O. X. Xamidov



Download 1,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/54
Sana14.07.2022
Hajmi1,58 Mb.
#801057
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54
Bog'liq
portal.guldu.uz-TURIZM VA SERVISDA INNOVATSIYALAR 2

 
 
 
 


43 
IV bob. INNOVATSION JARAYONNI FAOLLASHTIRISH
USLUBI 
4.1. Ijodiy fikrni faollashtirish usullari 
Innovatsiya havoda uchib yuruvchi g’oya emas. Shubhasiz, “anglash”ning 
natijasi bo’lgan yangi ishlanmalar mavjud. Lekin, odatda, ular tizimga 
tushirilmaganlik va tashkil qilinmaganlik bilan izohlanadi, ularni o’rganib 
bo’lmaydi va shuning uchun ularni qayta yaratish mumkin emas, ularni o’rganish 
mumkin emas. Bundan tashqari, bu kabi “anglashlar”, agar ular genial bo’lsa, 
odatda, juda kam uchraydi, ular muayyan innovatsiyaga aylantirish mumkin 
bo’lmagan g’oya bo’lib qolaveradi. Lekin zamonaviy dunyoda innovatsiyalarning 
roli shuncha kattaki, faqat ayrim ijodiy shaxslarga ishonish noto’g’ridir.
Bugungi kunda novatorlik ishi tashkil etilgan faoliyat, innovatsiya esa 
albatta 
boshqarilishi 
lozim 
bo’lgan jarayon sifatida ko’riladi. Barcha 
muvaffaqiyatli yangiliklarning 90 foizdan ortig’ini tahlil, tizim va tirishqoq 
mehnatga asoslangan yangiliklar tashkil etadi. Ularni muhokama qilish, tahlil 
qilish va misol tarifasida foydalanish mumkin. Shu sababli tashkilotlar innovatsion 
jarayonni tartibga solish tizimi va prostedurasini yaratishi lozim. Innovatsion 
faoliyatning asosini, shubhasiz, ijodiy fikrlash tashkil qiladi. Har qanday fikr kabi 
ijodiy fikr ham agar u tartibga solingan bo’lsa, yaxshi natija beradi. Shunday qilib, 
samarali bo’lishi uchun ijodiy, innovatsion fikr aniq maqsadga ega bo’lishi va aniq 
belgilangan qoidalar bo’yicha ishlashi lozim. Ijodiy fikrlashni tashkil etishning 
asosiy yo’llarini ko’rib chiqamiz. 
Yuqorida aytib o’tilgan yo’llardan biri aqliy hujum usulidir (u aqliy hujum
u breynstorming), u ijodiy faoliyatdagi barcha usullar otasi deb ataladi. Uni Aleks 
Osborn yaratgan. Ikkinchi jahon urushi davrida Amerika kemalaridan birining 
kapitani bo’lib, u jamoani palubaga to’pladi va barcha matros va zobitlarga, unvoni 
va darajasiga qaramay, yapon esminestlarining torpeda hujumlariga qarshi turish 
vazifasini hal etish bo’yicha o’z fikrlarini aytishni taklif qildi. Shunda matroslardan 
biri quyidagi fikrni aytdi. Yapon torpedasini ko’rishimiz bilan biz butun jamoa 
bilan torpeda uchib kelayotgan bort tomonga o’tamiz va unga qarab puflay 
boshlaymiz - dedi u. Shunda u mo’ljaldan, ya’ni kemadan boshqa tomonga ketadi. 
Bir qarashda bu fikr o’ta ahmoqona tuyulishiga qaramay, uning asosida 
keyinchalik brandspoytdek gidravlik apparat qurildi, u torpeda yaqinlashib 
kelayotgan tomonga kuchli suv oqimini yo’naltirar edi. Torpeda kemaga 
yaqinlasha bora tezligini yo’qotardi, suv oqimi uning traektoriyasini o’zgartirib 
yuboradi, bu esa torpeda kemaga tegishining oldini olish imkonini berardi. 
Urushdan keyin Osborn muhandis bo’ldi. 1953 yilda uning “Boshqariladigan 
tasavvur” nomli kitobi chiqdi. Osbornning iqtidori sababli aqliy hujum g’oyasini 
sotish bilan 50-60-yillarda AQSh hamda boshqa mamlakatlarda uning ko’plab 
izdoshlari paydo bo’ldi.
Metodika sifatida aqliy hujumning mazmuni quyidagilardan iborat. Agar siz 
ijodiy fikrlamoqchi bo’lsangiz, unda siz o’z fikrlaringizga to’liq erkinlikni berishni 
o’rganishingiz va ularni oldindan belgilangan oqim bo’yicha yo’naltirishga harakat 
qilmasligingiz kerak. Bu kabi fikrlash erkin assotsiatsiya qilish deb ataladi. Bu 


44 
holatda innovatsion jamoaning har qanday ishtirokchisi boshqa ishtirokchilar va 
o’ziga qanchalik ahmoqona tuyulmasin miyasiga kelgan ishlanmani gapiradi
18

Aleks Osborn aqliy shturmni muvaffaqiyatli amalga oshirishning to’rtta oddiy 
qoidasini aniqladi: 
Tanqid bundan mustasno. G’oyalar hujum vaqtida emas, balki keyin tanqid 
qilinadi. «Qoidalarga amalga qilmagan holda transportni boshqarish» qabul 
qilinadi. G’oya qanchalik ahmoqona bo’lsa, shunchalik yaxshi. Yangi g’oyani 
o’ylab topishdan ko’ra, yovvoyi g’oyaga ishlov berish osonroq. 
Bizga yana bering! G’oyalar qanchalik ko’p bo’lsa, yaxshi g’oya paydo bo’lish 
ehtimoli kattaroq bo’ladi. 
Umumlashtirish va yaxshilang. Jamoa a’zolari nafaqat yangi g’oyalar 
berishi, balki jamoaning boshqa a’zolari g’oyalarini yaxshilash, umumlashtirish 
yoki o’zgartirish yo’llarini taklif qilishi mumkin. 
Bu mashhur manifestdan tashqari Osborn yana quyidagi to’rt asosiy 
tamoyilni alohida ta’kidlab o’tgan. 
Ishga kirishing ruhlanishingizni kutib o’tirmang. Mashg’ulot maqsadiga, 
nimaga erishishni istagan jihatga e’tibor qarating. E’tiborli bo’ling, barcha jamoa 
a’zolari bir ishlanma haqida o’ylayotganligi hamda bir yo’nalish bo’yicha 
ketayotganligiga ishonch hosil qiling. Diqqatni jamlang hatto miyangizga 
g’oyalarga kelmasa-da, o’zingizni qo’lga oling.
Bundan ko’rinib turibdiki, g’oyalarni ishlab chiqish jarayonida erkinlik va 
cheklovlar yo’qligiga qaramay, aqliy hujum yaxshi rejalashtirilgan bo’lishi lozim. 
Lekin aqliy hujum yo’lini tan olish oson bo’lmadi. 60-yillarda o’tkazilgan 
laboratoriya tadqiqotlariga ko’ra, ushbu usul g’oyalarni ishlab chiqishning boshqa 
usullariga nisbatan uncha samarali emas. 50-yillarning oxirida esa «Repine» 
jurnalida aqliy hujum “axmoqlik” va “intellektual popkorn” deb atalgan maqola 
paydo bo’ldi. Ishbilarmonlar Osbornning g’oyalarini moliyalashtirishni to’xtatdilar 
va aqliy hujumga mavjud ommaboplikni qaytarish uchun yillar talab etildi. Erkin 
assotsiatsiyalardan foydalanib, ijodiy fikrlashni faollashtirishning boshqa usuli 
Artur Kestlerning bisostiastiya usulidir. 1964 yilda chop etilgan Kestlerning 
«Ijodiy harakat» nomli kitobi ijodiyot haqidagi ommabop adabiyotda muhim 
hodisa bo’ldi. Kestler o’z kitobini “rassomning hayoti, ilmiy yangilik va quvnoqlik 
tuyg’usining anglanilgan va anglanilmagan jarayonlarining” qisqacha tasnifi deb 
atadi. U “bisostiativ fikrlash” ni tadqiq qildi. Bisostiastiyaga eng oddiy misol so’z 
o’yini, bunda ong so’zning ikki ma’nosini bir vaqtning o’zida qabul qiladi. 
Bisostiastiyalarni maxsus tashkil qilib, buning uchun metaforalardan foydalanib, 
biz ijodni rag’batlantirishimiz mumkin. 
Kestler bilan deyarli bir vaqtda boshqa olim Eduard de Bono o’zining asosiy 
g’oyalarini chop ettirdi. U “har tomonlama yondashuv” deb ataladigan g’oyani 
taklif etdi. De Bono “me’yoriy” va “ijodiy” fikrlashni ajratib ko’rsatadi va ularning 
har biriga xos fikrlash jarayonini ta’kidlab o’tadi. Fikrlash jarayonlarida De Bono 
“vertikal yondashuv” va “har tomonlama yondashuvni” ko’rsatadi. 

Download 1,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish