QO‘SHIMCHA SAVOL
1. “Bir yoqdan milliy islohot uchun mafkura hozirlag‘an, ikkinchi yoqdan el orasiga o‘zgarish tuxumini sochg‘on” adib kim? J: Avloniy.
2. “Hayvonlar o‘z vaqtidan – uyuridan ayrilsa, … maishati talx bo‘ladi…” qaysi asardan olingan ? J: “Vatanni suymak” (“Turkiy Guliston yoxud axloq”).
ERKIN VOHIDOV
1. Erkin Vohidov qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1936-yil 28-dekabr, Farg‘o-na viloyati, Oltiariq tumani, muallim oilasi.
2. Shoirning otasi qachon vafot etgan? J: Urushdan yaralanib qaytgach, 1945-yilda.
3. Shoirning onasi qachon vafot etgan? J: 1946-yil.
4. Erkin Vohidov necha yoshida ota-onasidan ajralib qolgan? J: 10 yoshga yetar-yetmas.
5. Erkin Vohidovni kim tarbiyasiga oladi? J: Toshkentdagi tog‘asi.
6. Erkin Vohidovda adabiyotga havasni kim uyg‘otgan? J: Shoir G‘ayratiy.
7. Erkin Vohidov necha yoshidan tuppa-tuzuk she’rlar yoza boshlagan? J: 15-16.
8. Maktabni oltin medal bilan bitirgan shoirlar kim? J: Erkin Vohidov, Abdulla Oripov.
9. Erkin Vohidov qaysi universitetda o‘qidi? J: Toshkent davlat universiteti (Hozirgi Ulug‘bek nomidagi O‘z. Milliy universitet).
10. Erkin Vohidovning qaysi she’rlaridagi chuqur ma’no g‘o‘zal ifodalar, ajoyib tasvirlar bilan uyg‘unlashib ketgan? J: “Tong lavhasi”, “Kamtarlik haqida”, “Buloq”, “Sevgi”, “Ona tuproq”.
11. “Garchi shuncha mag‘rur tursa ham Piyolaga egilar choynak” misralari kimning qalamiga mansub? J: Erkin Vohidov.
12. Erkin Vohidovning “Nido” dostoni qachon yozilgan? J: 1964-yil.
13. Erkin Vohidovning birin-ketin yaratilgan dostonlari? J: “Orzu chashmasi”, “Palatkada yozilgan doston”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni”.
14. Erkin Vohidovning tarjimalari? J: Sergey Yesenin she’rlari, nemis shoiri Gyotening “Faust” asari, Blok, Ukrainka, Svetlov, Tvardovskiy, Rasul Hamzatov (“Ona tilim”) asarlari.
15. “Yoshlik” jurnalining dastlabki bosh muharriri kim bo‘lgan? J: Erkin Vohi-dov.
16. Erkin Vohidovning ilk to‘plami? J: “Tong nafasi” 1961-yil.
17. Erkin Vohidovning she’riy to‘plamlari? J: “Qo‘shiqlarim sizga”, “Yurak va aql”, “Mening yulduzim”, “Yoshlik devoni”, “Hozirgi yoshlar”, “Mu-habbat”, “Tirik sayyoralar”, “Bedorlik”, “Lirika”, “Iztirob”, “Yaxshidir achchiq haqiqat”, “Charog‘bon”.
18. Erkin Vohidovning dostonlari? J: “Orzu chashmasi”, “Palatkada yozil-gan doston”, “Quyosh maskani”, “Ruhlar isyoni”, “Nido”.
19. E. Vohidov dramalari? J: “Oltin devor” (komediya), “Istambul fojiasi”.
20. E. Vohidovning jahonning qator tillariga tarjima qilingan komediyasi? J: “Oltin devor”.
21. E. Vohidovning ellik yildan ko‘proq davr mobaynida ijod etgan asarlari to‘plangan 4 jildlik saylanmasi? J: 1. “Ishq savdosi”, 2. “She’r dunyosi”, 3. “Umr daryosi”, 4. “Ko’ngil nidosi”.
22. E. Vohidovning ilk dostoni? J: “Nido”.
23. E. Vohidovning qaysi asarida insoniyatga og‘ir juodoliklar, bitmas jarohat-lar keltiradigan urush qattiq qoralanadi? J: “Nido”.
24. E. Vohidovning qaysi asarida xalqlar, millatlar, dinlar o‘rtasidagi nizolar bashariyatga naqadar katta falokatlar olib kelishi tasvirlangan? J: “Ruhlar isyoni” dostoni.
25. Qaysi shoir ijodida insonparvarlik bosh mavzu bo‘lib kelgan? J: E. Vohi-dov.
26. Qaysi shoir jamoat arbobi, Senat a’zosi? J: E.Vohidov.
27. E. Vohidovning orden va unvonlari? J: “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni.“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni.
28. “Shoir-u she’r-u shuur” nomli adabiy-falsafiy to‘plam qaysi shoir qalamiga mansub? J: E. Vohidov.
29. E. Vohidovning “O‘zbegim” qasidasi qachon yaratilgan? J: 1968-yil.
30. Qaysi shoir ijodida A. Blok, L. Ukrainka, R. Hamzatov asaridan tarjimalar mavjud? J: E. Vohidov.
31. Mashhur tarixiy shaxslar va voqealarni madh etgan tantanavor uslubdagi she’r qanday nomlanadi? J: Qasida.
32. Sakkokiy Mirzo Ulug‘bekka atab nechta qasida yozgan? J: 4 ta.
33. “Tuhfat ul-afkor” qasidasining muallifi kim? J: A. Navoiy.
34. E. Vohidovning birinchi she’ri qachon bosilgan? J: 7-sinfda o‘qigan kezlari “Mushtum”da.
35. Qaysi shoir turmushdagi oddiygina holatdan choy suzilyotganda choynak-ning piyolaga “egilishi”, “choy ichayotganda inson piyolaning peshonasidan” o‘pishini ajoyib she’r qilib yaratgan ? J: E. Vohidov.
36. E. Vohidovning otasi va onasi kim? J: Cho‘yanboy va Roziyaxon.
37. “Men ijodiy mehnatni faol jamoat ishlari bilan qo‘shib olib borishdek sharafli vazifa yukini doimo yelkamda his qilaman”. Kimning tarjimayi holidan? J: E. Vohidov.
38. E. Vohidovning uzoq yillar o‘zbek teatri sahnasidan tushmay kelayotgan yorqin xarakterli komediyasi qaysi? J: “Oltin devor”.
39. 1970-1975-yillarda E. Vohidov kimning qaysi asarini tarjima qilgan? J: Gyotening “Faust”.
40. “Faust” fojiasidagi Mefistofel qanday obraz? J: Hajviy obraz.
41. Sergey Yeseninning qaysi she’rlarini E. Vohidov tarjima qilgan? J: “Eron taronalari”.
42. “Hech ikkilanmay, komil ishonch b-n aytish mumkinki, E. Vohidov o‘zbek she’riyatining ko‘rki va faxri. Bu fikrda zarracha mubolag‘a yo‘q” deb kim-kimga ta’rif beradi? J: E. Vohidovga O. Sharafiddinov.
43. “Odamlarga faqat she’ring emas, o‘zing ham kerakligingni sezish bu katta baxt” degan shoir kim? J: E. Vohidov.
44. E. Vohidovning qaysi asarida urush qattiq qoralanadi? J: “Nido”.
45. E. Vohidovning hajviy turkumi? J: “Donishqishloq latifalari”.
“NIDO” DOSTONI
1. “Nido” dostoni nima haqida? J: Urush va u olib kelgan kulfatlar, u yetkazgan jarohatlar haqida.
2. “Nido” dostoni qanday boshlanadi? J: Urushda halok bo‘lgan otasini xotirlab, unga nido qilayotgan o‘g‘ilning iztiroblari bilan.
3. Dadasining xatlarini o‘qib savod chiqargan bolakay obrazi qaysi asardan olingan? J: “Nido”. 4. Xol aka, Rustam, Juman pochtachi kabi obrazlarni qaysi asarda uchratamiz? J: “Nido”.
5. E. Vohidovning “Nido” dostoni kimga bag‘ishlab yozilgan? J: Otasiga bag‘ishlab.
6. E. Vohidovning avtobiografik dostoni? J: “Nido”.
7. “Nido” dostonida kimning akasi urushdan bir oyog‘ini yo‘qotib, qo‘ltiqta-yoqda qaytadi? J: Rustam degan o‘rtog‘ining.
8. “Nido” dostonida kim urushdan qo‘lsiz qaytadi? J: Xol aka.
9. Kimning dadasidan qora xat keladi? J: Tal’at degan o‘rtog‘ining.
10. E. Vohidovning qaysi she’rlarida bolalik xotiralari aks etgan? J: “Nido”, “Quyosh maskani” poemalari va “Bolalik”, “Oqsoqol”, “Bolalik ekan-da” kabi she’rlarida.
11. “Nido” dostoni qahramoni “ota” so‘zini necha yil tilga olmagan edi? J: 20 yil.
12. “Senikidir bular, seniki bari. Seniki osmonning, Zar qandillari. Somanchi-ning yo‘li- Sening yo‘llarinig, Uzatsang Zuhroga Yetar qo‘llaring” misralari-ning muallifi kim? Qaysi asardan olingan? J: E. Vohidovning “Nido” dostoni.
13. “Nido” dostoni qahramoni nechanchi yil maktabga borgan? J: 1944-yil.
14. “Nido” dostonidagi pochtachi kim? J: Juman.
15. “Xayolning tumanli pardasi aro, Yillar ko‘z oldida charx urayotir.Qishloq ko‘chasida zanjiday qaro, Olov bolaligim yugurayotir”. Ushbu misralarda qanday ma’no ko‘chishi ishlatilgan? J: Metafora.
16. “Nido” dostoni nima b-n tugaydi? J: Qasamyod bilan.
17. Dadasini oq otda ko‘rish voqeasi qaysi asarda bor? J: “Nido” dostoni.
18. “Nido” dostonidagi qasamyod? J: Bo‘lurmiz gal kelsa har birimizga. Tinchlik janggohining fidosi, Bu senga, bu menga, bu bizga. Yigirmanchi asr nidosi.
19. 2-jahon urushida nechta odam halok bo‘lgan? J: 50 milliondan ortiq.
20. “Nido” dostonidagi nido kimning nidosi? J: Tinchlik uchun, insoniyatning baxtli kelajagi u-n kurash nidosi, davr nidosi.
21. Dostonda kimlarning nidosi umumlashtirib davr nidosi, tinchlik uchun kurash nidosiga aylangan? J: Tinchlik uchun kurashib jon berganlar nidosi, ularning ortida qolgan farzandlar, onalar, chol-u kampirlar nidosi.
22. “Nido” dostonida kimga qasamyod qilinadi? J: Ona yerga.
23. “Nido dostonida qaysi yulduzlarning nomlari aytib o‘tiladi? J: Surayyo, Zuhro.
QO‘SHIMCHA SAVOL
1. E. Vohidov she’riyatning qaysi vaznlarida birdek yuksak saviyada ijod qilgan? J: Barmoq, aruz, sarbast.
2. Sho‘ro adabiyotshunosligida aruz vazni “eskirgan, zamonga javob bera olmaydigan vazn” deb inkor qilgan paytda o‘nlab go‘zal g‘azallar bitgan shoir kim va bu g‘azallar qaysi kitobidan joy egallagan? J: E. Vohidov “Yoshlik de-voni”.
Do'stlaringiz bilan baham: |