O. X. Xamidov



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/54
Sana14.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#801057
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Bog'liq
portal.guldu.uz-TURIZM VA SERVISDA INNOVATSIYALAR 2

9
Пригожин А.И. 
Нововведения: стимулы и препятствия. - М.: Политиздат, 1989. - 101 с.
10
Ўша жойда, 34-35 б.


21 
o’z-o’zidan yangiliklar doim ham yangi texnik jihatdan qayta jihozlashni talab 
etavermaydi. Shu sababli yangi jihozlarni o’rganishda bir vatqning o’zida tegishli 
tashkiliy qayta qurishlarni rejalashtirishga to’g’ri keladi. Bu texnik yangiliklar 
qancha muhim bo’lsa, ular tashkiliy aloqa va me’yorlarda shuncha katta 
o’zgarishlarni amalga oshirishni talab etadi. 
Yangilikdan foydalanish foydalanuvchilarning guruh va shaxsiy sifatlariga 
ko’proq bog’liq. Chunki bunday yangiliklarning mazmuni ishchilarning 
harakatidagi yangi namunalarni tatbiq etish va kutish, ushbu harakatning ma’lum 
tebranishlar, har xillikdan (muayyan umumiy doirada bo’lsa ham) iborat, ular 
yangilikni kiritishga bog’liq. Ehtimol, so’nggisi qancha foydalanuvchilar bo’lsa, 
shuncha ko’p variantlarda amalga oshiriladi. 
Texnik yangiliklar holatida samaradorlikni hisoblab chiqish qiyinroq 
kechadi. Gap shundaki, tajriba, sinovlarni laboratoriya sharoitida emas, balki ishlab 
turgan ob’ektda o’tkazishga to’g’ri keladi. Ushbu yangilikni kiritishning umumiy 
natijalarini ajratib olishdagi qiyinchilik kelib chiqadi, ayniqsa gap yangi harakat 
namunasi yoki munosabat shakli haqida ketsa, “tayyorlash” bosqichining yo’qligi, 
bu texnik yangiliklardan qiyin kechadi. “Tayyorlash” jarayoni bu erda 
loyihalashtirish bilan to’qnashadi.
Bu innovatsion jarayonning bir tarmoqdan ikkinchiga chiqishining oldini 
olish imkonini beradi, yangilikni yaratish jarayonini tezlashtiradi. Ularni barcha 
bosqichlarda rivojlantirishdagi o’zigi xos mualliflik faolligiga yordam beruvchi 
ko’plab texnik yangiliklar bilan qiyoslaganda “ixtirochilik” tushunchasining o’ziga 
xosligi. Radikal boshqaruvdagi yangiliklar, odatda, jamoa tarzida ishlab chiqiladi 
va loyihalashtiriladi. 
Bu kabi yangiliklarning o’z qiymatiga egaligi. Yangiliklarni yaratish va 
tirajlashdagi mablag’lar, materiallar, jihozlarning nisbatan kam sarfi deganda, 
uning asl arzon ishlanmaligini tushunish shart emas. Bu yangiliklardagi 
o’zgarishlar predmeti aynan ishchilar, ularning holati, maqomi, odatlari, 
munosabatlari va boshqalar bo’ladi. Bu holatda yangilash uchun tanaffuslar 
natijasida yuzaga kelgan bosim, ba’zida esa ishchilar guruhi manfaatlari hisobidan 
to’lashga to’g’ri keladi. Albatta, bunda boshqa guruhlar yutib chiqishi mumkin. 
Lekin bu holatda “stress nuqtalari” texnik yangiliklardan ko’ra ijtimoiy 
yangiliklardan topiladi. Ko’p hollarda bu quyida ko’rib chiqiladigan innovatsion 
mojarolarga olib keladi. 
Ta’kidlab o’tish kerakki, moddiy-texnik va ijtimoiy ko’rinishdagi yangiliklar 
orasida o’zaro almashinuv ko’zga tashlanadi. Shunday qilib, mehnat samaradorligi 
yangi 
texnikani 
tatbiq 
etish, 
shuningdek, 
mehnatni 
tashkil 
qilish 
va 
rag’batlantirishning yangi usullari yordamida oshirilishi mumkin. Bir qator 
holatlarda so’nggilari ko’proq samara beradi va qiyoslab bo’lmaydigan darajada 
arzondir. 
Texnologik o’lchamlarga ko’ra, innovatsiyalar mahsulot va jarayonlarga 
bo’linadi. Mahsulot innovatsiyalari yangi materiallar, yangi yarimtayyor 
mahsulotlar va butlash qismlarini qo’llash, qat’iy yangi mahsulotlarni olishni o’z 
ichiga oladi. 


22 
Jarayon 
innovatsiyalari 
ishlab 
chiqarishning 
yangi 
usullari 
(yangi 
texnologiyalar) demakdir. Jarayon innovatsiyalari korxona (firma) tarkibida yangi 
tashkiliy tuzilmalarni tashkil etish bilan bog’liq. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish