Odilqoriyev, N. Azizov, X



Download 0,99 Mb.
bet2/100
Sana28.03.2023
Hajmi0,99 Mb.
#922729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ TARIXI (2012)

KIRISH


Davlat va huquq ijtimoiy hodisalar bo‘lib, jamiyatning muhim, ajralmas tarkibiy qismini tashkil qiladi. Jamiyat tarixi va unga mos holda davlat va huquq tarixi uzluksiz rivojlanish jarayonidan iborat.


Davlat va huquq tarixini o‘rganish dolzarb ahamiyatga ega masalalardan biridir. O‘zbekiston Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov ushbu masalaning naqadar dolzarb ekanligiga e’tiborni qaratib shunday deydi: «Davlatchilik bugungi kunda o‘ta siyosiy masala bo‘lib turibdi. Nega deganda, O‘zbekistonda davlatchilik bo‘lmagan, deb orqavarotdan tashviqot yuritayotgan, shu fikrni ongimizga singdirmoqchi bo‘layotgan, kerak bo‘lsa, xalqaro jamoatchilikni shunga ishontirishga urinayotgan kuchlar hali bor. Bunday g‘alamislarning orasida qanday qilib bo‘lsa ham bizni yana sobiq SSSRga qaytarish niyatida yurganlar yo‘q, deysizmi? O‘zbek tarixchilarining asosiy vazifasi mana shu da’voning puch ekanligini isbotlash, davlatchiligimizning ilmiy nuqtai nazardan asoslangan tarixini yaratishdir»1.
Tarix o‘tmishning yig‘ilgan tajribalarini saqlovchi, uni avlodlarga asrab yetkazib keluvchidir. Hozirgi zamonning har bir yirik masalasi hayotning qaysi sohasida bo‘lmasin, jumladan, davlat va huquqiy tajribalarni hisobga olmasdan, chuqur o‘rganmasdan hamda unumli foydalanmasdan, samarali hal etilishi mumkin emas. Binobarin, davlatimiz rahbari I.A. Karimov ta’kidlaganidek: «O‘zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi... Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o‘rgatadi, irodasini mustahkamlaydi... Inson uchun tarixdan judo bo‘lish – hayotdan judo bo‘lish demakdir»2.
Ma’lumki, O‘zbekiston 1991-yili o‘z mustaqilligini qo‘lga kirit- ganidan so‘ng umrini o‘tab bo‘lgan mustabid, ma’muriy-buyruqbozlik, rejali-taqsimot tizimidan voz kechib, «o‘zbek modeli» deb nom olgan o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Ushbu modelning ma’no-mazmuni – davlat qurilishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o‘zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan holi etish, uning siyosatdan ustunligini ta’minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya’ni islohotlar





1 Papuмoв И.A. Биз кeлaжaгимизhи yз ԕyлимиз 6илah ԕypaмиз. T.7. – T., 1999. – Б. 139.
2 O‘sha manba. – Б. 137.
tashabbuskori bo‘lishi ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma- bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tarixiy xotirasiz – kelajak yo‘q», «O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida» va shu kabi boshqa asarlari davlat va huquq tarixini o‘rganishda, davlatchilik taraqqiyotiga xolisona baho berishda muhim metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.
Ichki ishlar idoralari xodimlari avvalo inson, fuqaro sifatida o‘z mamlakatining tarixi, milliy davlatchilik tarixi, huquqiy taraqqiyot bosqichlari va tajribalarini mukammal bilishi zarur. Qolaversa, har bir huquqshunos davlat va yuridik muassasalar, huquqiy institutlar murakkab tizimining vujudga kelishi va taraqqiy etishi jarayonini mukammal bilishi muhimdir.

I BOB. DAVLAT VA HUQUQ TARIXI FANINING PREDMETI, METODI VA VAZIFALARI



  1. Download 0,99 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish