Odilqoriyev, N. Azizov, X



Download 0,99 Mb.
bet85/100
Sana28.03.2023
Hajmi0,99 Mb.
#922729
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ TARIXI (2012)

Mehnat huquqi sohasi ham davr ruhiga mos tarzda shakllanib, unda liberallashish yo‘lidan borilayotgani namoyon bo‘ladi. Uning o‘zak qonuni – Mehnat kodeksi bu sohadagi qator an’anaviy va yangi institutlarni mustahkamladi. Jumladan, mehnat shartnomasi, ishsizlikni e’tirof etish va ishsizlik nafaqasi, ish beruvchi va xodimning huquqiy maqomi, mehnatga haq to‘lash, mehnat intizomi, mehnatni rag‘batlan- tirish, xodimga yetkazilgan zarur uchun moddiy javobgarlik, mehnatni muhofaza qilish, ayollar mehnatining kafolatlari, ayollarga oilaviy vazifalarni bajarish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar, yoshlar mehnatining kafolatlari, mehnat nizolarini ko‘rish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi, pensiya ta’minoti, xodimning mehnat huquqlarini sud tartibida muhofazalash kabi
institutlarni e’tirof qilish mumkin. Eng muhimi, mehnat munosabat- larining zamonaviy huquqiy bazasi sifatida bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan bog‘liq xususiyatlarni o‘zida aks ettirdi.
O‘zbekiston Respublikasining 1998-yilda qabul qilingan Oila kodeksi mamlakatimizda yangi, mustaqil oila huquqi tarmog‘i shakllan- ganligini yuridik jihatdan rasmiylashtirdi. Ushbu huquq sohasi oilaning mohiyatini, uning ijtimoiy vazifasini ifodalab jamiyatning boshlang‘ich bo‘g‘ini sifatidagi ahamiyati, oilaviy munosabatlarda fuqarolarning tengli, erkin va ixtiyoriy faoliyat yuritishi masalalarini tartibga solishga qaratilgan. Unda nikoh tuzish, er-xotinning huquq va majburiyatlari, oilada bola tarbiyasi, oilada mulkiy munosabatlar va ularning kafolatlari, farzandlikka olish, vasiylik va homiylik masalalari, fuqarolik (oilaviy holat) holati dalolatnomalarini qayd etish institutlari, shuningdek xalqimizning milliy xususiyatlarini aks ettiruvchi yangi institutlar: nikoh shartnomasi, nikoh tuzuvchi taraflarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, yaqin qarindoshlar o‘rtasida nikohni taqiqlash hamda qon-qarindoshlik va bolalarning nasl-nasabini belgilash kabilar mustahkamlab qo‘yildi.
Jinoyat huquqi tarmog‘i huquqning an’anaviy sohasidir. U o‘zining qonuniy asosini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (1994-y.) timsolida topgan. Unda shaxsning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi qaratilgan jinoyatlar, tinchlik va insoniyatning xavfsizligiga qarshi qaratilgan jinoyatlar, iqtisodiy sohadagi jinoyatlar, ekologiya sohasidagi jinoyatlar, boshqaruv tartibiga va odil sudlovga qarshi jinoyatlar, jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar, harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlar va boshqa institutlar mavjud.
2001-yil 29-avgustda O‘zbekiston Prezidenti I.A. Karimov tashab- busi bilan jinoyat uchun jazo tayinlash siyosatini liberallashtirish masalasi o‘rtaga qo‘yildi. Shu asosda parlament «Jinoiy jazolarni liberallashtirish munosabati bilan Jinoyat, Jinoyat-protsessual va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslarga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risi- da»gi qonunni qabul qildi. Bu umuman huquqiy tizim demokratlashuvi hamda insonparvarlashuvi tendensiyasining yaqqol ifodasidir. Jinoiy jazo tizimini erkinlashtirishga doir chora-tadbirlar ayniqsa ulkan ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega bo‘ldi. Buning natijasida og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarning 75 foizga yaqini ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar toifasiga o‘tkazildi. Jinoyat kodeksidagi jinoyat sodir etgan shaxs yetkazilgan moddiy zararni to‘liq qoplagan taqdirda, sud tomonidan unga nisbatan ozodlikdan mahrum etish tariqasida jazo tayinlanishiga yo‘l qo‘ymaydigan normalar ancha
kengaytirildi. Mazkur o‘zgarishlar qabul qilinganidan so‘ng sudlarning ozodlikdan mahrum etish tariqasidagi jazoni tayinlanishi 2010-yilda 2000-yilga nisbatan qariyb 26 foizga kamaydi. Shuningdek, yarashuv instituti joriy etilgani ham bu borada muhim qadam bo‘ldi. Mazkur institutning samaradorligi hamda o‘zbek xalqining rahmdillik va kechirimlilik kabi ko‘p asrlik an’analariga mosligi uning izchillik bilan kengayib borishiga asos bo‘lmoqda. Hozirgi kunda 53 ta jinoyat tarkibi bo‘yicha yarashuv institutini qo‘llash imkoniyati nazarda tutilgan. Yarashuv institutining joriy etilishi natijasida o‘tgan davr mobaynida 100 ming nafarga yaqin fuqaro jinoiy javobgarlikdan ozod etildi1.
Mamlakat Prezidenti 2005-yilning 1 va 8-avgustida O‘zbekistonda o‘lim jazosini bekor qilish va qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida ikkita farmon qabul qildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti shunday deb ta’kidladi: «O‘zbekis- ton Respublikasining 2008-yil 1-yanvaridan mamlakatda o‘lim jazosini bekor qilish, shuningdek, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqini prokuraturadan sudlarga o‘tkazish to‘g‘risida qabul qilingan qonunlari xalqaro hamjamiyat tomonidan ijobiy kutib olindi va butun dunyoda katta aks sado berdi»2. Jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan yoki ayblanayotgan shaxslarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqining 2008-yil 1-yanvardan e’tiboran sudlar vakolatiga o‘tkazilishi va uni amalga oshirishning aniq protsessual-huquqiy mexanizmini yaratish jinoyat protsessining sudgacha bo‘lgan bosqichida jinoiy ta’qib qilinadigan fuqarolarning huquq hamda qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishning muhim kafolatiga aylanadi.
Mamlakatimizda bu borada «Xabeas korpus» institutining joriy etilishi, ya’ni 2008-yildan ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o‘tkazilishi prinsipial qadam bo‘ldi. Mazkur institutning amaliyotga tatbiq etilishi insonning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari, uning daxlsizligini himoya qilishda muhim omil sifatida namoyon bo‘lmoqda. Ushbu institut joriy etilgan 2008–2010-yillarda sudlar tomonidan dastlabki tergov organlariga 700



1 Qarang: Papuмoв И.A. Maмлaкatимиздa дeмoкpatик иcлoԟotлaphи яhaдa чyԕypлaшtиpиш ba фyԕapoлик жaмияtиhи pиboжлahtиpиш кohцeпцияcи: Yз6eкиctoh Pecпy6ликacи Oлий Maжлиcи Ԕohyhчилик пaлatacи ba Cehatиhиhг ԕyшмa мaжлиcидaги мaъpyзa . – T., 2010. – Б.22–23.
2 Papuмoв И.A. Yз6eкиctohhиhг 16 йиллик мyctaԕил tapaԕԕиët йyли. –
T., 2007. – Б. 34–35.
dan ortiq holatda mazkur ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilingani ham buni yaqqol tasdiqlab turibdi»1.
Protsessual huquq tarmoqlaridan biri bo‘lgan Fuqarolik-protsessual huquqi fuqarolik-protsessual munosabatlar va ularning subyektlari, fuqarolik-protsessual muddatlar, fuqarolik ishlarida sudlovga taalluqlilik, sud xarajatlari va jarimalari, da’vo ishini yuritish, shikoyat va arizalarni sudda ko‘rish jarayonlarini tartibga soladi. Mazkur huquq sohasi har bir shaxsning o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, mansabdor shaxslar va jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti- harakatlari ustidan shikoyat qilish huquqini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Mohiyati jihatdan fuqarolik protsessual huquqi fuqarolik ishlari bo‘yicha odil sudlovni amalga oshirishni, sud qarorlarining ijro etilish tartibini belgilovchi huquq tarmog‘idir. U fuqarolik, mehnat, oila, moliya huquqi sohalari bilan uzviy aloqadorlikda. Fuqarolik-protsessual huquqining asosiy manbasi – Fuqarolik-protsessual kodeksi 5 bo‘lim, 40 bob, 391 moddadan iborat.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish