Odilqoriyev, N. Azizov, X



Download 0,99 Mb.
bet83/100
Sana28.03.2023
Hajmi0,99 Mb.
#922729
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100
Bog'liq
DAVLAT VA HUQUQ TARIXI (2012)

Qurolli Kuchlar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 125- moddasida belgilanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari O‘zbekiston Respublikasining davlat suverenitetini va hududiy yaxlitli- gini, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qilish uchun tuziladi. Qurolli Kuchlarning tuzilishi qonun bilan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasini mudofaa qilish Qurolli Kuchlarning, iqtisodiyotning, aholining, hududning O‘zbekiston Respublikasi harbiy doktrinasiga muvofiq tajovuzni daf etishga doim tayyorligiga asoslanadi. O‘zbekiston Respublikasining Harbiy doktrinasi Qurolli Kuchlar tuzilishida mudofaalanish kifoya qilarli darajada bo‘lishi qoidasiga amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari: 1) quruqlikdagi qo‘shin- lar; 2) harbiy-havo kuchlari; 3) havo hujumiga qarshi mudofaa qo‘shinlari; 4) maxsus qo‘shinlar; 5) harbiy qurilish-muhandislik qo‘shil- malari; 6) milliy gvardiyadan tarkib topadi. Ularga kundalik rahbarlik qilish va boshqaruv Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Qurolli Kuchlarni kadrlar bilan to‘ldirish O‘zbekiston Respublikasining
«Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi qonuniga binoan amalga oshiriladi. Qo‘shinlarning kundalik hayoti va ichki tartib- intizomi Qurolli Kuchlar Nizomlari asosida tartibga solinadi.
«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risi- da»gi qonunda (1991-yil 31-avgust) yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqib, Milliy gvardiyani tashkil etish va Mudofaa ishlari vazirligini ta’sis etish zarurligi ta’kidlangan edi. Mazkur qonun O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini tuzish uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1991-yil 6-sentabrdagi far- moni bilan O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi tashkil qilindi. Respublika Hukumatining 1991-yil 25-oktabrdagi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining huquqiy
maqomi, tashkiliy tizimi va tuzilishi hamda Nizomi tasdiqlandi. Ushbu Vazirlik mahalliy harbiy boshqaruv organlari, fuqaro mudofaasi shtabi va armiya safidan tashqari xizmat maxsus boshqarmasi negizida tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari vujudga kelishida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 14-yanvardagi qarori alohida ahamiyat kasb etdi. Unga ko‘ra, sobiq Ittifoq Qurolli Kuchlarining respublikamiz hududida joylashgan barcha qismlari, harbiy o‘quv yurtlari, muassasa va tashkilotlari hamda boshqa harbiy tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasiga olindi. Shu tarzda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida zamonaviy ma’rifiy davlatlarga xos demokratik, adolatli norma mustahkamlandi, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi o‘z xavfsizligini ta’minlash uchun yetarli darajada Qurolli Kuchlariga ega bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi parlamenti tomonidan «Mudofaa to‘g‘risi- da»gi qonunning qabul qilinishi (1992-yil 3-iyul) yuqoridagi konstitut- siyaviy normani konkretlashtirishda, Qurolli Kuchlarni shakllantirilishi, mustahkamlanishi va boshqaruvini takomillashtirishda muhim ahamiyat- ga ega bo‘ldi. Shuningdek, 1992-yil iyulda «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi hamda «Muqobil xizmat to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi.
Qurolli Kuchlarni mamlakat miqyosida joylashtirish Respublika Oliy Bosh Qo‘mondoni (ya’ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti) rahbarligida Mudofaa vazirligi, uning Bosh shtabi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududini, chegaralarini, havo chegaralarini ishonchli himoya qilinishini nazarda tutuvchi strategik reja, harbiy doktrina talablari, strategik va operativ rejalar asosida, shuningdek qo‘shinlarni jang oldidan safarbar etib joylashtirish rejalari asosida amalga oshiriladi.
Qurolli Kuchlarni tuzish «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Qurolli Kuchlarni tuzish harbiy xizmatga shu hududdan va hudud tashqarisidan chaqirishni uyg‘unlashtirgan holda olib boriladi.
Armiyani saqlab turish, moliyaviy, moddiy-texnikaviy ta’minlash davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi. Mudofaaga ajratiladigan mablag‘lar miqdori har yili O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadi. Soliq qonunchiligiga muvofiq Qurolli Kuchlar tizimi xodimlari daromad solig‘iga tortilmaydilar. Shuningdek, mudofaa ehtiyojlari uchun davlat buyumlarini bajarish soliqni kamaytirish yoki
undan ozod qilish, kredit berish va boshqa imtiyozlar bilan rag‘batlantiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini boshqarish respublika Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasi 16-bandiga muvofiq, Prezident Respublika Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi.
Mamlakat mudofaasiga oid ishlarni tashkil etish, Qurolli Kuchlarning harbiy tayyorgarlik va moddiy-texnikaviy sohasidagi ehtiyojlarini ta’minlash masalalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ham muayyan vakolatlarga ega.
O‘zbekistonning xavfsizligi va ishonchli mudofaasini ta’minlashda 1997-yil 29-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qonun muhim qadam bo‘ldi. Konsepsiyada diniy ekstremizm, millatlararo va etnik ziddiyatlarning kuchayishi, qurollarning, jumladan yadro qurolining tarqalishi, xalqaro terrorizm, uyushgan jinoyatchilikning avj olishi, narkotik moddalarning tarqalishi hamda ekologik tanazzul ko‘rinishidagi mintaqaviy va yalpi tahdid mavjudligi ta’kidlangan.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tashkil topishi bilan davr ruhiga mos bo‘lgan demokratik davlat va huquqiy tizim shakllandi. Diyorimizda davlat va huquqning shakllanish hamda rivojlanish tarixini xolisona va har tomonlama ilmiy tahlil qilish, uning natijasi o‘laroq obyektiv xulosalar chiqarish va chuqur o‘rganish orqali yosh avlodni Vatanga muhabbat, xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalash, siyosiy-huquqiy tariximiz yutuqlaridan mustaqil o‘zbek davlatchiligi va uning huquq tizimini takomillashtirishda foydalanish tarixda uchragan kamchiliklarning takrorlanmaslik choralarini ko‘rish, qolaversa, boy va betakror tariximizni jahon jamoatchiligi nigohida namoyish qilish bugungi kundagi alohida ahamiyatga molik ishdir.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish