Odoblar xazinasi



Download 468 Kb.
bet35/47
Sana27.07.2021
Hajmi468 Kb.
#130136
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47
Bog'liq
Adabiyot so'z sa'nati

ABDULLA AVLONIY

1. Milliy uyg‘onish davrining taniqli namoyondasi kim? J: Abdulla Avloniy.

2. A. Avloniy qayerda va qachon tug‘ilgan? J: 1878-yil 12-iyulda Toshkent shahri Mergancha mahallasi hunarmand-to‘quvchi oilasida.

3. A. Avloniy qayerlarda tahsil oldi? J: 7 yoshida O‘qchi mahallasidagi bosh-lang‘ich maktabda, 1890-yil shu mahalladagi madrasada, keyinroq Shay-hontohurdagi madrasada.

4.Qaysi adib qish kunlarida o‘qib, yoz kunlarida mardikorlik b-n mashg‘ul bo‘l-gan? J: A. Avloniy.

5. A. Avloniyda she’r yozishga ishtiyoq necha yoshida paydo bo‘ldi? J: 15-16 yoshidan.

6. A. Avloniy ilk she’riy mashqlarini qachon bitgan? J: 1894- yili.

7. A. Avloniy nechanchi yildan boshlab o‘z mashqlari b-n matbuot sahifalarida qatnasha boshlagan? J: 1905-yildan.

8. A. Avloniy nechanchi yillarda gazetachilik b-n shug‘ullandi? J: 1905-1908-yillarda.

9. “Taraqqiy”, “Xurshid” gazetalari nechanchi yillardan chiqa boshlagan? J: 1906-yildan.

10. A. Avloniy qaysi gazetalarda ishlagan? J: “Taraqqiy”, “Xurshid”, “Shuh-rat”, “Osiyo”, “Ishtrokiyun”, “Turon”, “Sadoyi Turkiston”.

11. A. Avloniy qaysi gazetani chiqarishda bosh-qosh bo‘lgan? J: “Shuhrat”.

12. “Imoratchi usta” deb nom olgan shoir kim? J: Avloniy.

13. A. Avloniy muharrirligida qachon va qaysi gazetaning 1-soni bosmadan chiqqan? J: 1907-yil 4-dekabr “Shuhrat”.

14. A. Avloniy o‘z uyida–hozirgi Mirobod tumanida tayyorlab chop etgan gazeta qaysi? J: “Shuhrat”.

15. “Osiyo” gazetasi qachondan nashr etila boshlangan? J: 1908-yildan.

16. A. Avloniy qaysi gazeta yopilgach Mirobod mahallasida maktabdorlik b-n shug‘ullana boshlagan? J: “Osiyo”

17. A. Avloniy qanday maktab ochgan? J: “Usuli savtiya” yangi usuldagi ilg‘or maktab.

18. O‘z hayoti davomida ham ijodiy, ham amaliy ish bilan shug‘ullangan ma’rifatparvar olim kim? J: Abdulla Avloniy.

19. A. Avloniy 1909-yilda qanday tashkilot ochdi? J: “Jamiyati xayriya”.

20. “Jamiyati xayriya” qanday tashkilot? J: Xalq bolalarining bilim olishi uchun pul yig‘adigan.

21. A. Avloniy 1913-yilda qanday jamiyat ochdi? J: “Turon”.

22. A. Avloniy ochgan “Turon” jamiyatining vazifasi nima edi? J: 1. Aholi o‘rtasida sahna ishlariga qiziqish uyg‘otish, xalq uchun spektakllar qo‘yish va ularga ma’naviy oziq berish. 2. Klub, musiqa kurslari, kutubxonalar va qiroatxona ochish. 3. O‘quvchilarga moddiy yordam berish.

23. Kim bir nom ostida ham jamiyat, ham teatr, ham gazeta tashkil qildi? Bu nom nima? J: A. Avloniy “Turon jamiyati ostida”, “Turon” teatri.

24. A. Avloniy ozarbayjon tilidan o‘zbek tiliga nechta pyesa tarjima qilgan?J: 10 ga yaqin.

25. A. Avloniy nechta pyesa yozdi va ularni sahnalashtirdi? J: 3 ta pyesa.

26. Xalqni jaholatdan qutqarish, g‘aflat uyqusidan uyg‘otish, el orasida ma’rifatni yoyish, yurt ozodligiga erishishni o‘zlarining hayotiy maslagi deb bilish kimlarga xos? J: Jadidlarga.

27. A. Avloniyning ta’lim sohasidagi yangiliklari qaysilar? J: 1. Turkistonda birinchi bo‘ib maktabga geografiya, kimyo, handasa, geometriya, fizika fanlari kiritilishiga ta’sir ko‘rsatdi. 2. Bir dars b-n boshqasi orasida muayyan tanaffusni, bir sinfdan ikkinchi sinfga o‘tishdagi imtihonni joriy etdi.

3. Ta’lim tizimining dunyoviy yo‘nalishlarini kuchaytirishga alohida e’tibor berdi.

28.A. Avloniy qanday darsliklar yaratdi? J: “Birinchi muallim” (1909-y), “Ikkinchi muallim” (1912-y).

29. A. Avloniy maktablar u-n qanday qo‘llanmalar yaratadi? J: “Turkiy gulis-ton yoxud axloq” (1913-yil), “Maktab gulistoni” (1916-y), “Adabiyot yo-xud milliy she’rlar”(1909-1916-y).

30. “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” qo‘llanmasi necha qismdan iborat?J: 5 qism deyilgan (7-sinf adabiyotida), 6 qism deyilgan (5- sinf adabiyo-tida, 2011-yil).

31. Qaysi adib o‘tgan asrning 30-yillarida 7-sinf o‘qish xrestomatiyasini tuzib nashr ettirgan? J: Avloniy.

32. Avloniyning qaysi asarida o‘zbek adiblari va rus, jahon adabiyotining vakil-lari haqida biografik ma’limotlar keltirib, mashhur asarlaridan parchalar beril-gan? J: 7- sinf o‘qish xrestomatiyasida.

33. 1919-1920-yillarda diplomatik vazifalarda ishlagan, so‘ng umrining oxirigacha O‘rta Osiyo Davlat universitetida dars bergan adib kim? J: Avloniy.

34. Avloniy qachon , “Mehnat Qahramoni” unvoni b-n taqdirlanadi? J: 1927-yil.

35. Avloniy qachon “O‘zbekiston xalq maorifi zarbdori” unvoni b-n taqdir-landi? J: 1930-yil.

36. Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakati qachondan yoyila boshlagan? J: XX asr boshlarida.

37. Badiiy ijod, pedagogik va ijtimoiy-siyosiy faoliyatni uyg‘unlashtirib, millat taqdiriga daxldor tarixiy vazifani ado etgan ma’rifatparvar adiblar kimlar?J: M. Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Hamza, Fitrat, Cho‘l-pon, A. Avloniy.

38. Shoir, yozuvchi, daramaturg (aktyor), pedagog va davlat arbobi. Fikr kim ha-qida? J: A. Avloniy.

39. Avloniy moddiy qiyinchilik tufayli qaysi ishlarni o‘rgandi? J: Mardikor-lik, g‘isht quyish, duradgorlik, suvoqchilik.

40. Avloniyning qaysi asari o‘z davrida yoshlarni yangicha yo‘nalishda o‘qitish va an’anaviy milliy ruh asosida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega? J: “Turkiy Guliston yoxud axloq”.

41. “Ey millat, uxlama, ilm olur chog‘i, Har millat ilm oldi- yondi chirog‘i”. Kimning qalamiga mansub? J: Avloniy.

42. “Maktabdur oftobi jahon saodating, Maktabdur osmon-u zamon sabovating” misralari kimning qalamiga mansub? J: Avloniy.

43. “Turon” gazetasi qachon ta’sis etilgan va unga qanday shior tanlangan? J: 1917-yil “Yashasin xalq jumhuriyati”.

44. Avloniy nechanchi yilda “Ishtrokiyun” gazetasida muharrirlik qildi? J: 1918-yilda.

45. Birinchi o‘zbek teatr truppasi – “Turon” to‘garagi qachon tashkil etilgan? J: 1913-yil.

46. Avloniy kimlar bilan birgalikda o‘zbek milliy teatriga asos soldi? J: Nizomiddin Xo‘jayev, birinchi o‘zbek rejissori Mannon Uyg‘ur, Mirshohid va Mirahmad Miroqilov.

47. Abdulla Avloniyning pyesalari? J: “Advokatlik osonmi?”, “Pinak”, “Biz va Siz”, “Ikki muhabbat”, “Portugaliya inqilobi”.

48. Avloniyning taxalluslari? J: Hijron, Nobil, Indamas, Shuhrat, Surayyo, Sha-paloq, Chol, Ab Chegiboy.

49. Avloniyning “Turkiy Guliston yoxud axloq asari” kimning iltimosiga ko‘ra yozilgan? J: Jadid maktabi muallimlari.

50. Avloniyning qaysi asari shakl, mazmun va qurilishiga ko‘ra fors adabiyoti namoyondasi Shayx Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston” asarlariga monanddir? J: “Turkiy Guliston yoxud axloq”.

51. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarining yozilish sababini kim izohlaydi va nima edi? J: Avloniyning o‘zi izohlaydi. Sababi “… Turkiston mamlakat-larida o‘z shevamizda yozilmish mukammal axloq kitobining yo‘qligi…”.

52. Sharq mutafakkirlari e’tirofida olam yaratilishidan murod nima edi? J: Inson.

53. Borliqning ziynati va toji nima? J: Inson.

54. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asari necha qismdan iborat? J: 2 ta: 1. Yaxshi xulqlar. 2. Yomon xulqlar.

55. “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida nechta fazilat va nechta illatga alohida boblarda ta’rif berilgan? J: 31 fazilat, 20 illat.

56. Avloniy qaysi asarida har bir bobda yaratilayotgan tushunchani payg‘ambar hadislari, Arastu, Aflotun, Muhyiddin Arabiy, Ibn Sino, J. Rumiy, Sa’diy kabi allomalarning fikrlari b-n dalillaydi, ibratli so‘zlari b-n bezaydi? J: “Turkiy Guliston yoxud axloq”.

TURKIY GULISTON YOXUD AXLOQ”


Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish