Odilqoriyev X. T. Davlat va huquq nazariyasi darslik toshkent «Adolat» 2018 uo‘K: 321. 01+340(075. 8)



Download 1,37 Mb.
bet172/279
Sana12.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#545795
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   279
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi odilqoriyev

Huquq tarmog‘i – bir turdagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yuridik normalar va huquq institutlarining umumiy majmui. Huquq tarmog‘i huquqni tizimlashning ancha yuqori darajasi hisoblanadi va u ma’lum yaxlitlik va mustaqillik bilan tavsiflanadi. Ta’kidlash joizki, ba’zi adabiyotlarda huquq tizimining yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tarkibiy elementlaridan tashqari yana huquq tarmoqchasi va subinstitutlar ham ajratiladi. Huquq tizimida tarmoqlarning ajralib chiqishiga unga bo‘lgan obyektiv zarurat asos bo‘lib hisoblanadi, davlat esa bu zaruratni o‘z vaqtida anglab, uni rasmiylashtiradi, xolos. Huquq tarmog‘i qonun chiqaruvchi organ tomonidan o‘ylab topilmay, balki ijtimoiy va amaliy ehtiyoj mahsuli sifatida shakllanadi. Ijtimoiy munosabatlar u yoki bu sohasining sifat jihatidan turdoshligi muayyan huquq tarmog‘ining shakllanishini taqozo etadi. Shu bois, u yoki bu huquq tarmog‘ining mavjudligi yoki mavjud emasligi huquqiy tartibga solishga «muhtoj bo‘lgan» ijtimoiy munosabatlarning tegishli sohasi mavjud yoki mavjud emasligiga bog‘liq bo‘ladi. Ayni paytda, huquq tarmoqlari ham o‘zlarining hajmi, ijtimoiy munosabatlarga ta’siri va umuman huquqiy tartibga solishda tutgan o‘rni bilan farqlanadi hamda bu farq ko‘p jihatdan ular tartibga soladigan ijtimoiy munosabatlarning mazmuni va ahamiyati bilan belgilanadi. Mustaqil huquq tarmog‘i tashkil topishi uchun quyidagi shartlar bo‘lishi lozim:

  • ijtimoiy munosabatlarning o‘ziga xosligi (tur jihatdan birligi);

  • bu munosabatlarning hajmi va murakkabligi;

  • vujudga kelgan munosabatlarni boshqa huquq tarmoqlari normalari yordamida tartibga solishning imkoni yo‘qligi;

  • bu munosabatlarni tartibga solishning alohida usulini qo‘llash zarurligi.

Adabiyotlarda huquqning konstitutsiyaviy, ma’muriy, moliyaviy, mehnat, fuqarolik, oila, jinoyat huquqi, yer huquqi, qishloq xo‘jaligi huquqi, ekologiya huquqi, fuqarolik protsessual, jinoyat-protsessual huquqi va boshqa tarmoqlari ko‘rsatiladi.
Shunday qilib, huquq tizimi murakkab, ko‘p qirrali harakatdagi yaxlit tuzilma bo‘lib, professor S.S. Alekseev ta’kidlaganidek, quyidagi bir necha darajalarni:

  1. alohida normativ qoida tuzilmasini;

  2. huquqiy institut tuzilmasini;3) huquqiy tarmoq tuzilmasini;

4) huquqning yaxlit umumiy tuzilmasini o‘z ichiga oladi.
Ushbu darajalarning hammasi bir butun yaxlit holda ancha murakkab ijtimoiy tarkibni tashkil etadi. Ayni paytda, huquq tizimi darajalari mantiqan va mazmunan o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ular bir-birini sabab va oqibat nisbati tarzida taqozo etadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   279




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish