Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet209/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Qonun analogiyasi Jamiyatning jo‘shqin rivojlanishi, unda
6-§.va huquq qonun chiqaruvchi idora tomonidan ko‘zda analogiyasi tutilmagan ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi, ularga nisbatan huquqni qo‘llash
ehtiyoji bilan huquq yaratuvchilik faoliyati o‘rtasidagi farq huquqdagi bo‘shliqni tashkil etadi. Huquqdagi bo‘shliq, odatda, huquqni qo‘llash jarayonida aniqlanadi. Huquqni qo‘llovchi organ muayyan ishni hal etish chog‘ida har doim ham ushbu munosabatni tartibga solib turuvchi xulq-atvor qoidasini topa olmasligi mumkin. Ushbu holat quyidagicha izohlanishi mumkin: 1) qonun chiqaruvchi idora (barcha huquq ijodkorligi faoliyati subyektlarining) ongli ravishda tartibga solish masalasini ochiq qoldirganligi; 2) amaldagi huquq tizimida bo‘shliq (huquqiy hal etilmagan jihat) mavjudligi1.
Qonun yaratuvchi idoraning ushbu holatlarni tartibga solishni e’tibordan chetda qoldirgani vujudga kelgan hayotiy masalalar huquqiy ahamiyatga ega emasligini bildiradi. Bunday holatlar yuzasidan huquqni qo‘llashni taqozo etuvchi ish qo‘zg‘atish mumkin emas, qo‘zg‘atilgan ishlar bo‘yicha esa, ularning huquqiy jihatdan kam ahamiyatliligini inobatga olib tegishli qaror chiqariladi.
Huquqdagi bo‘shliq deganda, amaldagi huquqning mazmuni va u tomonidan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar xususiyatiga ko‘ra muayyan hayotiy holatni tartibga solish uchun zarur bo‘lgan aniq normaning yo‘qligi tushuniladi. Huquqdagi bo‘shliq faqat huquq ijodkorligi vakolatiga ega bo‘lgan organ tomonidan bartaraf etilishi mumkin.
Huquqni qo‘llash jarayonida huquqdagi bo‘shliqni bartaraf etish uchun maxsus huquqni qo‘llovchi vositalar (usullar) – qonun analogiyasi (o‘xshashligi) va huquq analogiyasi (o‘xshashligi) dan foydalaniladi.
Qonun analogiyasi – huquqiy jihatdan tartibga solinmagan munosabatlarga nisbatan shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi qonun normasini qo‘llashdir. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 5-moddasida fuqarolik qonun normalarini o‘xshashlik bo‘yicha qo‘llash qoidalari mustahkamlangan. Unga ko‘ra, ushbu Kodeks 2-moddasining birinchi, to‘rtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan munosabatlar qonun hujjatlari yoki taraflarning kelishuvi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan hollarda fuqarolik qonunchilik hujjatlarining o‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi normasi qo‘llaniladi (qonun o‘xshashligi).
Huquqni qo‘llash jarayonida qonun o‘xshashligidan foydalanishda tegishli munosabatlarni huquqiy kvalifikatsiya qilishda shunga o‘xshash munosabatlarni tartibga solib turuvchi normani, eng avvalo, ko‘rib chiqilayotgan munosabat qaysi huquq sohasiga taalluqli bo‘lsa, o‘shandan qidirish lozim. Mazkur sohada topilmagan taqdirda – qonunchilikning yaqin tarmoqlarini va butun qonunchilik tizimidan topish kerak bo‘ladi.
O‘xshash munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik normasi bo‘lmagan paytda, ya’ni qonun o‘xshashligidan foydalanishi mumkin bo‘lmaganda, huquq analogiyasi (o‘xshashligi) ishlatiladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   205   206   207   208   209   210   211   212   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish