Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet173/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Ommaviy va xususuiy huquq. Ta’kidlash joizki, jahon huquqiy tizimlarining ko‘pchiligiga u yoki bu tarzda huquqning xususiy va ommaviy huquqqa ajratilishi xos. Xususiy huquq alohida shaxslarning ehtiyojini qondirish va manfaatini himoya qilishga qaratilgan bo‘lsa, ommaviy huquq esa, davlatning umumiy manfaatlarini muhofaza etadi. Xususiy va ommaviy huquqning shakllanishi qadimgi Rimga borib taqaladi. Unda jus publicum va jus privatum ajratilgan bo‘lib, ularga Rim yuristlari tavsif berishgan. Masalan, Ulpianning fikriga ko‘ra, ommaviy huquq Rim davlatining holatiga, maqomiga taalluqli «ad statum rei Romanae spectat»; xususiy huquq esa, alohida shaxslar foydasiga taalluqlidir «ad Singulorum itilitatem»1. Huquq himoya etadigan manfaatlar mazmuni, xarakteri xususiy va ommaviy huquq sohalarini ajratishning mezoni hisoblanadi. Ommaviy huquq doirasiga davlat manfaatini muhofaza etuvchi huquqiy normalar, xususiy mulk sohasiga esa, alohida shaxslar manfatini himoya qiluvchi normalar kirgan. Shunisi e’tiborga molikki, Rimda ommaviy va xususiy huquq ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning xususiyatiga ko‘ra ancha farqlangan. Xususan, ommaviy huquq uchun jus publicum privatorum pactis mutari non protest, ya’ni ommaviy huquq normalari alohida shaxslarning kelishuvi bilan o‘zgartirilishi mumkin emas, degan tamoyil xos bo‘lgan. Bunday normalar imperativ normalar, deb atalgan. Ya’ni, so‘zsiz, majburiy, hokimona buyruq xususiyatiga ega bo‘lgan normalar.
Xususiy huquq uchun esa, vakolat beruvchi normalar xos bo‘lgan.
Moddiy va protsessual huquq. Huquq tizimidagi tarmoqlar moddiy va protsessual huquq turlariga ham bo‘linadi. Konstitutsiyaviy huquq, ma’muriy huquq, moliyaviy huquq, yer huquqi, fuqarolik huquqi, jinoyat huquqi va mehnat huquqi o‘z mazmuniga ko‘ra moddiy huquq hisoblanadi va ular insonlararo, ularning xilma-xil tuzilmalariaro real tarkib topadigan munosabatlarni tartibga soladi. Bu munosabatlar mulk shakllari, mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni tasarruf etish, mulkni olish va sotish, davlat boshqaruvi sohasidagi munosabatlar, fuqarolarning mehnat faoliyati, huquq va erkinliklarini amalga oshirish bilan bog‘liq holda vujudga keladi.
Protsessual huquq tarmoqlariga esa, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual va xo‘jalik protsessual huquq tarmoqlari kiradi. Ular turli nizolar, kelishmovchiliklarni hal etish, jinoyat va boshqa huquqbuzarliklarni tergov qilish va sudda ko‘rishning tashkiliy masalalarini tartibga soladi. Masalan, jinoyat huquqi normalari qanday qilmish jinoyat ekanligi va shu xatti-harakat yoki harakatsizlik uchun beriladigan jazoning umumiy asoslarini belgilab bersa, jinoyatprotsessual huquqi uni tergov qilish, sudda ko‘rish kabi qator masalalarni o‘z normalarida mustahkamlaydi. Moddiy huquq bilan protsessual huquq o‘rtasida uzviy bog‘liqlik borligi yaqqol ko‘rinib turibdi. Ular bir-birini taqozo etadi va uzviylikda bir butun yaxlitlik kasb etadi.
Shunday qilib, huquq tizimi – huquqning obyektiv ravishda shakllangan ichki tuzilishi bo‘lib, u harakatdagi, o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan barcha yuridik normalar, institutlar va huquq tarmoqlarini o‘z ichiga oladi, ichki uzviylik va ayni paytda, tartibga soladigan munosabatlarning xususiyatlaridan kelib chiqadigan farqlar bilan tavsiflanadi.
Huquq tizimi tarkibidagi eng yirik tuzilma – huquq tarmog‘idir. Huquqni tarmoqlarga ajratish ikki mezon, ya’ni huquqiy tartibga solishning predmeti va huquqiy tartibga solishning usuli (metodi) orqali amalga oshiriladi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish