Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet221/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Hozirgi zamon Roman-german huquq oilasi. Ro-
3-§.huquq oilalarining man-german huquq oilasiga Yevropa qit’asida umumiy tavsifi rim huquqi va mahalliy an’analar asosida yuzaga kelgan huquq tizimlari kiritiladi. U rim
huquqini italyan, fransuz va nemis universitetlarida o‘qitish yo‘li bilan XII–XVI asrlarda Yustinian qonunlari to‘plami asosida shakllangan, ko‘pgina Yevropa davlatlari uchun umumiy bo‘lgan yuridik fan sifatida yuzaga kelgan3.
Roman-german huquq oilasi uchun yozma huquqning mavjudligi, huquq asoslarining yagona iyerarxik tizimi, uning ommaviy va xususiy huquq sohalariga bo‘linishi, shuningdek, huquq tizimining sohalarga bo‘linishiga xosdir. Roman-german huquq oilasidagi barcha mamlakatlar huquqi uchun kodekslashtirilgan qonunchilik xosdir. Bu mamlakatlarning barchasida yozma konstitutsiyalar mavjud bo‘lib, ulardagi normalar oliy yuridik kuchga ega deb hisoblanadi. Mazkur huquq yuridik doktrinasi va qonunchilik amaliyoti odatdagi qonunning uch turini farqlaydi: kodekslar, maxsus qonunlar va normalarning to‘plangan matnlari.
Kontinental huquq tizimiga oid aksariyat mamlakatlarda fuqarolik, jinoyat, mehnat, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual va boshqa kodekslar qabul qilingan va amal qiladi. Joriy qonunchilik tizimi ham serqirra va ko‘p tarmoqlidir. Ushbu qonunlar ijtimoiy munosabatlarning alohida turlarini tartibga soladi (masalan, bank faoliyatiga, tadbirkorlikka oid qonunlar). Roman-german huquq oilasi manbalari orasida qonun ijrosi yo‘lida qabul qilinadigan hujjatlarning: ma’muriy sirkulyarlar, reglamentlar, farmoyishlar, dekretlar alohida o‘rin tutadi va ularning hissasi ortib bormoqda. Odatlar ham roman-german huquq oilasida huquq manbalaridan biri bo‘lib hisoblanadi. U ba’zida qonunga qo‘shimcha, qonundan tashqari hollarda ham qo‘llaniladi, masalan, Italiya dengiz huquqida dengiz odatlari katta o‘rin egallaydi. Umuman, bugungi kunda odatlar bu huquq oilasida mustaqil manba mavqeini yo‘qotmoqda.
Sud amaliyotining roman-german huquq oilasi manbalari tizimidagi ahamiyatiga kelsak, bu yerda doktrinaning yondashuvi anchagina qarama-qarshi mazmunga ega. So‘nggi yillar tendensiyasiga muvofiq, sud amaliyoti ushbu huquqiy tizimning yordamchi manbayi sifatida e’tirof etilmoqda. Avvalo, bu «kassatsiya presedenti» bilan bog‘liq. Zero, kassatsiya sudi – yuqori instansiya sudidir. Bunda sudning «oddiy» qarori (masalan, o‘xshash ishlar bo‘yicha umumiy analogiya yoki umumiy prinsiplarga asoslangan ishlar) kassatsiya bosqichidan o‘tib, o‘xshash ishlarni hal etishda boshqa sudlar faoliyatida faktik president sifatida qabul qilinishi mumkin.
Roman-german huquq oilasida uning asosiy tamoyillarini, nazariy masalalarini ishlab chiqqan doktrina alohida o‘rin egallaydi. Doktrina qonun loyihalarini tayyorlash faoliyatida ancha muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, undan huquqni qo‘llash faoliyatida (qonunlarni sharxlashda ham) keng foydalaniladi1.
Yevropadagi qator davlatlar huquqining roman-german huquq oilasiga mansubligi milliy huquqiy tizimlar o‘rtasidagi ma’lum farqlarni istisno qilmaydi. Shuni eslatib o‘tish lozimki, bir tomondan, fransuz huquqi, ikkinchi tomondan, german huquqi shu modelga xizmat qilishdiki, buning asosida romangerman huquq oilasi ichida ikkita huquq guruhi ajratiladi: 1) roman huquqi guruhi, bunga Belgiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Italiya, Portugaliya, Ispaniya kiradi; 2) german huquq guruhi, unga Avstriya, Shveysariya va boshqa
1 Qаrаng: Теория государства и права / Под ред. проф. В.К. Бабаева. – М., 2006. – 594-bet.
26–18-8
davlatlar tegishli. Roman-german huquqi oilasida fransuz huquqida eng kuchli deb tanilgan «rim (roman) huquqi» «german huquqi» guruhidan farq qiladi, «german huquqi»ga german huquqi fani ancha ta’sir ko‘rsatgan1.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish