O.X. Xamidov
TURIZM VA SERVISDA
INNOVATSIYALAR
(O’quv qo’llanma)
Toshkent - 2012
2
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
O.X. Xamidov
TURIZM VA SERVISDA
INNOVATSIYALAR
(O’quv qo’llanma)
Toshkent - 2012
3
KIRISH
Hozirgi kunda innovatsiya tushunchasi keng ma’noda tizimning bir holatdan
ikkinchi holatga o’tishiga sabab bo’luvchi muhitga yangi barqaror elementlarni
tatbiq etuvchi maqsadli o’zgarishlarni belgilaydi. Iqtisodiyotda innovatsiya
tushunchasi bozorda yangi yoki mukammallashgan mahsulotning sotilishiga olib
keluvchi innovatsiya faoliyatining yakuniy natijasini anglatadi.
Innovatsiya so’zi ko’proq adabiyotlarda uchraydi, televizorlar ekranida
eshitiladi, reklama e’lonlariga kirib boradi, ta’lim muassasalarining o’quv rejasiga
«Innovatsion menejment» va «Maishiy-madaniy xizmat ko’rsatish va turizmda
innovatsiya» fani sifatida kiritiladi.
Hozirgi jamiyatda innovatsiyalarni ishlab chiqish va tatbiq etish zarurati
G’arb mamlakatlari vakillari tomonidan yaxshiroq qabul qilinadi. Ammo MDHda
tadqiqotchilar past innovatsion faollikni ta’kidlamoqdalar. Bu personalni
boshqarish, turizm biznesida strategik sheriklik, sayyohlik bozorining davlat
tomonidan boshqarish, sayyohlikda marketing va shu kabilar.
Shubhasiz, turizm va xizmat ko’rsatish sohasidagi ko’rib chiqilgan
innovatsiyalar ro’yxati to’liq emas va o’z navbatida, qo’llanma keng qamrovli va
yagona bo’la olmaydi. Ushbu nashrning maqsadi talabalar va zamonaviy sayyohlik
sanoatidagi masalalar bilan qiziquvchi barcha kishilarda zamonaviy biznesning
zaruriy komponentlari, shuningdek, sezilarli ravishda o’zgarib borayotgan taraqqiy
etgan jahon va mahalliy sayyohlik biznesidagi asosiy yangiliklar haqida tasavvur
hosil qilishdir.
«Innovatsion menejment» fani bo’yicha o’quv qo’llanma bo’lsa-da, maishiy-
madaniy xizmat ko’rsatish va turizm bo’yicha qo’llanma mavjud emas deyish
mumkin. Mazkur qo’llanma hosil bo’lgan bo’shliqni to’ldirishga xizmat qiladi.
Turizm va xizmat ko’rsatish sohasini bevosita yorituvchi materiallar bilan
birga, mualliflar qo’llanmaga nafaqat ishlab chiqarish, balki maishiy-madaniy
sohalardagi innovatsion jarayonlarni kiritishni ham zarur deb biladilar. Xususan,
innovatsiya va innovatika nima, uning rivojlanish bosqichlari kabi savollar ham
ko’rib chiqiladi. Shu bilan birga qo’llanmada innovatsiyalarning turlari va hayotiy
davri masalalari ham yoritiladi, turli bosqichlarda innovatsion jarayonlarning
muvaffaqiyatiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarga innovatsiyalarning jamiyat hayotiga
tatbiq etilishiga yordam beruvchi yoki xalaqit beruvchi shaxsning innovatsion
faolligidan tortib madaniy xususiyatlarigacha ahamiyat beriladi. Innovatsiyalarni
tarqatish,
innovatsion
ziddiyatlar
va
innovatsion
jarayonni
faollashtirish
usullarining o’ziga xos xususiyatlari ko’rib chiqiladi.
Hozirgi kunda global ijtimoiy-iqtisodiy hodisa, ayrim hollarda juda kuchli
raqobat
sharoitida
ishlab
turgan
turizm
sayyohlik
korporatsiyalari
raqobatbardoshligining asosiy omili bo’lgan innovatsion jarayonlarga amal
qilishga sodiqlik darajasi bilan belgilanadi. Qo’llanmaning ikkinchi qismi
innovatsion jarayonlarga sodiq sayyohlik faoliyatining yetakchi yo’nalishlarini
yoritib beradi, shuningdek, ushbu innovatsiyalarning mazmuni, sabab va
oqibatlarini yoritib beradi. 6-11 boblarda sayyohlik sanoati, avtomatlashtirish
sohasidagi innovatsion jarayonlar va sayyohlik xizmatlarini tashkil qilish hamda
4
sotish jarayonini ma’lumot bilan ta’minlash, sayyohlik tarmog’ida ichki korporativ
o’zaro ishlarni tashkil qilish, shuningdek, nafaqat sayyohlik kompaniyalarining
tashkiliy tuzilmalarini o’zgartirish, balki ulardagi mavjud muammolarni hal qilish
muhim masaladir. Masalan, ularning 650 nafari o’z hayotini g’orlarda o’tkazgan.
Yozuvdan faqat so’nggi etmish yilda foydalanilgan.
Faqatgina so’nggi olti avlod bosma so’zdan foydalanish imkoniga ega
bo’lgan. Faqat so’nggi to’rt avlod hayotida kishilar vaqtni aniq belgilashni
o’rganganlar
1
. Hozirgi kunda axborot oqimi har 20 oyda ikki barobar ko’paygan.
Ixtiro paydo bo’lgan davrdan uni amaliyotga tatbiq etish vaqti juda tez
qisqarmoqda: qog’oz uchun bu 1000 yil; bug’ mashinasi uchun 80 yil; telefon
uchun 50 yil; samolyot uchun 20 yil; tranzistorli texnika uchun 3 yil; lazerlar
uchun yarim yil; fakslar uchun 3 oy.
E. Tofflerning fikricha, hozirgi dunyoning boshqa farqi, o’tmish iqtisodiyoti,
qishloq xo’jaligi yoki sanoatda qat’iy tuzilmalarda qotib qolgan, hozirgi iqtisodiyot
esa taraqqiy etuvchi, kaleydoskopik ravishda o’zgaruvchan amaliy faoliyatda
qo’llaniluvchi texnologik jarayonning takomillashuvidir.
Innovatsiya albatta texnik bo’lishi shart emas, balki ma’lum darajada
moddiy bo’lishi talab etilmaydi. U iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy bo’lishi mumkin.
Hozirda bu kabi innovatsiyalarning jamiyat uchun qiymati moddiy- texnik
innovatsiyaga ko’ra ancha yuqori. Misol tariqasida mahsulotlarning pulini
keyinroq berish yo’li bilan sotish kabi innovatsiyani olish mumkin, bu texnik
innovatsiya bo’lmasa-da savdo sohasini butunlay o’zgartirib yubordi. U bilan
ta’siri jihatidan uncha ko’p bo’lmagan texnik innovatsiyalarni taqqoslash mumkin.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |