26
II bob. INNOVATSIYALARNI TATBIQ ETISH VA TARQATISHNING
O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
2.1. Innovatsiyalarni tarqatish mexanizmlari
Innovatsiya nafaqat yangi ishlanmalarni yaratish,
balki ijtimoiy hayot va
amaliyotda sezilarli o’zgarishlarga olib kelish maqsadida ularni tatbiq etish. Ishlab
chiqarish hamda jamiyatda innovatsiyalarga munosabat turlicha bo’lishi mumkin,
lekin asosan u ikki qutblidir. Odatda, innovatsiyani aholining bir qismi qo’llab-
quvvatlaydi va boshqa qismi umuman qarshi bo’ladi.
Innovatsiyaning asosiy o’ziga xosligi innovatsiyada mavjud an’analar
o’rtasida uzilishlar mavjudligi bilan bog’liq. Innovatsiyani o’ziga xos madaniy
chekinish deb hisoblash mumkin, uning ijobiy ahamiyati shundaki, u eskilikni
siqib chiqarish, zamonaviylikni olg’a surish va yangi ishlanmaning tarqalishini
rag’batlantiradi. Agar innovatsiyalarning paydo bo’lish va tarqalish jarayonini
ko’rib chiqadigan bo’lsak, innovatsiya doimo ijodkorlik, o’ziga
xoslikning yuzaga
chiqishi, o’z navbatida, mavjud umumqabul qilingan an’analardan chekinishni
qo’llab-quvvatlashni sezish mumkin.
O’z navbatida, jamiyatning barcha a’zolari ham bunday qobiliyatga ega
emas, ularni «ijodkor kamlik» deb atash mumkin. Jamiyatning katta, konservativ
(ko’p hollarda agressiv) qismi turli bosim vositalari, qat’iy ijtimoiy nazorat,
stenzura, har xil ta’qiqi, qonuniy obstruktsiya yordamida keng ijtimoiy
hamjamiyatga innovatsiyalarni tushunish yoki ilk bor qabul qilishga yo’l
qo’ymaslikka harakat qiladi. Innovatsiyalarni qabul qilish va tarqatishga to’sqinlik
qiluvchi yoki,
aksincha, buni rag’batlantiruvchi madaniy mexanizmlar, madaniy
selektorlarga ko’ra, innovatsiya rad etilishi yoki keng omma tomonidan tan olinishi
mumkin.
Innovatsiya qabul qilingan taqdirda uni tarqatish bosqichi boshlanadi. Bu
erda innovatsiyaning yanada rivojlanishi yoki, aksincha, rivojlanmasligining bir
necha variantlarini kuzatish mumkin:
- ilk innovatsion o’zgarishlar boshlanganda innovatsiyaning ahamiyatini
pasaytirish va hattoki uni kontrislohot vositalari yordamida umuman yo’q qilishga
harakat qiluvchi “kompensatsiya qilish” deb atalmish salbiy fikrlar yuzaga kelishi
mumkin;
- “yuqori darajagi kompensatsiya”
ham yuzaga kelishi mumkin, bunda tatbiq
etilayotgan innovatsiyaga qarshilik shunchalik kuchliki, kompensatsiya qilish
mexanizmi juda kuchli ta’sir o’tkazadi va deyarli “toshib ketadi”, ya’ni nafaqat
ishlanmalarning mavjud holati saqlanib qoladi, balki innovatorlar fikriga zid
yo’nalishda mazkur tuzilmani butunlay o’zgartirib yuboradi. Bu qarshi zarba
«bumerang samarsi» deb ataladi;
- innovatsiyani tatbiq etish natijasida yuzaga kelgan o’zgarishlar jamiyat
hayotining boshqa sohalarida hech qanday oqibatga olib kelmagan holda
belgilangan mahalliy soha (ishlab chiqarish, fan, texnika va boshqalar)
bilan
cheklanishi mumkin;
- shunday holatlar uchrab turadiki, bunda ilk innovatsiyalar aralash ijtimoiy
tizimlardagi cheklangan komponentlar miqdorining tasodifiy o’zgarishiga olib
27
keladi, bu mavjud ijtimoiy bo’shliqqa xaotik ko’rinish beradi; uning turli
vaziyatlarida ayrim o’zgarishlar sodir bo’ladi, natijada, u o’z holida saqlanib
qoladi;
- nihoyat, innovatsiya rivojlanishining eng muhim varianti ijobiy natijalar
oqibatida o’zgarishlar tizimli kuchayadi.
Bu erda ilk innovatsion o’zgarishlar metatizimning boshqa komponentlarida
ketma-ket siljishlar zanjiriga olib keladi va yangilik tashabbuskorlarining bevosita
ishtirokisiz uning to’liq o’zgarishiga sabab bo’ladi. Bu ko’p hollarda texnologiya
sohasida yuz beradi: masalan,
avtomobil, aeroplan, konveyerli ishlab chiqarish,
kompyuter ixtiro etilishi bilan millionlab kishilarning turmush tarzi tubdan
o’zgaradi.
Umuman, innovatsiyalarning jamiyat hayotiga kirib borish jarayoni
diffuziya ko’rinishiga ega innovatsion xususiyatlar va harakat namunalarining
guruhdan guruhga ham mazkur jamiyatda, ham turli jamiyatlarning aloqasi
hisobiga ularning tarqalishi yuz beradi. Masalan, evropaliklar uchun nisbatan yangi
oziq-ovqat mahsulotlarining (kartoshka, kofe va boshqalar) kirib kelish taqdiri
shular jumlasidandir
11
.
Innovatsiyani
nafaqat natija, balki madaniyatlararo jarayon sifatida ko’rib
chiqish mumkin. Bu tarixiy munosabat bo’lishi mumkin, chunki innovatsiya yangi
ishlanmaning mavjud madaniyat doirasida tug’ilishi va tatbiq etilishi, lekin u yangi
darajaga ko’tarishi, mavjud chegaradan chiqarishi, yangi madaniyatga yo’l ochishi
mumkin. Lekin bu ham bir vaqt oralig’ida turli madaniyatlarning o’zaro ta’siridir.
Har ikkala holatda bu murakkab, qarama-qarshi jarayon bo’lib qoladi,
innovatsiyalar qabul qiluvchi madaniyat bilan kelishmasligi, unga mos kelmasligi
mumkin.
Agar innovatsiyalar real madaniyatda mavjud bo’lmagan yangi madaniyat
namunalarini
olib kelsa, bu holatda rivojlanishning quyidagi yo’llari ochilishi
mumkin:
1) innovatsiyalar madaniyatni boyitib, mavjud madaniy namunalarga
birikadi. Bu ijtimoiy innovatsiyalarni to’qnashuvsiz qabul qilinishidir. Yangisi
jamiyatga eski madaniy namunalardan voz kechmagan holda kirib keladi. Jamiyat,
asta-sekin, evolyutsion tarzda yangi namunalarni eski, odatiy namunalar bilan
taqqoslagan holda rivojlantiradi. Faqatgina etarlicha uzoq vaqt o’tgandan so’ng
kishilar eski, umri o’tgan shakllardan voz kechadilar va yangi, odatiy bo’lib
qolgan namunalarni butunlay qabul qiladilar. Bu – madaniy namunalarning
ijtimoiy moslashuvdagi evolyutsion turi
12
. Masalan, biz G’arbdan
bizga kelgan
yangi sport turlarini (masalan, deltaplanerizm) yoki musiqa sohasidagi
innovatsiyalarni (amerika djazi, og’ir rok va boshqalar) yaxshi qabul qilamiz.
Ayrim innovatsiyalar madaniy namunalarni siqib chiqarish, ularning o’rnini
egallash qobiliyatiga ega, lekin ularga birika olmaydi. Bu innovatsiyalarni
moslashtirishning
kreativ
turidir.
Masalan,
hozirgi
Rossiyadagi
bozor
munosabatlari (ijtimoiy-madaniy fenomen sifatida) mavjud rejalashtiruvchi davlat
Do'stlaringiz bilan baham: