- 21 -
bosadigan vositalar yordamida nikotinni butunlay yo’qotish uchun ko’p mablag’
sarflanmoqda. Ular orasida til ostiga tashlanadigan xaltachalarni, yopishtirgichlarni
va shunga o’xshashlarni aniqlashimiz mumkin. Ushbu dorilar sigaretlarda bo’lgani
kabi emas, undan ancha kam miqdorda nikotin tutadi. Bir qator davlatlar ushbu
alkaloidni diqqat yetishmasligi buzilishi, Altsgeymer kasalligi, Parkinson kasalligi
va oshqozon yarasi kabi kasalliklarni davolash va dori-darmon vositasi sifatida
ishlatadilar. Shuning uchun, yaqin kelajakda nikotindan
yaxshigina dorilarni olsa
bo’ladi. Axir bejizga “Zaxarli moddalar emas, Zaxarli miqdorlar bo`ladi”
deyishmaydi ustozlarimiz...
XULOSA
Men bu kurs ishini yozish orqali alkaloidlarning xossalari,xususan, nikotinning
ochilish
tarixi,olinishi,fizik-kimyoviy
xossalari,inson
tanasiga
ta’siri,
afzalligi,farmakologiya, farmokinetikasi,
metabolizmi,qo’llanilishi(tibbiyotda,
insektitsid sifatida),nikotindan kelib chiquvchi ruhiy kasaliklarni o’rgandim.
Nikotin deyarli barcha organlarga ta’sir qiladi, lekin u markaziy asab tizimiga, yurak
-qon tomir va endokrin tizimiga eng katta ta’sir ko’rsatadi. Nikotin inson tanasiga
ta’sir qiladi:ogohlantiruvchi sifatida.Nikotinning odamga ta’siri keskin salbiy, bu
qon tomirlari va yurak kasalliklariga olib kelishi mumkin bo’lgan tomir
aterosklerozining rivojlanishiga yordam beradi. Nikotin qon pıhtılarının
shakllanishiga yordam beradi, kanserojenik (saraton rivojlanishiga yordam beradi)
ta’sir ko’rsatadi. Eng yomon narsa nikotinning inson tanasiga ta’siri Bu faqat
keyingi avlodlarda ko’payadigan hujayra mutatsiyasini keltirib chiqarish
qobiliyatidir.
T
amaki tarkibida turli xil kimyoviy moddalar bor. 1809-yili tamaki bargidan nikotin
moddasi ajratib olingan. Nikotin odam organzmiga ta'sir
etuvchi asosiy modda
hisoblanadi. Tutab turgan sigaretning harorati 300 ℃ da bo'ladi. Tutab turgan
- 22 -
sigaretda ajoyib kimyoviy fabrika bo'lib, o'zidan 4 mingdan ortiq turli kimyoviy
birikmalarni ajratadi, shu jumladan 40 xil kanserogen moddalar ham chiqadi.
Tamaki tutunining komponentlariga quyidagi moddalar kiradi: uglerod dioksidi,
uglerod oksidi, vodorod sianid, ammoniy, opren, atsetaldegid, akrolein, nitrobenzol,
aseton,
vodorod sulfid, sinil kislota va boshqalar. Sigaret tutunida, shuningdek,
qattiq zarrachalar, nikotin, suv va smola moddalari bo'ladi. Tamaki smolasi tarkibida
polisiklik aromatik uglevodorodlar, shu jumladan, nitrozoaminlar, aromatik aminlar,
izoprenoid, piren, benzopiren, xrizen, antratsen, flyuoratinlar bor. Bundan tashqari
smola o'zida oddiy va murakkab fenol, kaliy, qo'rg'oshin, poloniyning radioaktiv
birikmalarini saqlaydi.
Tamakini chekadilar, hidlaydilar, chaynaydilar. Tamaki
o'simligi dunyoning 120 mamlakatida ekiladi. Dunyo bo'yicha 4,7 mln. gektarda
tamaki yetishtiriladi. Agarda shu yerlarda bug'doy ekilsa qo'shimcha 20 mln. tonna
bug'doy yig'ib olish mumkin edi. Har yili 5-6 mln. tonna quritilgan tamaki barglari
tayyorlanadi.
Tamaki chekish odati hozirgi vaqtda yer shari aholisining ko'pchilik qismini qamrab
olgan. O'smir dastlab chekkanda kattalarga taqlid qilmoqchi bo'ladi. Birinchi sigaret
yoki nos chekilganda o'smir organizmida himoya reaksiyalari vujudga keladi. Lining
ko'ngli ayniydi, ko'p so'lak
ajraladi, qon tomirlari torayadi, rangi oqaradi. Ba'zida
hushidan ketadi. Bir necha marta chekkandan so'ng o'smir organizmida himoya
reaksiyalari kamayib borib, organizmi tamaki yoki nosga o'rganib qoladi. So'ng
o'smirda mustahkam shartli refleks hosil bo'ladi. O'smir 12—15 yoshda tamaki yoki
nos ta'mini tatib ko'rar ekan. Chekishning dastlabki davrida organizmda har xil
sezgilar yo'qolib boradi. Bu davrda bir kunda 10—15tagacha sigaret chekiladi.
Chekuvchilarda asta-sekin nikotin sindromi shakllanib boradi, boshqacha aytganda
organizmning nikotinni qabul qilishga o'rganib qolishi vujudga keladi. Bu uch
statiyada rivojlanadi:
1. Birinchi stadiya — bu psixik moslashish, bunda odam chekkisi kelaveradi
va borgan sari ko'proq sigaret chekadi. Bu stadiya 1—5 yil davom etadi.
- 23 -
2. Ikkinchi bosqich — somatik belgilar namoyon bo'la boshlaydi, chekuvchida
bronxit kasalligining hosil bo'lishi,
oshqozon, yurak va boshqa a`zolarda og'riq,
noqulay holatlar ro'y beradi. Nerv sistemasida o'zgarish sodir bo'ladi. Chekuvchida
ta'sirchanlik, bosh og'rish holatlari sodir bo'ladi. Bu stadiya 5—15 yil davom etadi.
3. Uchinchi bosqich — chekish avtomatik bo'lib qoladi. Doimiy bosh og'rig'i,
xotiraning susayishi, juda ta'sirchan bo'lib qolishi, doimiy yo'tal paydo bo'ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: