Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet256/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Yuridik javobgarlik – bir tomondan, fuqarolar va mansabdor shaxslarning davlat tomonidan o‘rnatilgan huquqiy norma talablariga to‘liq amal qilish mas’uliyati va, ikkinchi tomondan, davlat bilan huquqni buzgan shaxs o‘rtasida huquqiy munosabat bo‘lib, bunda aybdor shaxs muayyan huquqlardan mahrum etilib, o‘zi uchun noxush oqibatlar kelib chiqishidan jabrlanishidir. Bunda huquq normasi sanksiyalarini realizatsiya qilish momenti yuridik javobgarlikni belgilash momentiga mos keladi deyish mumkin.
Yuridik javobgarlikda huquqqa xilof xatti-harakatni sodir etgan shaxsga nisbatan uning erki va istagidan qat’iy nazar davlat majburlov chorasi qo‘llaniladi. Davlatning majburlash kuchi faqat huquq normalari talablarini buzgan shaxslarga nisbatangina qo‘llaniladi.
Yuridik javobgarlik – huquqbuzarga nisbatan huquq normalarida ko‘zda tutilgan sanksiyalar asosida davlatning majburlov choralarini qo‘llashi bo‘lib, bunda aybdor shaxs muayyan huquqlardan (shaxsiy, mulkiy, tashkiliy va hokazo) mahrum etiladi.
Yuridik javobgarlik quyidagi belgilari bilan tavsiflanadi:

  1. yuridik javobgarlik davlat majburlov choralari bilan bog‘liq;

  2. yuridik javobgarlik huquqbuzarlik bilan bog‘liq;

  3. yuridik javobgarlik huquqbuzar uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi (ozodlikdan, ota-onalikdan mahrum bo‘lish yoki sodir etilgan qilmishi uchun jarima to‘lash va hokazo);

  4. huquqbuzarga nisbatan qo‘llaniladigan choralarning xarakteri va hajmi huquq normalarning sanksiyasida o‘rnatilgan bo‘ladi;

  5. davlat tomonidan qo‘llaniladigan majburlov choralari huquqni qo‘llash faoliyati davomida tegishli vakolatli organlar tomonidan qonunda belgilangan tartibda va protsessual shakllarga amal qilgan holda olib boriladi.

Yuqoridagi xususiyatlari bilan yuridik javobgarlik siyosiy, axloqiy va boshqa javobgarliklardan farq qiladi.
Yuridik javobgarlikka tortish uchun asosi – huquqbuzarlikdir, ya’ni, huquq normalari talabini buzuvchi muayyan harakat yoki harakatsizlikdir.
Tabiiyki, yuridik javobgarlik muayyan maqsadlarni ko‘zlaydi. Bu yerda «maqsad» deganda yuridik javobgarlikning jamiyatda bajaradigan vazifasi nazarda tutilmoqda. Yuridik javobgarlikning ikki muhim maqsadi mavjud: huquqiy tartibotni muhofaza qilish va fuqarolarni tarbiyalash. Bu maqsadlarga erishish uchun yuridik javobgarlik quyidagi funksiyalarni bajaradi: jazolash (jarima solish); buzilgan huquqni tiklash (masalan, mulkiy javobgarlik, yetkazilgan zararni undirish); ogohlantirish. Mazkur funksiyalar vositasida yuridik majburiyatlarning bajarilishi ta’minlanadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish