Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet213/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Grammatik sharhlash («til bo‘yicha», «filologik» kabi iboralar bilan ham ifodalanadi) hujjat matnini morfologik va sintaktik tuzilishini aniqlashga qaratilgan maxsus usuldir. Ushbu usul yordamida ayrim so‘zlar va atamalar, butun gaplar, gaplar guruhining grammatik ma’nosi aniqlashtiriladi. Bunda normativ-huquqiy hujjatda qo‘llanilgan ot, sifat, son kabi gap bo‘laklari, kelishik qo‘shimchalari, fe’llarning shaxsi va turlari; ishlatilgan bog‘lovchilar, tinish belgilari va shu kabilarning ahamiyati o‘rganiladi.
Huquqiy norma mazmunini, matnini savodxonlik nuqtayi nazaridan sharhlashga, undagi hatto tanish belgilarining ahamiyatiga bir misol keltiramiz. Parlament majlisida murakkab iqlimli mintaqalarda mehnat qilayotgan shaxslar uchun imtiyozlar o‘rnatishga oid qonun loyihasi muhokama qilinayotganda deputatlardan biri quyidagi jumlaga e’tiroz bildirdi: «Suvsiz cho‘l zonalarida mehnat qilayotganlarga imtiyoz berilsin». Deputat bu jumladagi «suvsiz» so‘zidan keyin vergul qo‘yishni taklif etdi. Shunda jumla quyidagicha bo‘ladi: «Suvsiz, cho‘l zonalarida mehnat qilayotganlarga imtiyoz berilsin». Bunda vaziyat tubdan o‘zgaradi. Birinchi variantda faqat «suvsiz cho‘l zonalar» nazarda tutilgan bo‘lsa, ikkinchi variantda «ham suvsiz», «ham cho‘l» zonalarda mehnat qilayotgan shaxslar imtiyozlardan bahramand bo‘ladilar. Demak, bitta vergul qonun normasining ma’nosini tamomila o‘zgartirdi, u imtiyozdan foydalanadigan subyektlar doirasini ancha kengayishiga sababchi bo‘lmoqda.
Grammatik sharhlashda normativ hujjatdagi har bir so‘z o‘rganiladi, so‘zning asosiy ahamiyati, ma’nosi, grammatik shakli aniqlanadi. Qonunchilikda ishlatiladigan maxsus atamalarni tadqiq qilish huquq normalarini sharhlashda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi. Ayrim so‘zlar va atamalarning ma’nosi aniqlanganidan so‘ng norma orqali ifoda etilgan gaplar ma’nosi, ularning umumiy grammatik, etimologik va lug‘aviy tuzilishi o‘rganiladi. Grammatik sharhlash natijasida huquqiy normaning matnida ifodalangan mazmuni aniqlanadi.
Grammatik sharhlashda quyidagilarga e’tibor beriladi:

  • «sharhlashning oltin qoidasi» – qonunning biror-bir moddasini sharhlash jarayonida hamma uchun tushunarli bo‘lgan, adabiy tildan foydalanish lozim;

  • qonun chiqaruvchi organ qonunning matnida adabiy til me’yorlaridan chetga chiqqan bo‘lsa, sharhlash jarayonida ham xuddi shunday izohlash lozim;

  • huquq normasini sharhlashda bir sohaga taalluqli iborani ikkinchi bir taalluqli bo‘lmagan sohada ishlatish taqiqlanadi;

  • agar qonun matnidagi ibora mazmuni aniq ifodalanmagan bo‘lsa, uni sharhlashda huquqshunoslik fani va amaliyotida keng qo‘llanilayotgan so‘zlardan foydalanish lozim;

  • agar qonun biror-bir iborani turli ma’noda tushunishga «ruxsat» bermasa, uni har xil talqin etish mumkin emas;

  • turli iboralarni asossiz ravishda bir ma’noda qo‘llash taqiqlanadi;

  • qonunning biror-bir so‘zini ortiqcha ibora sifatida talqin qilishga yo‘l qo‘ymaslik kerak1.


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish