Huquqiy tartibga Huquq tizimini tarmoqlarga va institutsolish predmeti va larga bo‘lish kimningdir xohishi yoki olim-
uslubi – huquqni lar va davlat arboblarining istagi emas. Bu
2-§.tarmoq va jamiyatda mavjud turli-tuman ijtimoiy aloinstitutlarga qalar tabiatidan kelib chiquvchi obyektiv ajratish mezoni zaruriyatdir. Obyektiv huquqni nima uchun tarkibiy qismlarga bo‘lish zarur, degan
savolga XX asrning boshlarida G.F. Shershenevich shunday javob bergan edi: «Nazariy jihatdan yondashganda, huquq normalarining tabiatidan kelib chiquvchi ichki farqlanish (bo‘linish) mavjud va u tegishli tasniflashni talab qiladi. Pedagogika nuqtayi nazaridan esa, ulkan va doimo kengayib boradigan huquqiy materialni qismlarga ajratmasdan o‘rganish mumkin emas. Va nihoyat, amaliy nuqtayi nazardan qaraganda, turli boshqaruv organlari, ayniqsa, sudlar turlicha normalar bilan ish ko‘rganda ularning muayyan taalluqliligini belgilash uchun qat’iy mezonlar zarur bo‘ladi. Ushbu sabablarning barchasi fan tomonidan huquqni tasniflashga bo‘lgan intilishni oqlaydi»1.
O‘tgan XX asrda huquqning ommaviy huquqqa va xususiy huquqqa bo‘linishi butun dunyoda (sobiq Sovet Ittifoqidan tashqari) e’tirof etildi. Ayni vaqtda, uni tarmoqlar va institutlarga ajratish ham saqlanib qoldi. Bu tasnif mezonlari huquqiy tartibga solishning predmeti va metodidir.
Huquqiy tartibga solish predmeti deganda, huquq bevosita tartibga soladigan narsa, ya’ni, ijtimoiy munosabatlar tushuniladi. Ijtimoiy munosabatlar o‘z xususiyatiga ko‘ra, yuridik normalar o‘rtasida alohida aloqadorlikni vujudga keltiradi, ularni yaqinlashtiradi. Shu bois huquqiy tartibga solish predmeti huquq normalarini ma’lum tarmoqqa ajratish, guruhlashda asos bo‘lib hisoblanadi. Huquqiy tartibga solish predmeti tuzilmasi quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
huquqiy tartibga solish predmeti subyektlari (individual va jamoa);
subyektlarning xulq-atvori, xatti-harakati;
atrof-muhit obyektlari: narsalar va hodisalar – bular yuzasidan inson-
lar bir-birlari bilan munosabatga kirishadilar va ma’lum manfaat yuzasidan ularga qiziqish bildiradilar;
muayyan munosabatning paydo bo‘lishi va barham topishining bevosita sababchilari bo‘lgan ijtimoiy faktlar: hodisa va harakatlar.
Demak, huquqiy tartibga solish predmeti – huquqiy ta’sir doirasidagi barcha ijtimoiy munosabatlardir, boshqacha aytganda, huquqiy maydon qamrovidagi munosabatlardir.
Huquqiy tartibga solish predmeti – jamiyat a’zolari bo‘lmish insonlar o‘rtasida vujudga keladigan va tarkib topadigan faktik, real munosabatlar bo‘lib, ular obyektiv ravishda huquqiy tartibga solinishga muhtoj bo‘ladilar. Bunday munosabatlar xilma-xil va ko‘p sonli, ya’ni, boshqaruv, mehnat, mulk, oila va boshqa sohalarda bo‘lishi mumkin. Ular mazmunan turlicha bo‘lgani holda, muayyan umumiy xususiyatlardan ham xoli emas. Umumiylik esa, quyidagilarda ko‘rinadi:
avvalo, insonlar va ularning turli jamoalari, birlashmalari uchun hayotiy muhim bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar;
stixiyali tarzda bo‘lmay, balki doimo aniq maqsadga yo‘naltirilgan, irodaviy munosabatlar;
barqaror, qayta-qayta takrorlanadigan, tipik (xos va mos) munosabatlar;
insonlarning xatti-harakati orqali ifodalangan munosabatlar va shu bois ularning kechishi jarayoni ustidan chetdan nazorat olib borish mumkin.
Shunday qilib, ijtimoiy munosabatlar, aniqrog‘i, ularning mazmuni, hajmi, ixtisoslashganligi, guruhlashganligi huquq tizimining ham tarkibiy tuzilishini, uning ichki «qurilmasi»ni belgilovchi bosh omil va asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ta’kidlash joizki, har bir huquq tarmog‘ining huquqiy tartibga solish predmeti o‘z xususiyatiga ega. Shu bois bu holat mazkur tarmoq obyekti bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarning ma’lum turini tartibga solishning usuli ham o‘ziga xos bo‘lishini taqozo etadi. Huquqni tarmoqlarga ajratishning yana bir muhim mezoni huquqiy tartibga solish usulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |