§. Xiva xonligida shaharlar hayoti
Shaharlar hayotining umumiy manzarasi
asr oxiriga kelib shaharlar hayo-
tida uzoq davom etgan tushkunlik holati
barham topdi.
asming ikkinchi yarmi — XIX asr boshlarida katta
ko‘lamdagi sug‘orish inshootlarining tiklanishi hamda yangilari-
ning bunyod etilishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning o‘sishiga
asos bo‘ldi. Bu hodisa, o‘z navbatida, shaharlarda hunarmand-
chilik, ichki va tashqi savdoning o‘sishiga sabab bo‘ldi.
Biroq bu o‘sishni Yevropa davlatlari iqtisodiyoti taraqqiyoti
bilan aslo tenglashtirib bo‘lmas edi. Bu davr — G‘arbiy Yevropa
davlatlari hayotida tub sifat o‘zgarishlar davom etayotgan davr
edi. Chunonchi, Buyuk Britaniyada boshlangan sanoat to‘ntarishi
boshqa ilg‘or davlatlarga ham yoyilgan, XIX asr o‘rtalariga kel-
ganda esa u nihoyasiga yetayotgan edi. Binobarin, Yevropa dav-
latlarida kapitalistik munosabatlar gurkirab rivojlanayotgan edi.
Markaziy Osiyo xonliklarida, jumladan, Xiva xonligi jamiyati
hayotida hamon o‘rta asr yer egaligi munosabatlari hukmron edi.
XVIII asr oxirida Muhammad Amin
hukmronligi davridan boshlab birmun-
cha siyosiy barqarorlik o‘matildi. Bu omil Xiva shahrining holatiga
ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Chunonchi, 1782-yilga kelib Xiva shahrida
qayta tiklash ishlari tugallandi.
Qayta tiklash ishlaridan tashqari yangi me’moriy obidalar ham qurildi. Masalan, 1765-yilda Sherg‘ozixon va Muhammad Amin madrasalari bunyod etildi.
asr boshlarida Xiva xonligi poytaxti yirik qurilish may-
95
Me’morchilik
doniga aylandi. Xon farmoyishi bilan karvonsaroy, usti yopiq bozor hamda 1834-yilda Olloqulixon madrasasi qurilishi tu- gallandi.
XIX asrda Xiva shahri bir-biridan devor bilan ajralib turadigan ikki qismga bo‘lingan. Ulaming biri Dishan qaPa — Tashqi shahar (qal’a) deb, ikkinchisi esa Ichan qal’a — Ichki shahar (qal’a) deb atalgan.
Ma’lumki, Sharqda shahaming ichki qismi, ya’ni markazi Shahriston, tashqi qismi esa Rabod deb atalgan
? Ichan qaPa bobolarimizdan qolgan
Ichan qal a Markaziy Osiyodagi yirik va noyob me’-
moriy yodgorlikdir. Ichan qaPa Xiva shaMning ichki qaPa (Shah- riston) qismidir.
Ichan qaPa Dishan qaPadan devor bilan ajralib turadi. Unga Bog‘cha, Polvon, Tosh va Ota deb nomlangan to‘rtta darvoza orqali kirilgan.
Xorazm o‘lkasi me’morchihgining ajoyib obidalari — madrasa, masjid, xon saroyi, ma’muriy binolar, bosh maydon va minoralar Ichan qaPada joylashgan.
Muhammad Rahimxon, Olloqulixon va Muhammad Amin- xon hukmronliklari davrida Ichan qaPada keng ko‘lamli bunyod- korlik ishlari amalga oshirildi. Muhtasham saroy, madrasa va maqbaralar barpo etildi. Ko‘hna arkdagi saroy qurilishi tugallandi.
Muhammad Aminxon Ichan qaPaning g‘arbiy qismidagi
Xiva. Ichan qal'a.
96
Ko‘hna ark yoniga Kalta Minor nomi bilan mashhur bo‘lgan minorani qurdirdi. Ichan qaPani bunyod etishda Xiva me’morlari Markaziy Osiyoda qadimdan davom etib kelayotgan an’ana — inshootlami ro‘parama-ro‘para qurish usulidan foydalanishgan. Bu usul „qo‘sh“ deb ataladi.
Bundan tashqari, binolami alohida ansambl holida qurish
an’analariga ham amal qihngan. Masalan, Polvon darvozasi oldidagi
bir necha masjid, madrasa, hammom, toqi, karvonsaroy va xon
saroyi ana shunday o‘ziga xos ansamblni tashkil etadi. Noyob
me’morchilik obidasi bo‘lgan Ichan qaPa 1961- yilda me’moriy
yodgorlik sifatida alohida muhofazaga olingan va muzey-qo‘riqxonaga
aylantirilgan. Uning maydoni 26 ga.ni tashkil etadi. Unda 54 ta
tarixiy-me’moriy obida joylashgan. 1969- yildan muzey-qo‘riq-
xona Xiva „Ichan qaPa muzey-qo‘riqxonasi“ deb ataladi. 1990-
yilda Ichan qaPa Butunjahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi.
r.. , „ Dishan qaPa — Tashqi qaPa Xiva shahri-
Do'stlaringiz bilan baham: |