Huquqiy normani tizimli (sistemali) sharhlash – huquqiy normaning mazmuni boshqa normalar bilan o‘zaro aloqadorlik va bog‘liqlikda, mazkur huquqiy normaning normativ-huquqiy hujjat, huquq instituti, huquq tarmog‘ida tutgan o‘rni va ahamiyati aniqlanadi. Tizimli sharhlash yordamida normalar va hujjatlar o‘rtasidagi ziddiyatlar (kolliziyalar) aniqlanadi va bartaraf etiladi.
Tizimli sharhlash usulida sharhlovchi subyekt tomonidan, birinchidan, huquq normasining huquq tizimidagi o‘rni aniqlanadi (huquq sohasi, instituti), ikkinchidan, sharhlanayotgan huquq normasi bilan, mazkur norma tatbiq etilishi nazarda tutilayotgan aniq hayotiy munosabat o‘rtasida mantiqiy bog‘liqlik borligi aniqlanadi, uchinchidan esa, sharhlanayotgan normaning mazmunini bilishga erishiladi.
Tizimli sharhlash rasman bekor qilinmagan, biroq amalda boshqalari bilan almashtirilganligi sababli ahamiyatsiz, foydalanilmay qolgan normalarni ham aniqlash imkonini beradi. Normalarning o‘zi mansub bo‘lgan huquq tarmog‘ining umumiy qismi bilan aloqalari, tizimli sharhlash vaqtida hisobga olish zarur bo‘lgan holatlardan biridir. Bunday aloqani ko‘rib chiqish, talqin qilinayotgan normaning ma’nosini har tomondan aniqlashtirish va kengroq ochish, uning umumiy yo‘naltirilganligini anglashga imkon beradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 615-moddasida ijara shartnomasini bekor qilish tartibi mustahkamlangan. Shartnomani bekor qilishning asoslari Fuqarolik kodeksining 382-moddasida ham belgilangan. Ijara shartnomasi bekor qilinishi chog‘ida ushbu moddalar bir-biri bilan solishtirilib, ijara shartnomasini bekor qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 615-moddasi bilan hal etiladi.
1 Qаrаng: Общая теория государства и права. Академический курс в 2-х томах. Под ред. проф. М.Н. Марченко. Том 2. Теория права. – М.: «Зерцало», 1998. – 328–329-betlar.
25–18-8
Tizimli sharhlashda quyidagi maxsus qoidalarga rioya etish lozim:
birinchidan, umumiy va maxsus normalarning aloqadorligi (maxsus qo-
nunlar muayyan faktga tegishli umumiy qonun harakatlarini bekor qiladi, ya’ni maxsus qonun normalari mavjud bo‘lgan taqdirda, umumiy qonun normalari qo‘llanilmasdan, maxsus qonun normalari qo‘llaniladi. Demak, maxsus normalar umumiy normalarning harakat faoliyatini cheklaydi); ikkinchidan, havola etuvchi moddalarning aloqadorligi (havola etuvchi moddalar sharhlanayotgan moddalarni aniqlashtirish uchun mo‘ljallangan yoki mazkur normaning mohiyatini yoritish uchun havola etilayotgan moddalarga murojaat qilinadi); uchinchidan, agar turli organlar tomonidan chiqarilgan huquqiy norma-
larning qarama-qarshiligi aniqlansa, yuqori turuvchi organlar tomonidan qabul qilingan normaga asoslanish lozim; to‘rtinchidan, agar bir xil yuridik kuchga ega bo‘lgan ikki normaning bir-biriga zidligi aniqlansa, u holda norma qabul qilingan vaqt e’tiborga olinadi va keyingi qabul qilingan normaga asoslanishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |