20
- Sanoat materiallari (xomashyo va tayyor mahsulot). Ijtimoiy yangiliklar
quyidagilarga bo’linadi:
Iqtisodiy (sayyohlik korxonasi ishchilar mehnatining me’yorini belgilash
va yangicha haq to’lash usullari, bozor talablariga moslashtirilgan strategik va
taktik
boshqaruv
ko’rsatkichlari
tizimlarini
ishlab
chiqish,
reklama
kampaniyasining samaradorligini ta’minlash).
Tashkiliy-boshqaruv (sayyohlik korxonasining yangi tashkiliy tuzilmalari,
gorizontal va vertikal o’zaro harakat shakllarini ishlab chiqish, sayyohlik firmasi
direktori rolini o’zgartirish, mehnat taqsimoti).
Ijtimoiy-boshqaruv, ya’ni sayyohlik korxonasi direktori va mehnat
jamoasi orasidagi munosabatlarni o’zgartirishga qaratilgan jamoa orasidagi
munosabatlar (asosan ishchilarning huquq va majburiyatlari bo’limlarida), qaror
qabul qilish shakllarini maqsadli ravishda o’zgartirish, gorizontal, bo’limlararo
o’zaro harakatni tashkil etish, kasaba uyushmalari va ishchilarning boshqa
birlashmalari rolini o’zgartirish.
Huquqiy. Asosan, sayyohlik bozorini tashkil etishning huquqiy
tamoyillarini o’zgartirish (litsenziya berish, sertifikatlash, standartlash), sayyohlik
sohasidagi mehnat munosabatlarini tartibga solish (personal malakasini oshirish,
xizmat pog’onasi bo’yicha ko’tarish), sayyohlik manbalarini muhofaza qilish
doirasidagi munosabatlar;
- pedagogik (o’qitish, tarbiyalash uslublari). Ijtimoiy-madaniy xizmat
ko’rsatish (servis) va turizm sohasi mutaxassislarining professional (kasbiy) ta’lim
olish doirasida, sayyohlik sanoati kadrlarini qayta tayyorlash, sayyohlik
korxonalari ishchilari va direktorati xodimlarining malakasini oshirish sohalarida
qo’llaniladi. Shunday qilib, ijtimoiy yangiliklar korxonada biror ishlanmani
o’zgartirish yoki ishchilarning ijodiy salohiyatini faollashtirishga yordam berish
imkonini beradi
9
.
Ba’zida iqtisodiy, tashkiliy, huquqiy yangiliklar “boshqaruv” tushunchasi
bilan birlashadi. Guruhlarga bo’lishning boshqa variantlari ham mavjud. Biz endi
ko’rib chiqadigan masalalar predmeti ko’proq ijtimoiy yangiliklar bo’ladi, shuning
uchun ularning o’ziga xos xususiyatlariga ko’proq to’xtalib o’tamiz
10
.
Ijtimoiy yangiliklarni amalga oshirish juda qiyin hisoblanadi, chunki
ularning parametrlari va natijalarining noaniqligi talab etiladigan o’zgarishlarni
faktik ravishda amalga oshirmagan holda imitatsiya qilish imkonini beradi.
Moddiy-texnik yangiliklar bilan qiyoslaganda ijtimoiy yangiliklarda quyidagilar
kuzatiladi:
Muayyan ijtimoiy munosabatlar, ish madaniyati bilan yaqinroq aloqa.
Xususan,
aynan
bir
xil
innovatsiyalar
nafaqat
turli
madaniyatga ega
mamlakatlarda, balki o’z madaniy yo’naltirilganligi bo’yicha juda yaqin
davlatlarda ham bevosita teskari samara berishi mumkin.
Keng qo’llash ko’lami, chunki texnik tomondan yangi ishlanmalarni tatbiq
etish kerakli boshqaruv, iqtisodiy va boshqa o’zgarishlar bilan birga keladi, lekin
Do'stlaringiz bilan baham: