Davlat tuzumi va bosh- qaruv tizimi
92
Kengash davlatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati vazifasini bajargan. Oliy Kengashga xonning o‘zi rahbarlik qilgan. Ohy Kengash ishida xonning yaqin qarindoshlari, mehtar, qo‘shbegi, devonbegi, naqib, shayxulislom, bosh qozi, inoq, otaliq va biylar qatnashganlar. Oliy Kengash majlisi haftada bir marta o‘tkazilgan va unda davlatning ichki va tashqi siyosatiga oid eng muhim masalalar muhokama etilgan.
Ayni paytda, xonlik hayotiga oid kundalik masalalami hal etish uchun Kichik Kengash ham ta’sis etilgan. Bu kengash ishida xondan tashqari mehtar, qo‘shbegi, devonbegi, naqib va shayxulislom qatnashganlar.
Xonlikda mehtar bosh vazir hisoblangan. U xon safarga chiqqan paytlarda xonlikni idora qilgan. Mehtar va qo‘shbegi mamlakat miqyosida soliqlar yig‘ilishiga javobgar bo‘lganlar.
Xonlikda 3 ta devon (vazirlik) ham faoliyat ko‘rsatgan. Bular xo‘jalik, ijtimoiy-siyosiy va harbiy ishlar bilan shug‘ullanuvchi devonlar edi. Ularning faoliyatiga devonbegi rahbarlik qilgan. Xonlikning qo‘shiniga yasovulboshi qo‘mondonlik qilgan.
Xonlik tarkibidagi qozoq va qoraqalpoqlar esa o‘zlarining biylari, turkmanlar esa ulaming vakili tomonidan boshqarilgan. Ularning lavozimlari nasldan naslga meros bo‘lib o‘tsa-da, nomzodini xon tasdiqlashi shart bo‘lgan.
Xonlikning asosiy boyligi yer hisob- er ega lgi lanardi. Bu yerlar sug‘oriladigan (axya)
va sug‘orilmaydigan (adra) yerlardan iborat edi. Egalik shakliga ko‘ra, Xiva xonligining yerlari ham uchga bo‘lingan:
Davlat yerlari (podshohi). 2. Xususiy mulk (xususiy yerlar). 3. Vaqf yerlari.
Xon va uning qarindoshlari, oliy martabali boshqa turli amaldorlar, mhoniylar, savdo-sotiq tabaqalari barcha yerlarning deyarli yarmiga egalik qilishgan. Amaldorlaming yerlari 2—3 ming tanobni tashkil etgan. Xon va uning qarindoshlari undan ham katta hajmdagi yer maydonlariga egalik qilishgan. Qolgan yerlar davlat ixtiyoriga olingan (vaqf yerlaridan tashqari). Davlat yer- larida va xususiy mulk yerlarida ijarachi dehqonlar mehnat qil- ganlar.
Davlat yerini ijaraga oluvchilar bevatan, xususiy yerlarni ijaraga oluvchilar koranda, vaqf yerlarini ijaraga oluvchilar esa vaqfchi deb atalgan.
93
Xonning qarindoshlari o‘z xususiy yeriaridan davlatga soliq to‘lamas edilar. Davlat soliqlaridan ruhoniylar, katta amaldorlar, tarxon yer olganlar ham ozod etilgan edilar. Biroq soliqni bu yerlarda ishlovchi ijaradorlar, ya’ni mehnatkashlar to‘lashgan.
Shaharlarning iqtisodiy taraqqiyotdan orqada qolishi, yirik sanoatning mutlaqo yo‘qligi oqibatida G‘arbiy Yevropa davlatlarida yersiz dehqonlar shaharga ish izlab borishdek imkoniyatga ega bo‘lmagan. Oqibatda, ular qishloqda qolishga majbur bo‘lganlar.
Suv tanqisligi tufayli dehqonchilik qiyin sharoitda olib borilardi. Shu bois Amudaryodan suv chiqarishga e’tibor berildi. XVIII asming 70-yillarida Davkor ko‘li yonida kanal, XIX asr boshlarida esa Lavzan, Qilich Niyozbiy, Katta Xonobod kanal- lari qurildi. Bu tadbirlar yerlami sug‘orish holatini yaxshilashga ko‘maklashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |