Xiva — Rossiya muno- sabatlarining kes- kinlashuvi
Biroq har ikki davlat o‘rtasida yaxshi qo‘shnichilik muno-
sabatlarining qaror topishiga to‘sqinlik qilgan omillar ham mavjud
bo‘lgan. Bular: savdo karvonlariga hujum qilish xavfming mav-
judligi, har ikki tarafning Kichik juz qozoqlarini va qora-
qalpoqlami o‘z fuqarolari deb hisoblashlari; shuningdek, har
ikki tomonning o‘zaro savdodan olinadigan boj hajmi masalasida
uzoq vaqt bir to‘xtamga kela olmaganliklari bilan bog‘liq edi.
Maqsadi 0‘rta Osiyoni egallashdan
iborat bo‘lgan podsho Rossiyasi 0‘rta
Osiyo davlatlariga, xususan, Xiva xon-
ligiga turli bahonalami ro‘kach qilib,
bosim o‘tkazishni kuchaytirib borgan. Ayni paytda, qozoq
juzlarini, qoraqalpoqlami hamda turkmanlaming ayrim qabilalarini
Xivaga bo‘ysunmaslikka da’vat etib turgan. Chunonchi, podsho
Rossiyasi Xiva xonhgi tarkibida yashovchi turkmanlaming yovmut
qabilasini Rossiya fuqaroligiga o‘tkazish istiqbollarini hamda savdo
karvonlarining xavfsizligini ta’minlash bahonasida chegara
hududlarda istehkomlar qurish imkoniyatlarini o‘rganish maqsa-
dida 1819- yilda armiya zobiti N. Muravyov rahbarligida maxsus
ekspeditsiya ham yuborgan.
Podsho Rossiyasining tajovuzkorligi 1822- yilda 0‘rta juz, 1824- yilda esa Kichik juz xonliklarida xonlik hokimiyatini tugatib, ulaming Rossiyaga bo‘ysundirilganida yaqqol ko‘rildi. Endi podsho Rossiyasi chegarasi bevosita Xiva xonligi chegarasiga yaqinlashib qoldi. Bunday sharoitda Xiva xonligi qozoq cho‘llarining ikki davlat o‘rtasida bir-birini ajratib tumvchi hudud bo‘lib qolishi uchun harakat qildi. Biroq, podsho Rossiyasi buni istamadi. Oqibatda, ikki davlat o‘rtasidagi munosabat keskinlasha bordi.
Xiva—Rossiya munosabatlari keskinlashgan bir sharoitda Muhammad Rahimxon I vafot etdi. Taxtga o‘g‘li Olloqulixon o‘tirdi. U Xiva—Rossiya munosabatlaridagi keskinlikni yumsha- tishga urindi.
1826—1829-yillardagi Eron—Rossiya va 1828—1829-yillar- dagi Rossiya—Turkiya umshi Rossiyani Xiva bilan munosabatlarini yanada keskinlashtirishdan o‘zini tiyishga majbur etdi. Bu orada Buyuk Britaniya razvedkasi Markaziy Osiyo xonliklariga suqilib kira boshladi. Shunday sharoitda Buyuk Britaniya tovarlarining xonliklar bozorini to‘ldirish xavfi ham vujudga keldi. Bundan tashqari, Eron bilan umsh oqibatida Rossiya—Eron savdo-sotiq
90
ishlarining ahvoli yomonlashdi. Bunday sharoitda Markaziy Osiyo xonliklari bilan savdo-sotiqni har qachongidan ko‘ra rivojlantirish dolzarb masalaga aylandi. Ayni paytda, Rossiya hukumati Xiva xonhgiga nisbatan o‘z talablari ko‘lamini tobora kengaytirib bordi. Chunonchi, u keyinchalik Xivadan Amudaryoda Rossiya savdo kemalarining suzishiga ruxsat berishini ham talab eta boshladi.
Bora-bora Rossiya Xiva bilan munosabatni harbiy kuch orqali tartibga solish yo‘lini tanladi. Shu maqsadda 1839-yilda V. Perovskiy harbiy ekspeditsiyasi tashkil etildi.
Uning ixtiyorida 4 ming piyoda askar, 12 ta to‘p va yuk ortilgan o‘n ming tuya bor edi. Biroq, Ustyurtning qattiq sovug‘i, oziq-ovqat va yem-xashakning yetishmasligi oqibatida ekspedi- tsiya talafot ko‘rdi. Oqibatda, V. Perovskiy orqaga qaytishga majbur bo‘ldi.
Lekin ekspeditsiya izsiz ketmadi. V. Perovskiy ekspeditsiyasi Xiva xonini Rossiya bilan kelishuv yo‘lini axtarishga majbur etdi.
Vaqt o‘tishi bilan Rossiya hukumati „ aj uriyat ar a ti zo‘r berib Xiva xonligiga o‘z hukmini
majburan o‘tkazishga kirishdi. Bu maqsadga erishish uchun G. Da- nilevskiy boshchiligidagi elchilik missiyasini yubordi.
Muzokaralar davom etayotgan kunlarda Olloqulixon vafot etdi. Taxtni o‘g‘li Rahimqulixon egalladi. Muzokaralar yakunida Rossiya bosimi ostida 1842- yilning 27- dekabrida Xiva — Rossiya o‘rtasida „Majburiyatlar akti“ deb ataluvchi shartnoma imzolandi.
Shartnomada Xiva xonining Rossiya bilan tinchhk, mustahkam do‘stlik munosabatida bo‘lishi e’lon qilindi. Bundan tashqari, Xiva xoniga: Xivaning Rossiyaga nisbatan dushmanlik harakatlari sodir etmaslik; savdo karvonlarining talanishiga yo‘l qo‘ymaslik; Rossiya fuqarolarining shaxsiy va mulkiy xavfsizligini ta’minlash kabi majburiyatlar yuklandi.
Bular aslida podsho Rossiyasining o‘z xohish-istaklarini majburan bajartirishdan boshqa narsa emas edi. Shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi savdo aloqalariga ham katta e’tibor berildi. Mazkur masalada ham Rossiya o‘z xohish-istagini majburan qabul qildirgan. Chunonchi, boj to‘lovlari Rossiya tovarlari qiy- matining 5% miqdoridan oshmasligi belgilab qo‘yildi. Biroq, Rossiya shartnomaning ana shu bandini ham amalda bajarmagan. Oqibatda, o‘zaro munosabatlar tobora keskinlashib borgan.
91
Xiva xonligining Osiyo davlatlari bilan aloqalari haqida nimalarni
bilib oldingiz?
Rossiya — Xiva munosabatlariga xos xususiyatlami qayd eting.
Podsho Rossiyasi Xiva xonhgiga qanday maqsadlarda ekspeditsiya-
lar yuborgan edi?
,,Majburiyatlar akti“ shartnomasining mazmuni haqida nimalarni
bilib oldingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |