Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet177/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Qishloq xo‘jalik huquqi – qishloq ho‘jaligi shirkatlari, fermer xo‘jaliklari, dehqon xo‘jaliklari, ijara xo‘jaliklarining tashkil etilishi va faoliyat ko‘rsatishi, ularning boshqa xo‘jalik subyektlari hamda davlat organlari bilan o‘zaro munosabatlari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida mehnatdan foydalanish va unga haq to‘lash tartibi, daromadni taqsimlash tartibiga doir munosabatlarni tartibga soluvchi normalar majmuidan iborat. Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bundan tashqari, bozor munosabatlarining qishloq xo‘jaligiga tobora kirib borishi va mustahkamlanishi bu huquq tarmog‘ining ahamiyatini yanada oshirmoqda.
Qishloq xo‘jalik huquqi normalari qonunlarda, normativ hujjatlarda va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tashkiliy shakllarining Namunaviy nizomlarida mustahkamlangan. Bu normalar hali kodekslashtirilmagan. Mazkur huquq tarmog‘ining asosiy usuli dispozitiv xususiyatga ega bo‘lib, u qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi sohasidagi munosabatlarni mustahkamlash, muhofaza qilish, tavsiya etish, yordam ko‘rsatish yo‘llari bilan amalga oshiriladi.
Mehnat huquqi normalari mehnat munosabatlarining vujudga kelishi, o‘zgarishi va barham topishining shartlarini, ish vaqti hamda dam olish vaqti muddatining davomiyligini belgilash, mehnat muhofazasi, mehnat intizomiga doir munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Mehnat munosabatlari subyektlariga ish beruvchi, ishchi va xizmatchilar, davlat organlari, muassasalari, korxonalari va jamoat birlashmalari, kasaba uyushmalari kiradi. Mazkur tarmoqning normativ manbayi – Mehnat kodeksidir. Mehnat huquqining mehnat munosabatlarini tartibga solishda qo‘llaydigan uslullari bo‘lib, rag‘batlantirish, tegishli shartnomalarga normativ hujjat tusini berish hisoblanadi.
Fuqarolik huquqi mulkiy munosabatlarni, shuningdek, shaxsiy nomulkiy munosabatlarni (masalan, ismga bo‘lgan huquq, mualliflik huquqi, sha’n va qadr-qimmatni himoya qilish kabilar) tartibga soladi. Mulkiy munosabatlar, meros va vorislik munosabatlari ham fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga solinadi. Bu huquq normalari o‘z ta’siri bilan korxona, muassasa, tashkilotlar va jismoniy shaxslarning barcha fuqarolik oboroti (aylanmasi), xo‘jalik faoliyatini, jumladan, mulkka egalik qilish, undan foydalanish hamda uni tasarruf etish, mulkni sotib olish va sotish, hadya qilish, meros qoldirish, mulkni ijaraga saqlab turishga berish, garovga berish, mahsulot yetkazib berish kabi munosabatlarni o‘z ichiga oladi.
Ta’kidlash joizki, fuqarolik huquqi normalari har qanday mulkiy munosabatlarni ham tartibga solavermaydi. U faqat taraflar huquqiy jihatdan teng bo‘lgan mulkiy munosabatlarni tartibga soladi. Masalan, da’vogar va javobgar, kreditor va qarzdor, buyurtmachi va pudratchi kabilar shartnoma munosabatlarining teng ishtirokchilari sanaladilar. Bu huquq tarmog‘iga hokimiyat va bo‘ysunish tarzidagi ma’muriy va moliyaviy huquqlar uchun xos bo‘lgan munosabatlar yotdir.
Fuqarorlik huquqi huquq tizimi tarmoqlari ichida eng yirigi bo‘lib, u hajm jihatidan salmoqli huquq tarmog‘i hisoblanadi. Ayniqsa, bozor munosabatlarining rivojlanishi, turli mulk shakllarining vujudga kelishi munosabati bilan uning obyekti yana ham kengaymoqda. Shu bois mazkur huquq tarmog‘i meros huquqi, mualliflik huquqi, turar joy huquqi, patent huquqi va boshqa shu kabi bir qator huquq tarmoqchalarini o‘z ichiga oladi. Fuqarolik huquqining bosh normativ hujjati, asosiy manbayi – O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksidir. Bundan tashqari, ushbu huquq tarmog‘i ichiga kiradigan ba’zi huquq tarmoqchalari normalari ham kodekslashtirilgan. Masalan, O‘zbekiston Respublikasining Havo kodeksi, Uy-joy kodeksi.
Mazkur huquq tarmog‘i tartibga soladigan munosabatlar mazmuni uchun taraflarning tengligi xosdir. Shu bois fuqarolik-huquqiy munosabatlarini tartibga solish usuli avtonom va dispozitiv xususiyatga ega. Ya’ni, qonunda belgilangan qoidalar doirasida shartnomada huquqiy munosabat ishtirokchilarining muayyan xatti-harakat variantlarini mustahkamlash va ularga asoslanib ish yuritish huquqining mavjudligidir.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish