18
Oltinchi bosqich yakuniy uni yangisi bilan almashtirish bilan bog’liq
bo’lgan yangi ishlanmani qo’llash ko’lamini qisqartirish bosqichi.
A.I. Prigojin fikricha, innovatsiya istalgan oraliq bosqichda to’xtab
qolgan
bo’lsa, u to’liq yakunlangan hisoblanmaydi. Agar faqat yagona variantda
ishlatilgan bo’lsa, u mahalliy darajada yakunlangan deb belgilanishi mumkin. U
so’nggi bosqich odatga kirib qolish bosqichiga etib bormagan bo’lsa, yakunlangan
bo’lmaydi, bu holat yangi jihoz ilk bor ishga tushirilgandan so’ng personalning
tayyor emasligi, konstruktsiyada kamchiliklar borligi va boshqa sabablarga ko’ra
doimiy tartibda ishlatilmaganligi sababli yuzaga keladi. So’nggi bosqichda ishdan
chiqish sabablari ilk bosqichlarga borib taqaladi, masalan, innovatsiyani asoslashda
xatolarga
yo’l qo’yilgan (shunday holatlar bo’ladiki, mahsulot sifatini
takomillashtirish uchun kerakli mehnat sharoitlari va shu kabilarni yaxshilash
o’rniga yangi nazorat organlari tashkil etiladi)
8
.
Innovatsiya mahsulot hayot davrida quyidagi bosqichlarni ko’rsatish
mumkin:
- «Fan» bosqichi:
fundamental tadqiqotlar, muammoni hal etishning nazariy
yondashuvlarini ishlab chiqish.
- «tadqiqot» bosqichi: tajriba tadqiqotlari va modellarni ishlab chiqish.
- «ishlab chiqish» bosqichi: loyihalashtirish, tayyorlash, sinash va yangi
ishlanmani etkazib berish.
- «ishlab chiqish» bosqichi: tayyorlash, etkazib berish, zaruratga ko’ra
iste’molchining ishxonasida montaj qilish va ishga tushirish.
- «iste’mol» bosqichi: iste’molchi
ish joyida ishlatish, xizmatlar ko’rsatish
hamda avariyasiz va tejamli foylanishni ta’minlash. Quyidagi bosqichlardan iborat
bo’lgan innovatsiya hayot davrining boshqa modelini ham keltirish mumkin
(Milou):
- yangi ishlanmaning konseptuallashuvi;
- innovatsiya bilan oldindan kelishish;
- manbalarni xarid qilish;
- innovatsion konsepsiyani amalga oshirish;
- natijalarni ommaga etkazish.
Ushbu konsepsiyaga binoan innovatsiyaning
boshlanish bosqichi va
tatbiq etish bosqichidan iborat ikki bosqichli jarayon kabi namoyon bo’ladi.
Boshlanish bosqichi, o’z navbatida, uch bosqichdan iborat:
- qo’shimcha bilimlar olishga bo’lgan qiziqish;
- innovatsion qurilmalarni shakllantirish;
- qaror qabul qilish.
Tatbiq etish bosqichi ikki bosqichdan iborat:
1) ilk tatbiq etish (yangi ishlanmani mahalliy ish joyida sinash bilan bog’liq);
2) innovatsiyadan foydalanish.
Agar bevosita turizm sohasi haqida gapiradigan bo’lsak, sayyohlik
mahsulotining innovatsion davri quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
- tadqiqot;
8
Пригожин А.И.
Нововведения: стимулы и препятствия. - М.: Политиздат, 1989, 30-31 б.
19
- tajriba;
- yangi xizmatlarni amalga oshirish va xizmat ko’rsatish jarayoniga
texnologik qayta ishlov berish uchun kadrlarni o’qitish;
- reklamani tashkil qilish va yangi sayyohlik mahsulotini sotish.
Do'stlaringiz bilan baham: