Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet175/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquqiy tartibga solish usuli – jamiyatdagi mavjud ijtimoiy munosabatlarga huquq vositasida qo‘llaniladigan usul, vosita va yo‘llar majmui. Huquqiy tartibga solish usuli uzoq tarixiy jarayonda shakllangan hodisa bo‘lib, davlat undan huquqiy normalarni yaratishda va ijtimoiy munosabat ishtirokchilari o‘rtasidagi huquqiy aloqalarni tartibga keltirishda foydalanadi. Agar huquqiy tartibga solish predmeti huquq nimani tartibga soladi, degan savolga javob bersa, huquqiy tartibga solish usuli esa, huquq shu ijtimoiy munosabatlarni qanday, qaysi yo‘l va usul bilan tartibga soladi, degan savolga javob beradi.
Huquqiy tartibga solish usuli huquqni tarmoqlarga ajratishning ikkilamchi (qo‘shimcha) asosi bo‘lsa-da, uning huquqiy tartibga solish samaradorligini oshirishdagi roli beqiyosdir.
Ta’kidlash joizki, darslik va ilmiy adabiyotlarda huquqiy tartibga solish usullarining turlari va ularning tasniflari to‘g‘risida yakdillik yo‘q. Biroq, turlicha tasniflarning mavjudligiga qaramay, ularning barchasini mazmunan ikki guruhga bo‘lish mumkin:
avtonomiya usuli (dispozitiv); – avtoritar usul (imperativ).
Avtonomiya usuli asosan fuqarolik huquqi, oila huquqi, mehnat va savdo huquqi, ya’ni xususiy huquq ta’siri daxldor bo‘lgan sohalarda qo‘llaniladi.
Avtoritar usul esa davlat huquqi, ma’muriy huquq, moliya huquqi, jinoyat huquqi, ya’ni ommaviy huquq ta’siri daxldor sohalarda qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasidagi
3-§.asosiy huquq tarmoqlarining
qisqacha tavfsifi

Yuqorida ta’kidlanganidek, huquq tarmoqlari – ijtimoiy munosabatlarning yirik, yaxlit bir sohasini tartibga soluvchi huquqiy normalar majmuidan iborat huquq tizimining taribiy qismidir. O‘zbekistonda hozirgi payt-

da mavjud eng asosiy huquq tarmoqlari va
ularning o‘ziga xos jihatlariga, predmeti hamda tartibga solish usuli xususiyatlariga, har bir tarmoqning huquq tizimida egallagan o‘rni va ularning o‘zaro farqlariga alohida to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
Mamlakat huquq tizimida yetakchi o‘rinni konstitutsiyaviy (davlat) huquq sohasi egallaydi. Bu huquq tarmog‘i davlatga oid eng muhim, asosiy munosabatlarni tartibga soladi va shu bois uning normalarida boshqa huquq sohalari uchun negiz – poydevor bo‘ladigan qoidalar mustahkamlangan. Uning asosiy normalari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi konstitutsiyaviy qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarida mustahkamlangan. Konstitutsiyaviy huquq normalari O‘zbekistonning konstitutsiyaviy tuzumi asoslarini, shaxsning huquqiy holati, davlat hokimiyatining oliy va mahalliy organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati asoslarini va davlat tuzilishiga oid boshqa masalalarni mustahkamlaydi. Davlat tuzumiga oid munosabatlar bevosita konstitutsiyaviy huquqning obyekti hisoblanadi. Bu huquq tarmog‘i usulining mazmuni – ta’sis etish, mustahkamlashdan iboratdir. Ta’kidlash joizki, mazkur huquq normalari, asosan, gipoteza va dispozitsiyadan iborat tuzilmaga ega bo‘lib, ularda aniq sanksiya mustahkamlanmagan. Ayni paytda, Konstitutsiyaning ba’zi normalari to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qilishi, qo‘llanishi mumkin.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish