ABDULLA ORIPOV
1. O‘zbekiston Respublikasining madhiyasini yozgan shoir kim? J: A. Oripov.
2. A. Oripov qayerda va qachon tug‘ilgan ? J: 1941-yil 21-mart Qashqadaryo viloyati Koson tumani Neko‘z qishlog‘i.
3. A. Oripovning ota-onasining ismi? J: Orif bobo va Turdi Karvon qizi.
4. Mustaqillik kunlariga yetib, o‘g‘lining shon-shuhratini ko‘rib vafot etgan ota kim? J: Orif bobo.
5. A. Oripovning kelajagini bashorat qilib, uning birinchi kitobini ko‘rib ketgan kim? J: Onasi Turdi Karvon qizi.
6. A. Oripovning ham she’ri, ham she’riy toplamining nomi? J: “Onajon”.
7. A. Oripov qayerda o‘qidi? J: Neko‘zdagi o‘rta maktabni 1958-yil oltin me-dal bilan tugatgach, Toshkentdagi SaGU (hozirgi O‘zMU)ning filologiya fakultetidagi jirnalistika bo‘limini 1963-yilda tugatdi.
8. A. Oripovning birinchi kitobining nomi va u qachon bosilib chiqdi? J: 1965-yil “Mitti yulduz”.
9. O‘z she’rlarida hech kimnikiga o‘xshamagan dard va ohanglar, kutilmagan o‘xshatish-manzaralar, dadil xulosalar bilan birdan hammaning diqqatini o‘ziga jalb etgan shoir kim? J: A. Oripov.
10. A. Oripovga o‘z davrining mashhur adiblaridan kim e’tibor bilan qaragan va salohiyatiga yuksak baho bergan? J: A. Qahhor.
11.A Oripov tarjimalari? J: Italyan shoiri Dantening “Ilohiy komediya” asari.
12. A. Oripov Amir Temur haqida qanday drama yozgan? J: “Sohibqiron” nomli.
13. A. Oripov qanday mukofot laureati? J:Alisher Navoiy nomidagi Respubli-ka Davlat mukofoti laureati.
14. Kim 1998-yil shoir va yozuvchilar orasida birinchi bo‘lib “O‘zbekiston Qahramoni” faxriy unvoni bilan taqdirlandi? J: A. Oripov.
15. A. Oripovning “Sohibqiron” asari qaysi janrda yozilgan? J: She’riy drama.
“O‘ZBEKISTON” QASIDASI
1. A. Oripovning “O‘zbekiston” she’ri qanday janrda yozilgan? J: Qasida.
2. A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasi qachon yaratilgan? J: 1968-yilda.
3. A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasining hajmi? J: 140 misra.
4. A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasining har bandi necha satrdan iborat?J: 10 satrdan.
5. A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasi necha banddan iborat? J: 14 band.
6. “O‘zbekiston” qasidasidagi qaysi satrlar o‘zaro qofiyalanib kelgan? J: Toq va juft satrlar.
7. “O‘zbekiston” qasidasining qaysi satrlari bir-biri bilan qofiyalangan? J: Har bandning so‘nggi bayti (2 satri).
8. “O‘zbekiston” qasidasi qanday mavzuda yozilgan? J: Muhim mavzuda- ona –Vatanimiz sha’niga bag‘ishlangan.
9. “O‘zbekiston” qasidasining har bandi qanday satr bilan yakunlanadi? J: O‘zbekiston, Vatanim manim!
10. “O‘zbekiston” qasidasida shoir jasorati aks etgan satrlar? J: “O‘zbekiston, Vatanim manim!” degan so‘zni 1968-yilda ayta olishi.
11. O‘zbekistonning ko‘klamini qalamga olgan, dovrug‘ini olamga yoygan shoir kim? J: Hamid Olimjon “O‘zbekiston” she’ri.
12. “O‘zbekiston” qasidasida “osmon ilmi”ni yaratib, 1018 yulduzni aniqlab bergan qaysi olim tilga olinadi? J: Mirzo Ulug‘bek.
13. Shoir “O‘zbekiston” she’rida xayolidan asrlar “nuqs-u chiroyini ko‘z-ko‘z etib” o‘tgan qaysi buyuk zot haqida to‘xtalib o‘tadi? J: Beruniy.
14. Xristofor Kolumbdan salkam besh yuz yil oldin Amerika qit’asini bashorat qilgan olim kim? J: Beruniy.
15. Dunyoni o‘z qalami bilan zabt etgan va dunyoni chamanzorga aylantirgan siymo kim? J: A. Navoiy.
16. A. Oripov “O‘zbekiston” qasidasining qaysi bandlarida buyuk va suyuk ona xalqining timsolini yaratadi? J: Oxirgi 2 bandda.
17. Shoir “O‘zbekiston” qasidasida xalqning qanday timsolini yaratadi? J: O‘tda kuymas, suvda cho‘kmas.
18. “O‘zbekiston” qasidasida bu yurtning dovrug‘iga hasad qilgan, yo‘qotmoq u-n kelgan kimlar edi? J: Chingiz.
19. “O‘zbekiston” qasidasida yurt boshiga kelgan ofat nima edi? J: Inqilob.
20. “O‘zbekiston” qasidasida yurt tinchini buzgan kim? J: Fashistlar.
21. “O‘zbekiston” qasidasida aks ettirilgan shoir o‘tinchi nima edi? J: O‘zligini unutmaslik.
22. A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasi b-n bir vaqtda yozilgan qasida? J: Erkin Vohidov “O‘zbegim”.
23. XX asrning 60-yillarida o‘zbek adabiyotida yaratilgan hamda A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasini esga soladigan asar ? J: E. Vohidov “O‘zbegim”.
24. A. Oripovning “O‘zbekiston” qasidasida nomi tilga olingan siymolar?
J: Hamid Olimjon, G‘. G‘ulom (2- bandda), Jahongir (3-bandda A. Temur nazarda tutilgan), Mirzo Ulug‘bek (4-bandda), Kolumb, Beruniy (5-band-da), Alisher Navoiy (6-bandda), Jaloliddin (8-bandda), Sobir Rahim (10-bandda), Oybek, Habib Abdulla (12-bandda).
25. Shoir qasidaning nechanchi bandida bir zot borkim, baridan suyuk, Buyuk-larga baxsh etgan daho deya, kimga o‘zingsan buyuk deb murojaat qiladi? : Qasidaning 7-bandida, ona xalqiga.
26. “O‘zbekiston” qasidasida qaysi daryolar nomlari qalamga olingan?J: Amudaryo.
27. “O‘zbekiston” qasidasida qaysi joylarning nomlari qalamga olingan? J: Osiyo, Amerika, Dansi, Farg‘ona.
Do'stlaringiz bilan baham: |