Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet207/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Birinchi bosqichda ko‘rilayotgan ishning huquq normasini qo‘llanishni talab etuvchi faktik tomonini tahlil qilishda, avvalo, huquq normasini qo‘llayotgan subyekt tomonidan ko‘rilayotgan ishning yuridik ahamiyatga egaligi, mazkur masalani hal etish jarayonida huquq normalari asosida ish ko‘rishning lozimligi yoki huquq normalari qo‘llamay boshqa ijtimoiy normalardan foydalangan holda hal etish mumkinligi aniqlanadi. Buning uchun huquqni qo‘llovchi subyektning amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni yaxshi bilishi talab etiladi.
Ko‘rilayotgan ishning yuridik xususiyatini aniqlash uchun birinchidan, masalan, ilgari jinoyat qonunchiligi tomonidan ko‘rilgan, hozirgi vaqtda qonunchilikning yangi talablariga va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra o‘zining jinoiylik ahamiyatini yo‘qotib, ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik bilan chegaralanish mumkinligini aniqlash lozim. Shuningdek, ishning yuridik xususiyatini aniqlash, mazkur ish ijtimoiy normalarning qaysi kategoriyasi orqali ko‘rilganini bilishni taqozo etadi. Zero, huquq normalarini qo‘llash haqida uning yuridik xususiyati aniqlanganidan keyingina, ko‘rilayotgan ishga axloq yoki odat normalarini emas, balki huquq normalarini qo‘llash zarurligi haqida to‘xtamga kelish mumkin. Ushbu holatni aniqlash maqsadida, shuningdek ko‘rilayotgan ishning ijtimoiy zarari qay darajada ekanligi aniqlanishi lozim. Uning ijtimoiy zarari darajasi va xususiyati orqali jinoyatlar, ma’muriy va fuqarolik huquqlarining buzilishi aniqlanadi.
Huquq normalarini qo‘llashning birinchi bosqichini malakali olib borish ko‘p jihatdan siyosiy va huquqiy onglilik, qonunlarni bilish darajasiga, aniq faktlar va sharoitlarni tahlil qila olish, masalaning mohiyatini tushunish va uni ikkinchi darajali narsalardan farq qila olish qobiliyatiga bog‘liq.
Huquq normalarini qo‘llashning ikkinchi bosqichi – ko‘rilayotgan ishga tegishli bo‘lgan huquq normalarini tanlashdir. Agar ishning birinchi bosqichida ko‘rilayotgan ish yuridik xususiyatga ega bo‘lgan huquq normalarini talab etadi, degan xulosaga kelinadigan bo‘lsa, shu ishni olib borayotgan shaxs, barcha huquq normalari orasidan mazkur ishga mos keladigan aniq huquq normasini tanlab olishi va ko‘rilayotgan ishda uni qo‘llashi lozim.
Qonunchilik huquqni qo‘llovchi subyektning ayni vaqtda ko‘rilayotgan ishni hal qilishida uning shu paytda amalda bo‘lgan huquq normalari asosida ish olib borishi va aynan shu normalar asosida qarorga kelishi lozimligini talab qiladi.
Huquq normalarini qo‘llashning uchinchi bosqichi – tanlab olingan huquq normasining ma’nosini aniqlash, uni sharhlashdir. Unda, avvalambor qonun chiqaruvchi organning xohishi va fikrini tushunib olish, huquq normasining siyosiy-yuridik mazmunini anglash taqozo etiladi. Buning uchun huquq normasini sharhlash lozim bo‘ladi. Muayyan huquq normasini sharhlashda uni huquqning ma’lum sohalariga tegishli bo‘lgan boshqa normalar bilan uzviy (tizimli) bog‘liqligini nazarda tutib, ular bilan taqqoslab, so‘ngra izoh beriladi, aks holda huquq normasini sharhlab bo‘lmaydi. Huquq normasining ma’nosini aniqlab olish uning mazmunini fikrlash, tafakkur etish orqali tushunib yetishni nazarda tutadi. Sharhlash (lot. interpretatsiya) – talqin etish, izohlash, mag‘zini chaqish ma’nosini anglatadi. Ayni mana shu ijodiy, aqliy fikrlash vositasida qo‘llanmoqchi bo‘lgan normaning hayotiy vaziyatga mos yoki mos emasligi aniqlanadi.
Huquq normasini qo‘llashning to‘rtinchi bosqichi – ko‘riladigan yoki tartibga solinadigan masalaga oid tanlab olingan huquq normalarini qo‘llash aktini (qarorni) chiqarishdan iborat bo‘ladi. Bunday qaror – sudning hal qiluv qarori, sudning hukmi, davlat organining qarori, farmoyishi, mansabdor shaxsning qarori, buyrug‘i shaklida bo‘lishi mumkin. Huquqni qo‘llash qarorida muayyan huquqiy munosabat taraflari uchun yuridik oqibatlarni (huquq va burchni belgilovchi) ifodalovchi to‘xtamlar o‘z rasmiy bayonini topadi. Huquq normasini qo‘llash qarori individual mazmun va ahamiyatga ega.
Huquqni qo‘llashning beshinchi bosqichi – chiqarilgan individual huquqiy hujjatni bajarish choralarini ko‘rish nazarda tutadi. Qaror (buyruq, hukm) ning bajarilishini ta’minlash ba’zan maxsus organlarga (prokuror, ichki ishlar organi xodimi, sud ijrochisi, soliq inspektori va h.k.) yoki qarorni chiqargan organ (shaxs) ning o‘ziga yuklatiladi.
Huquq normasini qo‘llashning oltinchi, yakunlovchi bosqichi – qabul qilingan qarorning amalda bajarilishini nazorat (monitoring) qilish, ijroni tekshirish hisoblanadi.
Huquq normasini qo‘llashga qonunlarga qat’iy amal qilishni talab etuvchi murakkab mantiqiy jarayon deb qarash lozim. Biroq, huquq normasini qo‘llashda formal mantiqning rolini juda ham oshirib yuborish yaramaydi, chunki huquqning hayotga samarali sur’atda kirib borishini ta’minlashdagi asosiy usul – huquq normasini qo‘llashda to‘g‘ri va adolatli ish ko‘rishdir. Bu esa, asosan dialektik metodni keng qo‘llash, undan unumli foydalanish natijasidagina amalga oshiriladi.
Umuman huquqning ta’sirchanligini ta’minlash va huquq normalarini tatbiq etish jarayonini tushunish uchun ularni kimlar tomonidan qaysi vaqtda qo‘llash mumkinligini aniqlab olish alohida ahamiyat kasb etadi. Gap huquqni qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lgan subyektlar haqida ketmoqda. Huquq normalarini amalda qo‘llash davlat organlari, mansabdor shaxslar jamoat tashkilotlari tomonidan shaxslarning o‘zaro munosabatlariga nisbatan tatbiq qilinadi. Shunga ko‘ra muayyan huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi yoki to‘xtatilishi sodir bo‘ladi.
Huquq normalari o‘z xususiyatiga ko‘ra, faqat davlat organlari yoki shu ishga aloqador bo‘lgan shaxslar tomonidangina emas, balki jamoat tashkilotlari (kasaba uyushmalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqalar) tomonidan ham muayyan sharoitlarda qo‘llanishi mumkin. Huquq normalarini qo‘llash jarayonida alohida fuqarolar ham faol ishtirok etishlari talab qilinadi. Demokratik jamiyatda qonunlarni hayotga tatbiq etishda davlat organlari bilan bir qatorda jamoat tashkilotlarining roli ham kun sayin o‘sib bormoqda. Masalan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va boshqa nodavlat tashkilotlar o‘z ish faoliyatlarida davlat organlaridan mustaqil holda zimmalariga yuklatilgan funksiyalarni bajarish maqsadida huquqni qo‘llashga oid turli xil vazifalarni amalga oshirmoqdalar. O‘zbekiston Respublikasi mustakilikka erishganidan so‘ng jamoat tashkilotlari, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga katta vakolatlar berildi. Jamoatchilik yo‘li bilan ta’sir ko‘rsatish jamoat tashkilotlari va jamoaning ta’siri bo‘lib, u xalqning birdamligiga, shaxsiy o‘rnak ko‘rsatish, obro‘-e’tibor va ishontirish kuchiga asoslanadi. Huquq normalarining qo‘llanilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish ham ularning samarali qo‘llanilishini ta’minlovchi muhim omillardan sanaladi.
Huquq normalari asosan davlat organlarining maxsus qarori, faoliyati orqali tatbiq etiladi. Huquqiy norma dispozitsiyasidagi huquq va burchlarni belgilash, sanksiyada nazarda tutilgan yuridik javobgarlikni qo‘llash bevosita vakolatli davlat organlari, vakolatli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Davlat huquqiy normani tatbiq etar ekan, ijtimoiy hayotni tartibga solish, kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning tashkiliy asoslarini o‘rnatish maqsadida muayyan masalalarni hal etishni tegishli vakolatga ega bo‘lgan davlat organlari, mansabdor shaxslar qo‘lida mujassamlashtiradi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish