sayyorasida.
74. Ertakda kim: “Ko‘zlar basir. Ko‘ngil ko‘zi bilan izlash lozim”, deydi? Kichkina shahzoda.
75. Uchuvchi Kichkina shahzodaga qanday va’da bergan edi? J: Qo‘zichog‘iga no‘xta chizib berish.
76. Uchuvchining qaysi rasmlarini ko‘rib Kichkina shahzoda kulib yuboradi? J: Karamga o‘xshash boabadlarini, shoxga o‘xshash tulkining quloqlarini.
77. Kichkina shahzoda yerda qancha yashaydi? J: 1 yil.
78. Kichkina shahzodaning doimiy yo‘ldoshi nima edi? J: Tilla rang sharf.
79. Kichkina shahzoda birinchi uchratgan ilon bilan yana qachon uchrashadi. Ilon nima qilmoqchi bo‘ladi? J: 1 yildan keyin, chaqmoqchi bo‘ladi.
80. Kichkina shahzodani ilondan kim qutqaradi? J: Uchuvchi.
81. Kichkina shahzoda uchuvchiga nima sovg‘a qilmoqchi edi? J: Quvnoq kul-gusini (kula biladigan yulduzni).
82. Kichkina shahzodaning gulining nechta arzimas tikani bor edi? J: 4 ta.
83. Uchuvchi Kichkina shahzodaga no‘xta chizib berganida nimani unutgandi? J: Tasmachasini chizishni.
84. Yozuvchining dardli diliga yupanch nima edi? J: Kichkina shahzodaning qaytib kelishiga umid qilish.
85. “Kichkina shahzoda” ertagi qahramonlari qanday qahramonlar? J: Ramziy xarakterga ega.
86. “Kichkina shahzoda” ertagida Kichkina shahzoda nimaning ramzi? J: Ezgulikning.
Do'stlaringiz bilan baham: |