6
qaramay, balki aynan shu so’z tufayli, «innovatsiya» so’zidan doim va hamma
joyda foydalaniladi, lekin turli kontekstlarda u umuman boshqacha ma’noga ega
bo’ladi. Masalan, «innovatsiya» tushunchasi, odatda yuqori texnologiyalarga
taalluqli yangi mahsulotlarni tatbiq etish jarayoniga tegishli bo’lishi mumkin. Bu
ma’noda u ko’p hollarda ixtiro bilan adashtiriladi.
Ushbu ikki tushunchani farqlash lozim: ixtiro faqat bozorga chiqqandan
so’nggina innovatsiyaga aylanadi. Aynan bir ixtiro turli innovatsiyalarga olib
kelishi mumkin. Masalan, muzlatgich foydali ixtirodir. Mahsulotlarni aynimagan
holda saqlovchi moslama sifatida u juda muvaffaqiyatli innovatsiyaga aylandi.
Lekin mahsulotlarning o’ta muzlab qolishining oldini olish imkonini beruvchi
qurilma sifatida muzlatgichni sotayotgan sotuvchi aynan shu ixtirodan yana bitta
innovatsiyani yaratishi mumkin edi
3
.
«Innovatsiya» so’zi yangi mahsulotlarni yaratish usulini ham anglatishi
mumkin. Biror yangi ishlanmani yaratuvchilar ko’pgina modellarni tizimga
solishga harakat qiladilar. Bu mazmunda «innovatsiya» va «ijodiyot» so’zlari
ayrim hollarda bir-birining o’rnini to’liq bosishi mumkin
4
.
Hozirgi jamiyatda innovatsiyalarni iste’mol qilish xaridorlarning ehtiyojini
qondiruvchi yangi manbalarni yaratishdir. Innovatsiya amaliyotda turli g’oyalarni
etkazib beradi va qo’llaydi, shu bilan birga nafaqat biror tashkilotda, balki tevarak-
atrofda ham, amaliyotda qo’llash xaridorning mahsulot yoki xizmatini o’zi aniqlab
olishini anglatadi. Innovatsiyaning yangiligi va qiymatini yangilik kirituvchi emas,
xaridor belgilaydi.
Innovatsiya tashkilot vazifasining maqomi, korxona bo’linmasining muhim
vazifasini bildiradi. Innovatsiya strategiyani ham qamrab oladi va shu sababli
“o’zgarishlarni boshqarish” tushunchasining sinonimi bo’lishi mumkin. Siyosatchi
tilida «innovatsiya» jamiyatning barcha qatlamlari intilishi lozim bo’lgan o’z-
o’zidan yaxshilikni anglatuvchi biror noma’lum ijtimoiy holatni ifodalashi
mumkin
5
.
Boshqa bilim sohalarida antropologiya, paleontologiyada «innovatsiya»
inson tabiatining o’ziga xos xususiyati sifatida ko’rib chiqilishi mumkin.
«Innovatsiya» tushunchasi ilk bor XIX asrdagi etnografik tadqiqotlarda paydo
bo’lgan va bir madaniyatning ayrim elementlarini boshqa madaniyatga kiritishni
anglatgan
6
. Uning bu ma’nosi hozirgacha etnografiyada saqlanib qolgan.
Hozirgi kunda innovatsiya tushunchasi keng ma’noda tizimning bir holatdan
ikkinchi holatga o’tishiga sabab bo’luvchi muhitga yangi barqaror elementlarni
tatbiq etuvchi maqsadli o’zgarishlarni belgilaydi
7
. Iqtisodiyotda innovatsiya
tushunchasi bozorda yangi yoki mukammallashgan mahsulotning sotilishiga olib
keluvchi innovatsiya faoliyatining yakuniy natijasini anglatadi.
Innovatsiya so’zi ko’proq adabiyotlarda uchraydi, televizorda eshitiladi,
reklama e’lonlariga kirib boradi, ta’lim muassasalarining o’quv rejasiga
Do'stlaringiz bilan baham: