Sana :
Fan : Adabiyot
Maqsad :
a) ta’limiy : O’zbekiston qahramoni E. Vohidov ijodi va “ O’zbegim ” qasidasi yozilishi tarixi haqida o’quvchilarga bilim berish
b) tarbiyaviy ; O’quvchilarni she’r orqali ona Vatanimizga muhabbat va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash , yetuk insoniy fazilatlarni shakllantirish , ularni ahloqiy , estetik ruhida tarbiyalash
s) rivojlantiriuvchi ; o’quvchilarni adabiyot faniga qiziqishlarini rivojlantirish , ularning erkin va mustaqil fikrlash qobiliyatlarini o’stirish , ifodali she’r aytishga o’rgatish ;
d) Kasb – hunarga yo’naltirish ; O’quvchilarda shifokorlik , o’qituvchilik , duradgorlik kasblariga mehr uyg’otish
e) Mafkuraviy ; o’quvchilarni milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyasi , yurt tinchligi va vatan ravnaqi , millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash , barkamol avlod yilida qilinayotgan ishlar yuzasidan suhbat o’tkazish
Darsning borishi ;
1. Tashkiliy qism ( adabiyot fani haqida she’r , shior , salomlashuv navbatchi bilan suhbat , doskaga yangi mavzuni yozish )
2. O’tilgan mavzular yuzasidan qisqacha savol - javob
3.Yangi mavzu bilan o’quvchilarni tanishtirish
4.Ifodali she’r o’qishga o’rgatish
5.Qasida janri haqida o’quvchilarga tushuncha hosil qilish
6.Yangi mavzuni mustahkamlash
7.Uyga vazifa berish
Dars tipi : Yangi bilim berish
Dars usuli : Ifodali she’r o’qish
Dars uslubi : Noan’anaviy , aralash
Dars jihozi : shoir rasmlari , kitoblari , “ Iztirob ” ,
" O’zbegim “ , “ El ustozim ” , tarqatma materillar , bukletlar
Mavzu bayoni
Erkin Vohidovning “ O’zbegim ” qasidasi haqida
El ustozim men emas - tolib !
So’z durlarin termoqdir ishim ,
Odamlarning o’zidan oldim
Odamlarga bermoqdir ishim
( Erkin Vohidov )
O’tgan darsda E. Vohidovning hayoti bilan tanishganmiz , o’tilgan darsni mustahkamlash maqsadida quyidagi savollar beriladi .
1. E. Vohidov qachon va qayerda tug’ilgan ?
2.Vohidovlar oilasi qachon Toshkentga ko’chib kelgan ?
3.E. Vohidov qayerlarga ta’lim olgan ?
4.E. Vohidov qaysi jurnalga rahbarlik qilgan ?
5. 1- she’riy to’plami qaysi ?
6.Qanday dostonlarni yaratgan ?
7. Dunyo she’riyatining yorqin vakillarida qaysi birlarining she’rlarini , asarlarini ona tilimizga tarjima qilgan ?
9.Qanday unvonlar egasi
10.E. Vohidovning qanday she’rlarini bilasiz ?
11.Qaysi she’rlariga kuylar bastalangan va kimlar ijro etgan ?
O’quvchilar mustqail yodlagan “ Kamtarlik ” haqida
“ kuy avjida uzilmasin tor ” (23) , “ Barcha shodlik senga bo’lsin ” , “ Yoshligim ” , “ Do’st bilan obod uying ” ,
“ Ona tilim o’lmaydi ” , “ Inson ” qasidasi ifodali aytishadi .
Shodlik – bu shirin jondan kechmakdir
Limmo – lim fidolik jomin ichmakdir
Shoirlik - jigarni ming pora etmak
Bag’ir qoni bilan satrlar bitmak
O’zni tomchi - tomchi zarra va zarra
Elga qurbon qilib , eng so’nggi karra
Armon bilan demak , Ey ona yurtim
Kechir , xizmatingni qilolmay o’tdim
Sharq mumtoz she’riyatida qasidalar asosan podsholar , amir –u xonlar sha’niga , ular tomonidan qilingan xayrli ishlarni olqishlash maqsadida bitilardi . E. Vohidov esa ona xalqi - o’zbegimga qasida bag’ishlaydi !
Qasida xalqimizning shavkatli tarixiga sayohatdan boshlanadi .
Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon o’zbegim
Senga tengdosh Pomir – u oqsoch Tiyoshon o’zbegim
So’ylasin Afrosiyob –u so’ylasin O’rxun xati
Ko’hna tarix shodasida bitta marjon o’zbegim
Al – Beruniy , Al – Xorazmiy , Al –Farob avlodidan
Asli nasli balki o’zliq , balki Tarxon o’zbegim
Ma’lumki , o’z o’tmishini , ota – bobolari merosini bilish millatga g’urur - iftixor bag’ishlaydi , uni o’zligini tanitish , haq – huquqini anglash darajasiga olib chiqadi .
Erkin Vohidov o’zbekning “ ming asrlar ichra pinhon ” tarixinhi ko’hna Samarqandda saqlanib qolgan Afrosiyob yodgorligidan , Mo’g’iliston va Sibirdagi O’rxun va Enasoy ( Yenisey ) daryolari qirg’oqlaridan topilgan qadimgi turkey toshbitiklaridan izlash lozimligini aytdi .
O’zluq , Tarxon singari to’qson 2 urug’ni o’zida jamlangan o’zbekning Beruniydek , Xorazmiydek , Farobiydek ahli donishlari bu xalqning naqadar ulug’vorligidan so’zsiz shahodat ekanini ta’kidlaydi .
O’zodlik va hurlikni har narsadan ustun qo’yadigan To’maris , Shiroq , Spitamen , Muqanna , Jaloliddin Manguberdi , Temur Malik , Amir TEmur singari mard farzandlar qahramonlik ko’rsatadilar .
Qasida davomida o’tmishimizning yana ko’plab ibratli sahifalari varaqlanara ekan , shoir ona xalq tarixini mukammal talqin etmoqqa ojiz ekaniga kamtarlik ila ishora qiladi .
Har birimizning shu Vatanda dunyoga ko’z ochgan ekanmiz , ona xalqimiz bizga bergan oq sut va tuzni oqlamog’imiz , uning ravnaqi yo’lida butun kuch – g’ayratimizni sarf etmog’imiz lozim
Qasida mashhur tarixiy shaxslar va voqealarni madh etuvchi tantanavor uslubdagi she’r . Qasida xuddi ga’zaldek qofiyalanadi .
XV asrda yashab ijod etgan mashhur shoir Sakkokiy ulug’ munajjim va temuriy hukmdor Mirzo Ulug’bekni sharaflab to’rtta qasida bitgan . A. Navoiy Husayn Boyqaro sharafiga “ Hiloliya ” qasidasini yozgan .
Zamonaviy adabiyotimizda Maqsud Shayxzodaning “ Toshkentnoma ” , Erkin Vohidovning “ O’zbegim ” ,
“ Abdulla Oripovning ”O’zbekiston ” kabi asarlarining yaratilishi qasidachilik o’z doirasida tobora kengroq mavzularni qamrab olayotganidan dalolat beradi .
Mustahkamlash
Dars davomida “ O’zbegim ” qasidasini mustaqil yod olgan o’quvchilardan so’raladi , she’rning mazmun mohiyati haqida savol – javob o’tkaziladi . Darsga faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi .
Uyga vazifa : “ O’zbegim ” qasidasini yodlash
Do'stlaringiz bilan baham: |