Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet259/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Yuridik javobgarlik funksiyalari. Shaxsning sodir qilgan huquqbuzarligi uchun davlat muayyan yuridik javobgarlikni amalga oshiradi. Huquqbuzarlik uchun qo‘llanilayotgan har bir yuridik javobgarlikning o‘ziga xos vazifasi mavjud. Yuridik javobgarlikka tortishning asosiy maqsadi, huquqbuzar shaxsni jazolash yoki unga biror-bir jazo berish bilan kifoyalanib qolmay, balki undan boshqa yuridik oqibatlar ham kutiladi. Jumladan:

  • jazolash funksiyasi bu aybdor shaxsning huquqbuzarlik sodir etgan ligi uchun unga shaxsiy (ozodlikdan mahrum qilish), mulkiy (jarima to‘latish), tashkiliy (ishdan bo‘shatish, muayyan faoliyatni cheklash) jihatdan salbiy ta’sir etishdir;

  • huquqni tiklash funksiyasi – bunda huquqbuzar shaxs tomonidan buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararni qoplash nazarda tutiladi;

  • maxsus ogohlantirish funksiyasi. Uning mohiyati shundaki, huquqbuzarlik sodir etgan shaxsni kelajakda bu kabi salbiy oqibatlarni keltirib chiqaruvchi, davlat, jamiyat va shaxsga muayyan zarar yetkazuvchi xatti-harakatlarni sodir etmaslik haqida ogohlantiriladi;

  • umumiy ogohlantirish nafaqat huquqbuzar shaxsni, balki jamiyatning birga a’zolarini huquqbuzarlik sodir etishning yomon oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirish va bu kabi salbiy harakatlarni sodir etishdan o‘zlarini tiyishga, ya’ni huquqiy harakat qilishga chaqirishdir;

  • tarbiyaviy funksiya ikki xil mohiyat kasb etadi, birinchidan, jamiyat barcha a’zolarini huquqbuzarlik sodir etmaslik, huquqqa hurmat ruhida tarbiyalasa, ikkinchidan, bevosita huquqbuzar shaxslarni qayta tarbiyalash, kelajakda huquqqa rioya etish va uni hurmat qilishga safarbar etadi.

Aybsizlik Aybsizlik prezumpsiyasi – yuridik prezumpsiyasi. javobgarlikka tortish jarayoniga jalb etilgan Yuridik javobgarlik shaxsning aybsizligi ehtimolidir. Bu prin4-§. va qilmishning sipga ko‘ra, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi huquqqa xilofligini yoki sudlanuvchining jinoyat sodir etishda istisno qiluvchi aybdorligi qonunda nazarda tutilgan tartibda holatlar isbotlangunga va qonuniy kuchga kirgan sud hukmi bilan aniqlangunga qadar ular aybsiz hisoblanadilar.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi o‘zining aybsizligini isbotlab berishi shart emas. Ya’ni, u bunga majbur emas. Mazkur vazifa sud va huquqni muhofaza etuvchi organlar zimmasiga yuklanadi. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi mutasaddi organlar shaxsni yuridik javobgarlikka tortish bo‘yicha yakuniy xulosa chiqarishdan oldin uning aybdorligini isbotlovchi ishonchli dalillarni to‘plashi lozim. Agar buning uddasidan chiqilmasa, ushbu prezumpsiyaga muvofiq shaxs aybsiz hisoblanadi va javobgarlikdan ozod etiladi.
Aybdorlikka oid barcha shubhalar, basharti, ularni bartaraf etish imkoniyatlari tugagan bo‘lsa, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi lozim. Qonun qo‘llanilayotganda kelib chiqadigan shubhalar ham gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchining foydasiga hal qilinishi kerak. Fuqaroning aybsizlik prezumpsiyasi – shaxs huquq va erkinliklarining mustahkam kafolatidir. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (26-modda) aybsizlik prezumpsiyasi o‘zining ifodasini topgan bo‘lib, unda jumladan, shunday deyiladi: «Jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda qonuniy tartibda, oshkora ko‘rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblanmaydi. Sudda ayblanayotgan shaxsga o‘zini himoya qilish uchun barcha sharoitlar ta’minlab beriladi...»
Bu masala O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 23-moddasida ham o‘zining aniq ifodasini topgan.
Aybsizlik prezumpsiyasi jinoyat ishi yuzasidan haqiqatni aniqlash kafolati hisoblanadi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 4-moddasining ikkinchi qismida hech kim sudning hukmi chiqarilmay turib jinoyat sodir qilishda aybli deb topilishi va qonunga xilof ravishda jazoga tortilishi mumkin emasligi aniq belgilab qo‘yilgan. Ushbu qoidada aybsizlik prezumpsiyasi mohiyatining ikki jihati ochib berilgan. Ya’ni: birinchisi – jinoyatning muayyan tarkibini belgilash va shaxsning jinoyat sodir etganlikda iqror bo‘lishini qonunga aniq rioya qilgan holda amalga oshirish; ikkinchisi – shaxs faqat sudning ayblov xulosasiga, qaroriga binoan aybdor deb topilishi va qonunda ko‘zda tutilgan huquqiy chora yoki jazoga tortilishi mumkin. Demak, shaxsning aybdorligini belgilash uchun faqat isbotlash tartib-qoidalariga rioya qilishning o‘zi kamlik qiladi, shu sababli jinoyat uchun javobgarlik va uning asoslari yetarlicha mavjud bo‘lishi talab etiladi.
Shaxsning harakatlarida Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan alomatlar rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da, lekin u ijtimoiy xavfli, g‘ayriqonuniy yoki aybli bo‘lmasa, qilmishning jinoiyligini istisno qiladigan holatlar deb topiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining 2010-yil 12-noyabrdagi qo‘shma majlisida ta’kidlaganidek, «Mamlakatimizda o‘tgan davr mobaynida dastlabki tergov bosqichida sud nazoratini kuchaytirish, mazkur sohada sud faoliyatini liberallashtirish bo‘yicha ham keng ko‘lamli chora-tadbirlar ko‘rildi.
Bu borada «Xabeas korpus» institutining joriy etilishi, ya’ni 2008-yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o‘tkazilishi prinsipial qadam bo‘ldi. Ushbu qarorning o‘z vaqtida va puxta o‘ylab qabul qilingani bugungi kunda ko‘pgina amaliy misollarda o‘z isbotini topmoqda. Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda»1.
Yuridik javobgarlik va qilmishning huquqqa xilofligini istisno qiluvchi holatlar mavjud va ularga quyidagilar kiradi: aqli norasolik, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, ijtimoiy xavflilik darajasi bo‘lmagan huquqbuzarliklar sodir etish va hokazolar.
Yuridik javobgarlik va davlat majburlovining boshqa turlarini farqlash katta nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega. U shaxs va jamiyat manfaatlarini himoya qilish uchun ta’sir o‘tkazishning maqsadga muvofiq va qonuniy vositasini tanlash imkonini beradi.
Shunday qilib, fuqaroning aybsizligi prezumpsiyasi o‘zboshimchalik, zo‘ravonlik, g‘ayriqonuniy bosim o‘tkazish va qonuniylik buzilishining oldini oluvchi muhim kafolatdir.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish