Fuqarolik Fuqarolik jamiyati yuksak darajada jamiyatining uyushgan, batartib munosabatlar tizimiga
2-§.tarkibiy tuzilishi tayangan, o‘zini o‘zi boshqarish mexanizm-
va asosiy lari mukammal qaror topgan jamiyatdir. Bu prinsiplari jamiyat sharoitida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlarini
aks ettiruvchi, muhofaza etuvchi turli-tuman uyushmalari, birlashmalari, nodavlat tashkilotlari va organlari mavjud bo‘ladi. Ular davlat hokimiyatidan mustaqil bo‘lib, o‘zini o‘zi boshqarish prinsipi asosida aktiv faoliyat ko‘rsatadi.
Fuqarolik jamiyatida ijtimoiy hayotga katta ahamiyat beriladi. Uning asosiy maqsadi inson hayotini saqlash, uning maqsadlarini, hayotiy orzu-niyatlarini shu jamiyatdagi tashkilotlar, ijtimoiy institutlar, guruhlar, oila va boshqa birlashmalar orqali amalga oshirishdir. Bu tashkilotlar, institutlar va guruhlar alohida shaxsga uning hokimiyat manbayi ekanligini, uning layoqati va harakati, obro‘si yuksak qadriyat ekanligini tushuntirishga yordam beradilar. Insonlar ushbu tashkilotlar va birlashmalar orqali o‘zlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa maqsadlarini amalga oshiradilar.
Fuqarolik jamiyatining asosiy belgilariga:
ko‘ppartiyaviylik;
siyosiy hayot va siyosiy institutlarning, mafkura va fikrlarning xilma-
xilligi;
o‘zini o‘zi boshqarish organlari mavqeining balandligi;
jamiyatni boshqarishda ommaviy axborot vositalari rolining kattaligi kiradi. Fuqarolik jamiyatida ma’naviy hayot umumbashariy qadriyatlar asosida amalga oshirilganligi, insonning muqaddasligi, erkinligi, qonun oldida tengligi, ijtimoiy adolatning to‘liq qaror topganligi bilan belgilanadi.
Demak, fuqarolik jamiyati – teng huquqli insonlarning jamiyati, yakka shaxslar yoki jamoalar manfaatlarini amalga oshirishga ko‘maklashadigan jamoat va nodavlat institutlarining tizimidir. Shuni ham ta’kidlash kerakki, fuqarolik jamiyati jamoat birlashmalarining yig‘indisidangina iborat bo‘lmay, balki ular faoliyati natijasida paydo bo‘ladigan munosabatlar tizimi hamdir. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini milliy va diniy an’analarsiz, odatlar, odob-axloq normalari va milliy qadriyatlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu jamiyat iqtisodiy, kasbiy, madaniy, diniy va boshqa manfaatlarni shakllantirishga va ularni amalga oshirishga qaratilgan ijtimoiy aloqalar tizimini ham o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi har bir insonning ehtiyojlari, manfaatlari, huquq va erkinliklarini amalga oshirishga qaratilgan. Konstitutsiya insonni eng katta boylik sifatida alohida ko‘rsatgani holda fuqaro, jamiyat va davlat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning oqilona, huquqiy hal etilishini siyosiy jihatdan rasmiylashtiradi. Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi, ularning inson manfaatlarini himoya qilishga va ijtimoiy munosabatlarni maqbul holga keltirishga yo‘naltirilganligi fuqarolik jamiyati asoslarini qaror toptirishning asosiy omillaridir.
Fuqarolik jamiyatida huquq va qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘zini o‘zi kamol toptirishiga yordam beradi, shaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘liq ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Аyni vaqtda, bu barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart ekanligini ham bildiradi.
O‘zbekiston fuqarolari Konstitutsiyada ko‘rsatilgan huquqlaridan foydalanib, davlatning siyosiy hayotida tobora keng ishtirok etmoqdalar. «O‘tmish davri sharoitida fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirish jarayoni yuz berayotgan bir paytda O‘zbekiston aholisi turli qatlamlarining manfaatlarini ifoda etishi lozim bo‘lgan keng tarmoqli, ko‘ppartiyaviy tizim kabi demokratik institutlar hamda boshqa jamoat tashkilotlarining qaror topishi ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu jihatdan olganda, davlatning roli siyosiy partiya lar va jamoatchilik harakatlarining vujudga kelishi, qaror topishi va rivojlanishi sekinlashtirib qo‘yadigan har qanday g‘ov va to‘siqlarni bartaraf etishdan iboratdir»1.
Fuqarolik jamiyatidagi mavjud manfaatlarni qanoatlantirish, ro‘yobga chiqarish uchun tegishli tashkiliy tuzilmalar va institutlar shakllanadi.
Fuqarolik jamiyatining ichki tizimini quyidagicha tasniflash mumkin.
Birinchidan, iqtisodiy sohadagi manfaatlarni qanoatlantiruvchi tuzilmalar:
xususiy mulk asosida vujudga keladigan va faoliyat yuritadigan nodav-
lat tashkilotlar;
shirkat xo‘jaliklari va ularning uyushmalari;
ijara asosida ishlovchi jamoalar;
hissadorlik jamiyatlari;
moliyaviy jamg‘arma hamda uyushmalar;
ishlab chiqarish korporatsiya, konsernlari va birlashmalari;
tadbirkorlar uyushmalari (palatasi) va hokazo.
Ikkinchidan, ijtimoiy sohadagi manfaatlarni ifodalovchi tuzilmalar:
oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsus tashkilotlar;
ta’lim-tarbiya muassasalari (maktab, o‘rta-maxsus va oliy ta’lim mua-
sasasalari);
jamoat birlashmalari, nodavlat tashkilotlar;
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
mustaqil ommaviy axborot vositalari;
diniy tashkilotlar;
milliy-madaniy markazlar;
ko‘ngilli jamiyatlar;
jamoatchilik fikrini aniqlash va o‘rganish institutlari;
turli ijtimoiy ixtiloflarni adolatli hal etuvchi tuzilmalar va hokazo.
Uchinchidan, siyosiy sohadagi manfaatlarni aks ettiruvchi institutlar va tuzilmalar:
huquqiy davlatning mavjudligi;
siyosiy partiyalar;
ijtimoiy-siyosiy harakatlar;
siyosiy muholifatning mavjudligi;
inson huquqlarini himoyalovchi institutlar va hokazo.
Yuqorida keltirilgan tasnif umumiy bo‘lib, u eng asosiy tarkibiy tuzilmalarni ifodalaydi. Аlbatta, fuqarolik jamiyati o‘zining rang-barangligi, turlitumanligi bilan tavsiflanadi. Unda turfa ko‘rinishdagi ma’rifiy, madaniy va boshqa mazmundagi tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |