Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet179/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Jinoyat-protsessual huquqi – protsessual huquq tarmoqlaridan biri bo‘lib, u jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish, ularni sudda ko‘rish bo‘yicha sud, prokuratura va surishtiruv hamda dastlabki tergov organlarining faoliyatini, shakllarini tartibga soluvchi normalarni o‘z ichiga oladi. Jinoyat-protsessual huquqi
21–18-8
jinoyat jarayonining ishtirokchilari bo‘lmish gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, ayblov va himoya tomoni vakillarining protsessual huquq hamda majburiyatlarini, ularning huquqiy holatini belgilaydi. Huquq tarmog‘ining bosh normativ hujjati – O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksidir. Bu huquq tarmog‘i ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ham imperativ, ham taraflar tengligiga asoslangan usullardan foydalanadi.
Fuqarolik protsessual huquqi fuqarolik, oila, mehnat, yer va moliyaviy sohalarda vujudga keladigan nizolarni ko‘rib chiqish yuzasidan sud faoliyatini tartibga soladi. Fuqarolik protsessual huquqi sud jarayoni ishtirokchilarining huquqiy holati, ularning huquq va majburiyatlari hamda ushbu huquq tarmog‘i normalari bilan belgilangan boshqa masalalarni tartibga soladi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual kodeksi ushbu huquq tarmog‘ining asosiy normativ hujjati hisoblanadi. Fuqarolik protsessual huquqiga juda yaqin turadigan huquq tarmog‘i – xo‘jalik protsessual huquqi bo‘lib, u iqtisodiy sudlar tomonidan sudda mulkchilikning turli shakllariga mansub xo‘jalik subyektlari va ular bilan fuqarolar hamda tadbirkorlar o‘rtasida vujudga keladigan xo‘jalik nizolarini ko‘rib, hal etadi. Uning asosiy manbayi – Xo‘jalik protsessual kodeksidir.
Yuqoridagilardan tashqari, O‘zbekiston huquq tizimida xo‘jalik huquqi, ekologiya huquqi, budjet huquqi, soliq huquqi, savdo va tadbirkorlik huquqi kabilar ham shakllanmoqda. Mamlakatimizdagi asosiy huquq tarmoqlari shulardan iborat.
Xalqaro huquq – xalqaro, eng avvalo, davlatlararo munosabatlarni tartibga soladi. Shu sababli u bironta ham davlatning milliy huquq tizimiga kirmaydi. Xalqaro huquqda uning subyektlarining jamoaviy irodasi mustahkamlangan va mujassamlashgan. Turli xalqaro shartnomalar, bitimlar, kelishuvlar, konvensiyalar, deklaratsiyalar, Birlashgan Millatlar Tashkilotining hujjatlari ushbu huquqning normativ asosini tashkil etadi. Bu hujjatlarda xalqaro munosabatlarni tartibga soluvchi norma va prinsiplarning yaxlit, mukammal tizimi o‘z ifodasini topgan bo‘lib, ular xalqaro huquq subyektlari hisoblanmish davlatlarning, xalqaro tashkilotlarning o‘zaro huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Hozirgi zamon xalqaro huquqi ommaviy va xususiy xalqaro huquqqa bo‘linadi. Xalqaro xususiy huquq turli davlatlar fuqarolari hamda tashkilotlari o‘rtasidagi mulkiy va boshqa nomulkiy munosabatlarni, ularning huquqiy holatini, yurisdiksiyasini, yashab turgan davlat qonunchiligini qo‘llash tartibi va shartlariga doir munosabatlarni tartibga soladi.
Davlatlar, xalqlar va xalqaro hukumatlararo tashkilotlar xalqaro huquqning subyektlari hisoblanadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish