Odilqoriyev, N. Azizov, X


-§. Huquqiy davlat nazariyasining tarixiy manbalari



Download 0,99 Mb.
bet88/100
Sana28.03.2023
Hajmi0,99 Mb.
#922729
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ TARIXI (2012)

1-§. Huquqiy davlat nazariyasining tarixiy manbalari


Kishilik jamiyati turmushida siyosiy, davlat-huquqiy munosabatlar paydo bo‘lgan qadim davrlardan boshlab adolatli davlat tuzumi, qat’iy tartibot, qonunlarga muvofiq yashash haqidagi o‘y-fikrlar, qarashlar va g‘oyalar ham shakllangan. O‘nlab asrlar o‘tdi, turli ijtimoiy-siyosiy tuzumlar zohir bo‘ldi, insonlarning necha-necha avlodlari tarix sahnasiga kelib ketdi. Har bir avlod o‘zidan avval o‘tgan avlod yaratgan ijtimoiy fikr, g‘oya va ta’limotlarni o‘ziga singdirib, ularni shaxsiy tajribasi bilan boyitib, keyingi avlodlarga meros etib qoldirdi. Ana shunday uzoq tarixiy davr mobaynida shakllanib sayqal topgan o‘lmas g‘oyalardan biri huquqiy davlat nazariyasidir.


Shak-shubhasiz, huquqiy davlat to‘g‘risidagi ta’limotni insoniyatning ijtimoiy-siyosiy, falsafiy fikr xazinasi durdonalari qatoriga kiritish lozim. Binobarin, tarixiy tajriba ham, hozirgi zamon ilg‘or taraqqiy etgan davlatlarining voqeligi ham bu nazariyaning hayotiyligini va ijtimoiy qadr-qimmatga ega ekanligini tasdiqlamoqda.
Navqiron mustaqil respublikamizda demokratik huquqiy davlatchi- likni barpo etish vazifasi va uning nazariy dasturini ishlab chiqib hayotga joriy etish zaruriyati ijtimoiy fan va amaliyot oldiga qator mas’uliyatli vazifalarni qo‘ydi. Bu masala xususida turli tasavvurga ega bo‘lish uchun huquqiy davlat haqidagi ta’limotning tarixini chuqur tahlil etish, uning ma’nosini, asosiy prinsiplari va o‘zga xususiyatlarini, ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni tashkil etish va faoliyatiga xos shakl hamda usullarni bilish lozim. Muhimi, bizning huquqiy davlatchilikka qarab harakatlanish yo‘limizning mantig‘i, mazmuni va istiqbollarini oydinlashtirib olishdir.
Huquqiy davlat – muayyan nazariy ta’limot va tegishli amaliyot sifatida uzoq va ibratli tarixga ega.
«Huquqiy davlat» iborasi ilk bor XIX asrning birinchi choragida nemis huquqiy adabiyotida o‘z ifodasini topdi va mustahkamlandi (masalan, K.T. Velker, Rudolf fon Mol va boshqalarning asarlarida). Ingliz adabiyotida bu ibora ishlatilmaydi, ma’lum ma’noda shu iboraga ekvivalent hisoblangan «huquq hukmronligi» (rule of law) iborasi qo‘llaniladi.
Biroq huquqiy davlatchilik g‘oyasini, ma’nosi va tushunchasini ifodalovchi nazariy falsafiy konsepsiyalar ancha qadim zamonlardanoq shakllana boshlagan. Ilg‘or burjua siyosiy va huquqiy fikri maydonga kelayotgan chog‘da yangi falsafiy dunyoqarash antifeodal, dunyoviy, antiteologik va antiklerikal qarashlarga qarshi, feodal istibdodi va qonunsizlikka, absolutizm va mustabid rejimlarga qarshi huquqiy davlat haqida g‘oyalar jadal targ‘ib qilina boshlandi. Bunda insonparvarlik, barcha kishilarning erkinligi va tengligi, inson huquqlarining ajralmasligi, ijtimoiy-siyosiy hokimiyatni uzurpatsiya qilinishiga qarshi hokimiyatlar taqsimlanishi, konstitutsionalizm va boshqa prinsiplar ilgari surildi.
Ilg‘or mutafakkirlar G. Grotsiy, B. Spinoza, D. Lokk, SH.L. Monteskye, T. Jefferson va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan huquqiy davlatchilik g‘oyasi va konsepsiyalari o‘zining yangiligi bilan har qancha ta’riflanmasin, ular baribir o‘tmish tarixiy, ijtimoiy, siyosiy, falsafiy va huquqiy ta’limotlarga va amaliy tajribaga, sinalgan umumin- soniy qadriyatlar va gumanistik an’analarga tayangandir. Huquqiy davlatchilik haqidagi nazariy tasavvurlar va amaliy tajribaning shakllanishiga ko‘p jihatdan qadimgi Xitoy, Sharq, Yunoniston va Rim falsafiy, siyosiy-huquqiy qarashlari, g‘oyalari, ta’limotlari, shuningdek antik demokratiya, respublikachilik va huquqiy tartibot institutlari katta ta’sir ko‘rsatgan.
Qadim zamonlardanoq huquq bilan hokimiyatning o‘zaro bog‘liqligi, o‘zaro munosabati va mutanosibligi, ularning harakat yunalishlarini bir- biriga muvofiqligini ta’minlashning shakllari, usullari va prinsiplari izlana boshlangan. Davlat va huquq to‘g‘risidagi tasavvurlar chuqurlashib borishi jarayonida o‘sha davrlardayoq ijtimoiy turmushning, oqilona va adolatli siyosiy shakllari haqidagi g‘oyalar shakllangan. Bunda huquq ijtimoiy hokimiyatga tayangan holda umummajburiy qonunga aylanishi, o‘z navbatida, huquqni tan oluvchi ijtimoiy hokimiyat esa unga muvofiq o‘zini chegaralab adolatli davlat hokimiyati sifatida maydonga chiqishi nazarda tutilgan.

  1. Huquqiy davlat to‘g‘risidagi tasavvurlarni rivojlantirishda antik davr allomalari ham salmoqli hissa qo‘shganlar. Ular ichida, masalan, Solon, Arastu va boshqalar «kuch bilan huquqning qo‘shilishidan qonun hukmronligi to‘g‘risidagi qoidalar»ni; Suqrot, Aflotun, Arastu, Polibiy, Sitseron «boshqaruvning to‘g‘ri va noto‘g‘ri shakllarini farqlash to‘g‘risidagi mulohazalar»ni; Demokrit, safizm vakillari «tabiiy va irodaviy o‘rnatilgan huquqning nisbati haqidagi fikrlar»ni; ayrim sofistlar, stoiklar, rim yuristlari «tabiiy huquqqa muvofiq insonlarning tengligi

to‘g‘risidagi qarashlar»ni; Arastu «huquqning adolat va siyosiy munosabatlarni tartibga soluvchi me’yor ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyalar»ni; Sitseron «davlat – xalq ishi» ekanligi, «davlat – huquqiy muloqot va umumiy huquqiy tartibot ekanligi haqidagi qarashlar»ni va boshqalarni ilgari surdilar1.

  1. Feodal absolutizmiga qarshi adolatparvarlik va huquqiy voqeliklarni burjuaziya manfaati nuqtai nazaridan talqin etgan XVII asrda yashagan klassik ingliz olimi J. Lokkdir. Uning talqinida huquqning hukmronligi g‘oyasi shunday davlatni anglatadiki, unda tabiiy huquqqa mos keluvchi va insonlarning ajralmas tabiiy huquqini hamda shaxs erkinligini ifodalovchi va hokimiyatlar taqsimlanishiga asoslanuvchi qonunning ustuvorligi amal qiladi. Lokk huquq hukmronlik qiluvchi davlatni despotizmga qarama-qarshi qo‘yadi.

Xalq suvereniteti va ijtimoiy shartnoma davlatchilikning huquqiy asosi va manbaini tashkil etadi, degan g‘oyaga tayanib Lokk «hoki- miyatning har qanday g‘ayriqonuniy xatti-harakatlariga nisbatan qarshilikning qonuniyligi ta’limoti»ni isbotlab chiqdi2. Huquqiy davlat sharoitida shaxsning huquq va erkinligi haqidagi klassik liberal ta’limotning ko‘pgina qoidalari ham Lokka tegishlidir. «Odamlarning erkinligi shu jamiyatdagi qonun chiqaruvchi hokimiyat o‘rnatgan doimiy qoida bilan belgilanadi; bu – qonun bilan taqiqlanmagan hamma hollarda o‘z shaxsiy istagiga rioya etishdir3. Bu prinsip keyinchalik mustahkam- langan «qonun bilan taqiqlanmagan hamma narsaga ruxsat etiladi», degan qoidadan faqat so‘z ifodasi jihatidan farq qiladi.
Hokimiyatlar taqsimlanishi to‘g‘risidagi yangi tasavvurlarni XVIII asrda yashab ijod etgan SH.L. Monteskye izchil tizimga keltirgan. U har qanday davlatda uchta hokimiyatni – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini farqlaydi. Hokimiyat tomonidan qilinishi mumkin bo‘lgan zo‘ravonliklar va suiiste’molliklarni bartaraf etish uchun shunday tartib o‘rnatilishi kerakki, bunda turli hokimiyatlar bir-birini o‘zaro tiyib turishi lozim. Hokimiyatlarning taqsimlanishi va o‘zaro bir-birini tiyib turishi, Monteskyening fikricha, davlat tuzilishiga nisbatan siyosiy erkinlikni ta’minlashning asosiy sharti hisoblanadi. Erkinlik – qonun bilan ijozat etilgan har qanday ishni qilish huquqidir4.





1 Qarang: Hepcecянц B.C. Пpabo и зaкoh. – M., 1983. – C. 7–48.
2 Лoкк Д. Из6pahhыe филocoфcкиe пpoизbeдehия. T.2. – M., 1960. – C. 116.
3 O‘sha joyda. – Б. 16–17.
4 Moнmecкbe Ш.Л. Из6pahhыe пpoизbeдehия. – M., 1955. – C. 289.
Huquqiy davlat nazariyasining falsafiy isboti va talqini I. Kant qalamiga mansubdir. Uning davlat va huquq haqidagi qarashlari «Fe’l- atvor metafizikasining asoslari to‘g‘risida» (1785), «Amaliy aql tanqidi» (1788), «Huquq to‘g‘risidagi ta’limotning metafizik asoslari» (1797),
«Boqiy dunyoga» (1793) asarlarida bayon etilgan.
Kant falsafasining mohiyati, uning o‘z ta’biri bilan aytganda, transsendental idealizmdan iborat bo‘lib, obyektiv olamni uni o‘rganuvchi subyektning ongidan tashqari anglash mumkin emasligidadir1.
I. Kant davlatga ham idealistik pozitsiyadan yondashadi. «Davlat, – deydi u, – bu huquqiy qonunlarga itoat etuvchi kishilar jamoasining birligidir». Kant fikriga ko‘ra: davlatning farovonligi davlat tuzilishining huquqiy prinsiplar bilan oliy darajada muvofiqlashganligiga bog‘liqdir; bunday muvofiqlikka bizni qat’iy imperativ orqali aql majbur qiladi. Kant falsafasida davlatchilik sohasida qat’iy imperativ talablarini amalga oshirish davlatning hokimiyatlar taqsimlanishi bilan birga huquqiy tashkil etilishidir. Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi mavjudligi yoki yo‘qligi munosabati bilan u boshqaruvning ikki shaklini: respublika (mohiyatan bu huquqiy davlatdir) va despotiyani bir-biriga qarama-qarshi qo‘yadi.
I. Kantning xalq suvereniteti g‘oyasidan kelib chiquvchi nazariyasida qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarni chegaralash hal qiluvchi kasb etadi. «Respublikanizm, – deb yozadi u, – ijroiya hokimiyatni qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratishning davlat prinsipidir; despotizm – davlat qonunlarini o‘zboshimchalik bilan ijro etish prinsipidir; bunda ijtimoiy iroda hokimning xususiy irodasi sifatida maydonga chiqadi»2. Qonun chiqaruvchi hokimiyatga nisbatan I. Kant quyidagi cheklovchi prinsipni ifodalaydi: xalq o‘ziga nisbatan hal eta olmagan (ya’ni o‘ziga ravo ko‘rmagan – M.M.) narsani qonun chiqaruvchi xalqqa nisbatan hal eta olmaydi.
Agar I. Kant ta’limotida huquqiy qonunlar va huquqiy davlat mavjud bo‘lishi kerak bo‘lgan narsalar bo‘lsa, Gegelda ular real voqelikdir, ya’ni insonlar voqeligining, shaxsning, oilaning va jamiyatning huquqlarini muayyan shaklda aqlni amaliy realizatsiya qilinganligidir.
Davlat, – Gegelning fikricha, – u ham huquqdir, ya’ni – konkret huquq, dialektik talqinga ko‘ra, eng rivojlangan va mazmunan boy huquqdir, barcha abstrakt huquqlarni – o‘ziga qamrab oluvchi butun huquq sistemasidir. Davlat huquqiy ehrom cho‘qqisiga qo‘yiladi. Davlat





1 Иctopия пoлиtичecкиx yчehий. – M., 1960. – C. 381–383.
2 Paнm И. Coч. T.6. – C. 269.
individ va jamiyat ustidan qo‘yilib, go‘yo «xudoning bu dunyodagi sayl- yurishi» sifatida ko‘klarga ko‘tarib maqtaladi1. Gegel huquqiy etatist. U huquqiy davlatni olqishlaydi va ilohiylashtiradi2.
Gegelning fikricha, inson erkinligi hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipiga asoslangan (podshoh, hukumat va qonun chiqaruvchi hokimiyat) konstitutsion monarxiya sharoitida ta’minlanadi. Davlatda hokimiyatlarning oqilona taqsimlanishi «ijtimoiy erkinlikning kafolati- dir»3. Umuman huquqiy davlatning gegelcha konstruksiyasi to‘g‘ridan- to‘g‘ri va qat’iy tarzda zo‘ravonlikka, huquqsizlikka va xususiy shaxslar, siyosiy birlashmalar va davlat hokimiyati tomonidan kuch ishlatishning har qanday g‘ayrihuquqiy shakllariga qarshi qaratilgan.
Qadimgi Sharq, shu jumladan Markaziy Osiyo hududida o‘tmishda yashab ijod etgan alloma bobokalonlarimiz ham huquqiy davlat, adolatli ijtimoiy tuzum haqida o‘z ilg‘or qarashlariga ega bo‘lganlar. Insonlarning ozod, erkin va tenglik asosida munosabatda bo‘lishlari, jamiyatda adolat va haqiqat tantana qilishi, shohlar ma’rifatparvar va odil bo‘lishlari haqidagi qarashlar Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Hamadoniy, Najmiddin Kubro, Xo‘ja Axmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Forobiy, Bedil va boshqalarning falsafiy ta’limotlarida ilgari surilgan.
Xususan, Xo‘ja Samandar Termiziy o‘zining «Dastur al-muluk» asarida «Jonivor kuyiga tushib beaql o‘jarlik va nobop xatarli intilish qilayotgan kimsalarni qamchin bilan jazolangki, toki ular o‘zgalarga zarar yetkazmasinlar, aks holda boshqaruvda qat’iy hokimiyatni ta’minlovchi tartibga putur yetadi. Kimki zo‘rlik boltasi bilan adolatsizlik payini qirqmas ekan, u zamon bog‘ida yosh umid daraxtini o‘stira olmaydi... Magar mamlakatni boshqaruvchi qonunlar zavol topsa, Dunyoning asosi barbod bo‘ladi»4.
Jaloliddin Davoniy fikriga ko‘ra: «Har qanday davlat tashkiloti o‘zining mo‘tadilligi bilan ajralib turadi, qonunlar esa o‘z tartibi bilan ijro etiladi. Bu qonundan chetga ketiladigan bo‘lsa, har bir qoida qarama- qarshilik manbaiga aylanadi hamda u do‘stlik munosabatlarining buzilishiga, yomonlik va parokandalikka sabab bo‘ladi. Zero, har qanday





1 Qarang: Fesezb. Филocoфия пpaba. – M., 1934. – C. 268.
2 Qarang: Hepcecянц B.C. Гeгeлebcкaя филocoфия пpaba. – M., 1974. – C. 97–110.
3 Qarang: Fesezb. Филocoфия пpaba. – M., 1934. – C. 293.
4 Xoджa Caмaндap Tepмuзu. Haзидahиe гocyдapям. – M., 1971. – C. 27–28.
davlatning asosini a’zolari qonun oldida teng bo‘lgan jamiyatning ittifoqi va fikri tashkil etadi»1.
Hazrati Alisher Navoiyning ijtimoiy-siyosiy, adabiy va falsafiy qarashlari uni butun dunyoga buyuk gumanist, ma’rifatparvar inson, erkinlik va adolat kuychisi sifatida tanitdi. Navoiy «odil podshoh» siymosini chizdi. Xalq farovonligi va madaniyatining ravnaqi bobida jon kuydirib, hukmdorlarni adolat va insofga chorladi: «Podshoh o‘z fuqarolari to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishi, umumxalq farog‘ati yo‘lida posbon bo‘lishi; u – xudoning noibi sifatida olloh singari saxovatli, rahmdil bo‘lishi kerak; Podshoh – rahm-shafqat va jazo berish manbai»2.
Navoiy o‘zining «Mahbub ul-qulub» asarida quyidagilarni yozadi:
«Qozi musulmonlik binosining tayanchidir va musulmonlarning yaxshi va yomon ishlari yuzasidan hukm chiqaruvchidir… Qozining mahkamasi shariat ilmining xazinasi bo‘lmog‘i … u hukm vaqtida oshnaga ham, begonaga ham bir saviyada qaramog‘i… Qozi qonun yo‘lidan bir qadam ham toymasligi – to‘g‘ri yo‘ldan chiqmasligi lozim… Modomiki, hukm elning moli va joniga taalluqli ekan, qozining shiori to‘g‘rilik va adolat bo‘lmog‘i lozim…»3.
Navoiyning bu fikrlarida huquqiy davlat asosini tashkil etuvchi qonuniylik, adolatlilik, sudlov hokimiyatining halol va bukilmas bo‘lishi kabi prinsiplar o‘z ifodasini topgan.
Adolat tantanasiga chorlash, insonning erkin va ozod bo‘lishi, uning dunyodagi eng oliy ne’mat ekanligini ta’kidlash Umar Hayyom falsafasining negizini tashkil etadi. Uning tarixiy va adabiy asarlarida inson qadri benihoya ulug‘vorlik kasb etadi.
Yaqin o‘tmishda yashab ijod etgan vatandoshimiz Abdurauf Fitrat ham ilg‘or fikr namoyandasi bo‘lib, huquqiy davlat g‘oyasi va amaliyotini o‘zbek davlatchiligi voqeligiga aylantirishga intilgan. Fitrat tomonidan tuzilgan va Yosh buxoroliklar qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan
«Islohotlar loyihasi»da ikki maqsad ko‘zlangan edi: Buxoroda huquqiy davlatchilikni joriy etish; Buxoroni xalqning farovonligi va madaniyligi zaminida iqtisodiy, siyosiy va harbiy jihatdan mustahkamlash4.





1 Джazazaддuн Дaвaнu. Axлoки жaлoли. Pyкoпиcь. ИB. AH PYз. иhb. 7703.
2 Иctopия пoлиtичecкиx yчehий. – M., 1960. – C. 151.
3 Azunep Haвouŭ. Maԟ6y6 yл-ԕyлy6. – T., 1983. – Б. 23–24.
4 Qarang: Øaŭзyzza Xoджaeв. Из6pahhыe tpyды. T.1. – C. 124.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish