Odoblar xazinasi



Download 468 Kb.
bet15/47
Sana27.07.2021
Hajmi468 Kb.
#130136
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47
Bog'liq
Adabiyot so'z sa'nati

HANS KRISTIAN ANDERSEN

1. G‘arb adabiyoti ertaknavislari? J: Sharl Perro, Ernest Teodor Amadey Gofman, aka- uka Grimmlar, Vilgelm Gauf, H. K. Andersen, Oskar Uayld, A. Pushkin, J. Rodari.

2. O‘zbek adabiyoti ertaknavislari? J: Hamid Olimjon, Sulton Jo‘ra, Shukur Sa’dulla.

3. Daniyalik buyuk ertaknavis kim? J: Hans Kristian Andersen.

4. Hans Kristian Andersen qachon va qayerda tug‘ilgan? J: 1805-yil 2-aprel Daniyaning Odens shahri, etikdo‘z oilasida.

5. Hans Kristian Andersen otasi o‘lgach 14 yoshida qayerga keladi? J: Daniya poytaxti Kopengagenga.

6. Hans Kristian Andersen dastlab qaysi sohaga qiziqadi? J: Teatrga.

7. Hans Kristian Andersen kim bo‘lmoqchi edi? J: Aktyor.

8. Hans Kristian Andersenning ushalmay qolgan orzusi? J: Aktyorlik.

9. Andersenga kimning tavsiyasi bilan teatrdan stipendiya va Lotin makta-bida bepul o‘qish huquqi beriladi? J: Teatr direktori Kollin.

10. Andersen qaysi universitetda o‘qiydi? J: Kopengagen.

11. Andersen qaysi mamlakatlarga sayohat qilgan? J: Yevropa, Osiyo, Afrika.

12. O‘zi uchun qiziq tuyulgan har bir narsani ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab ko‘rmaguncha tinchimaydigan adib kim? J: Andersen.

13. Andersen sayohatlar davomida kimlar bilan uchrashadi? J: Gyugo, Balzak, Dyuma, Dikkens, Geyne kabi yozuvchilar, Rossini, Vagner, List kabi bas-takorlar.

14. Andersenning birinchi yirik asari? J: “Improvizator” 1835-yil.

15. Andersenning qaysi to‘plamlari dunyoga mashhur bo‘lgan? J: “Bola-larga aytilgan ertaklar”, “Yangi ertaklar”, “Tarixlar”, “Yangi ertaklar va tarixlar”.

16. Bolalar va kattalar qiziqib o‘qiydigan ertaklar yaratishga qodir ekanligini Andersen qachon sezadi? J: To‘plamlari mashhur bo‘lganidan so‘ng.
17. Andersenning real buyum va hodisalarga fantastik tus berib, jonlantirib, harakatga keltirib yaratgan ertaklari? J: “Duymchaxon”, “Suv parisi”, “Qor malikasi”, “Bulbul”, “Bronza to‘ng‘iz”, “Kumush tangacha”.

18. Andersenning qaysi ertaklarida talqin jonli inson muhitiga yaqinlikda beril-gan? J: “Duymchaxon”, “Suv parisi”, “Qor malikasi”, “Bulbul”.

19. Andersenning qaysi ertaklarida jonsiz ashyolar harakatga kelib, odamlarday so‘zlashadi? J: “Bronza to‘ng‘iz”, “Kumush tangacha”.

20. Ham zavq beradigan, ham o‘yga toldiradigan chinakam hayotiy ertaklar ya-ratish an’anasini kim boshlab bergan? J: Hans Kristian Andersen.

21. Andersen ertaklarida qaysi fazilatlar ulug‘lanadi? J: Rahmdillik, aqllilik, fidoyilik, sobitqadamlik, oqibatlilik.

22. Andersen ertaklarida qaysi salbiy sifatlar tanqid qilinadi? J: G‘alamislik, ikkiyuzlamachilik, loqaydlik, kibr-havo, dangasalik, landavurlik, johillik.

23. Andersenning ertaklaridagi mashhur qahramonlar? J: Duymchaxon, Irkit o‘rdakcha, Bulbul, Kay, Gerda, Suv parisi.

24. Eng yaxshi bolalar yozuvchilari uchun qaysi adib nomidagi Xalqaro oltin medal ta’sis etilgan? J: Hans Kristian Andersen.

QOR MALIKASI”

1. Ertak qaysi voqea bilan boshlanadi? J: Bir jodugarning g‘alati ko‘zgu yasa-gani bilan.

2. Ko‘zguning qanday siri bor edi? J: Ko‘zguda yaxshi, go‘zal narsalar yo-mon va xunuk bo‘lib ko‘rinadi.

3. Kimlar ko‘zguni dunyo bo‘ylab olib yuradilar? J: Jodugarning shogirdlari.

4. Andersenning qaysi ertagida bir be’mani, qabih narsa paydo bo‘lsa va uning oldi olinmasa, u butun dunyoga, barcha odamlarga salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin degan fikr ilgari suriladi? J: “Qor malikasi”.

5. Ko‘zgu nima uchun osmonga chiqariladi? J: Ilohiylashtirmoqchi bo‘lgan-lari uchun.

6. Ko‘zgu nima uchun parchalanib ketadi? J: Osmonga ko‘tarilgan sayin qiyshayib tushib ketadi.

7. Andersenning qaysi ertagiga “Bir chimdim tuz bir xum asalni buzar” degan naql to‘g‘ri keladi? J: “Qor malikasi”.

8. Ko‘zguning kichik bir zarrasi birovning ko‘zi va yuragiga tushsa nima qiladi? J: Loqayd, sovuqqon, befarq, qilib qo‘yadi, barcha narsalar xunuk bo‘lib ko‘rinadi.

9. Ertak qahramonlaridan kimning yuragi va ko‘ziga ko‘zgu parchasi tushadi?J: Kay.

10. Andersen qaysi ertagida yovuz, tuban, sovuqqon kuchlarga mehr-muhabbat, tirishqoqlik ezgu maqsad yo‘lida har qanday mashaqqatlarga dosh berish kabi yuksak tuyg‘ularni qarama-qarshi qo‘yadi? J: “Qor malikasi”.

11. “Qor malikasi” ertagidagi olijanob fazilatlarga ega qiz kim? J: Gerda.

12. Gerdaga Kayni izlash jarayonida kimlar uchraydi? J: 1. Kishilar xotirasini zaiflashtiradigan sehrgar kampir. 2. Shahzoda va Malika. 3. Qaroqchilar to‘dasi.

13. Gerdaga yo‘lda nimalar qarshi chiqadi? J: Qor lashkarlari.

4. Kayning yuragidagi ko‘zgu parchasini nima eritib yuboradi? J: Gerdaning ko‘z yoshlari.

15. Kay bilan Gerda uyiga qaytayotganda qanday qiyinchiliklarga uchraydilar? J: Hech qanday.

16. “Qor malikasi” ertagida Kay qaysi so‘zni muz parchalaridan yozsa, unga butun olam baxsh etilishi kerak edi? J: Mangulik.

17. Kay bilan Gerda qaysi faslda qaytib keladilar? J: Yoz.

BULBUL” ERTAGI HAQIDA

1.Andersenning go‘zallik va ezgulikni ulug‘lovchi, soxtalik va qabihlikni qoralovchi, bu illatlarning inqirozi muqarrarligi haqidagi asari qaysi? J: “Bul-bul”.

2. Bulbul nima uchun hukmdorga sodiq do‘st bo‘lib qoladi? J: Insoniy dardni tushuna olgan qalbi uchun.

3. Ertak voqealari qaysi davlatda bo‘lib o‘tadi? J: Chin-mochin. (Xitoy).

4. Imperator bog‘ida gullarning eng yaxshilariga nimalar osilgan edi?J: Kumush qo‘ng‘iroqchalar.

5. Imperator bog‘ida sayr etuvchilarning e’tiborini nima tortar edi? J: Kumush qo‘ng‘iroqchalar jarangi.

6. Bog‘ oxiri qayergacha cho‘zilgan edi? J: Buni bog‘bon ham bilmas edi.

7. Bog‘ning bir tomoni nimaga tutashib ketgan? J: Qalin o‘rmonga.

8. Bulbul qayerda yashar edi? J: O‘rmondagi daraxtlar qalin shoxlari ora-sida.

9. Ertakning qaysi qahramoni bulbul sayrashini eshitib, qayg‘u-tashvishlarini unutib “Yo Parvardigor, hayot naqadar yaxshi!” de yuborar edi? J: Baliqchi.

10. Xitoy imperatori saroyiga qayerdan kelgan sayyohlar chinni saroyni, bog‘ni va bulbulni maqtashar edi? J: Yetti iqlimdan.

11. Sayyohlar tomonidan “Bu yurtning eng yaxshi g‘aroyiboti” deb maqtalgan narsa nima? J: Bulbul xonishi.

12. Xitoy imperatori bulbul haqida qayerdan bilib oladi? J: Yaponiya impera-tori sovg‘a qilgan kitobdan.

13. Imperator bulbul haqida so‘rash uchun kimni chaqiradi? J: “Uff” deb javob beradigan amaldorni (bosh vazirni).

14. Bulbulni topish kimga topshiriladi? J: Bosh vazirga.

15. Imperator bulbul topilmasa amaldorlarni qanday jazolamoqchi edi? J: Qorniga urdirmoqchi.

16. Bulbul haqidagi darakni kimdan eshitib qoladilar? J: Oshxonada ishlaydi-gan qizchadan.

17. Oshpaz qizchaga bulbulni topish evaziga vazir nimani va’da etadi? J: Mansab, imperatorning taom yeyishini tomosha etishni.

18. Amaldorlar yo‘lda ketayotib dastlab nimalarning tovushini eshitib bulbul deb o‘ylaydilar? J: Sigir, qurbaqa.

19. Saroy amaldorlari nimaning ovozini ibodatxona qo‘ng‘iroqchalarining ovoziga o‘xshatadilar? J: Qurbaqanikini.

20. Bosh vazir haqiqiy bulbul ovozini nimaga o‘xshatadi? J: Chinni qo‘n-g‘iroqlar jarangiga.

21. Katta zalning to‘rida, imperator taxti turadigan joyga nima o‘rnatilgan edi?J: Oltin qo‘ndoq.

22. Oshpaz qizchaga qanday unvon berildi? J: Saroy oshpazi.

23. Bulbul qanday rangda edi? J: Qoramtir.

24. Imperator bulbulga mukofot sifatida nima beradi? J: O‘zining oltin tufli-sini.

25. Bulbul nimani o‘ziga loyiq mukofot deb aytadi? J: Imperator ko‘z yosh-larini.

26. Sun’iy qushning bo‘yniga bog‘langan lentada qanday yozuv bor edi? J: “Xitoy imperatorining bulbuli oldida Yaponiya imperatorining bulbuli ip esholmaydi”.

27. Sun’iy bulbulni Xitoy imperatoriga kim sovg‘a qiladi? J: Yaponiya impera-tori.

28. Yaponiya imperatori elchisi qanday unvon bilan taqdirlanadi? J: “Impe-ratorning favqulodda bulbullar yetkazib beruvchi vakili”. 29. Kapelmeyster so‘zining ma’nosi? J: Xor rahbari.

30. Sun’iy bulbul bir qo‘shiqni necha marta takrorlashiga to‘g‘ri keladi? J: 34 marta.

31. Xalqning bulbul qo‘shig‘ini eshitib ko‘ngli to‘lishini nimaga qiyoslashgan? : To‘yib choy ichishga.

32. Saroydan ketib qolgan bulbulni birinchi bo‘lib kim payqaydi va nima deydi? J: Imperator: “Ko‘rnamak qush”, - deydi.

33. Xalq orasidagi kimlar sun’iy bulbul ovozini eshitib hayratlanishmadi? J: Kambag‘al baliqchilar.

34. Sun’iy bulbulga qanday unvon berishdi? J: Imperatorning tungi dastur-xoni paytidagi birinchi chapqo‘l kuychisi.

35. Sun’iy bulbul to‘g‘risida kim 25 jildlik kitob yozadi? J: Kapelmeyster.

36. Sun’iy bulbul qachon buzilib qoladi? J: Bir yildan so’ng.

37. Kimlar sun’iy qushga jo‘r bo’lib “Vit, vit, vit!. Vit, vit, vit !” deb kuylashar-di? J: Xalq, o‘g‘il bolalar va imperator.

38. Sun’iy bulbul buzilib qolganida kimlarni chaqirishga to‘g‘ri keladi? J: Tabib, natijasi bo‘lmagach soatsozni.

39. Soatsoz tuzatgan bulbul yiliga necha marta qo‘shiq aytishiga tog‘ri kelardi? J: Bir marta.

40. Imperator necha yildan keyin kasal bo‘lib qoladi? J: 5 yil.

41. Azroil imperatorning nimalarini tortib olgandi? J: Tojini, oltin qilichini, bayrog‘ini.

42. Imperatorning ko‘ziga ko‘ringan irkit va razil, muloyim va chiroyli sharpalar kimlar edi? J: Qilgan yaxshi va yomon ishlari.

43. Imperator bu har xil sharpalardan qutilish uchun kimlarni chaqirishni buyu-radi? J: Musiqachilarni.

44. Kasal imperatorning yoniga kelib sayray boshlagan bulbulga kim “Kuyla, bulbuljon, kuyla!” deb yalina boshlaydi? J: Azroil.

45. Bulbul Azroildan kuylashi evaziga nimalrni so‘rab ola boshlaydi? J: Oltin qilichni, bayroqni, tojni.

46. Azroil saroyni nima uchun tark etadi? J: Bulbul qabriston haqida kuyla-ganida.

47. Bulbul imperatorga nimalar haqida qo‘shiq aytib turishiga va’da beradi? J: Baxtli va baxtsiz odamlar, yaxshi va yomonliklar.

48. Imperator qushchaga nima deb va’da beradi? J: Fuqarolarning ahvoli to‘g‘risidagi xabarlarni aytadigan qushchasi haqida hech kimga aytmas-likka.

49. “Bulbul” ertagida bulbul shohga qarata: “Lekin baribir… qandaydir muqad-daslik nuriga yo‘g‘rilgan! Uni pok saqla” deganda nimani nazarda tutadi? J: Hukmdorlik tojini.

50. “Bulbul” ertagida haqiqiy bulbul necha yildan keyin saroyga qaytib keladi? J: 15 yildan so‘ng.




Download 468 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish