O. X. Xamidov universitet rektori, rais


BOSHLANGʻICH TA‘LIMNING DOLZARB MASALALARINI HAL QILISHNING



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

BOSHLANGʻICH TA‘LIMNING DOLZARB MASALALARINI HAL QILISHNING 
SAMARALI YOʻLLARI 
Amonova A. X. Jondor 5-maktab
Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi 
Mamlakatimizda amalda boʻlgan uzluksiz ta‘lim tizimining hal qiluvchi bosqichlaridan sanaladi. 
Chunki ushbu bosqich oʻz mazmun-mohiyatiga koʻra, oʻquvchilarga fan yoʻnalishlari boʻyicha 
boshlangʻich bilimlar beradi. 
Shunday ekan, boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Davlat ta‘lim standarti boʻyicha bolalarning mantiqiy 
tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va oʻz-
oʻzini anglash salohiyatini shakllantirishga, erkin fikrlay olish, oʻzgalar fikrini anglash, oʻz fikrini ogʻzaki 
va yozma ravishda ravon bayon qila olish koʻnikmalarini egallashlariga erishishi lozim. Shu boisdan ham 
boshlangʻich sinflar oʻquv jarayonidagi bir xillikga barham berish dars jarayonini turli tumanligini, rang 
barangligini ta‘minlash maqsadida ilgʻor pedagogik va innovatsion texnologiyalarini keng joriy etishga 
moʻljallangan oʻquv-metodik qoʻllanmalarni yaratish va tadbiq qilish davr talabidir. Shu bilan birga dars 
jarayonida maxsus tayyorlagan multimediali ilovalardan, videolavhalardan, turli animatsion 
materiallardan foydalanib, oʻquv jarayoni tashkil qilinganda, oʻquvchilarning amaliy tafakkur va 
tasavvurlarini shakllantirishda mavzuga boʻlgan qiziqishlarini orttiradi va tez tushunib olishlariga 
imkoniyat yaratadi. Shuningdek, dars davomida oʻquvchilar charchab qolmasligi va zerikmasliklari uchun 
musiqali dam olish daqiqalari ham tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir. Xuddi shunday, boshlangʻich 
sinflarda matematika darslarida didaktik oʻyin va boshqotirmalardan foydalanish oʻquvchilarning 
mantiqiy fikrlash va hozirjavoblik qobiliyatlarini yanada rivojlantiradi. Umumiy oʻrta ta‘lim 
maktablarining boshlangʻich sinflarida oʻquv jarayonini axborot kommunikatsiya vositalaridan 
foydalangan holda shakllantirish oʻqituvchidan oʻquvchiga oʻqituvchining ishtirokisiz mustaqil tarzda 
amalga oshirish uchun zarur boʻlgan elementlarni, didaktik materiallarni berish (oʻquv masalalarini 
qoʻyish, amaliy predmetli mazmunini aniqlash, har bitta alohida amallarning bajarilishi boʻyicha 
namunalarni koʻrsatib berish, har bir harakat va amallarning bajarilishini nazorat qilib borish, masalaning 
yechilganligini, tugallanganligini baholash) uzluksiz tarzda ketma-ket kechadigan jarayondir. 
Boshlangʻich sinflarda kompyuterli oʻqitish – predmetlar muhitini elementlarini oʻzgartiruvchi va 
boyituvchi sifatida qaraladi. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarida aynan bunday yoshda bolaning aqliy 
qobiliyatlarini jadal rivojlanish jarayoni kechadi, uning intellektual salohiyatini rivojlanishi uchun 
fundament yaratiladi. Oʻquv jarayonida pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalaridan 
foydalanish boshlangʻich ta‘limning dolzarb masalalarini samarali yechish uchun imkoniyat yaratadi, 
jumladan: 
 
oʻquv jarayonini qiziqarli va mahsuldor qilish hisobiga oʻquvchida materialni anglab 
olish motivatsiyasi ortadi; 
 
mustaqil ishlash va oʻzini-oʻzi nazorat qilish koʻnikmasi rivojlanadi; 
 
darsning samaradorligini va har bir oʻquvchining oʻzlashtirishini ta‘minlaydi; 
har bir oʻquvchining fikrlashini, bilish hissiyotini, maqsad sari intilishlarini, ma‘naviy 
tasavvurlarini rivojlantirish hisobiga umumiy faol rivojlanishga erishiladi; 
 
sinfdagi barcha bolalarning faol ishlashi ta‘minlanadi. 


76 
Innovatsion va axborot texnologiyalarini ta‘lim jarayoniga tadbiq qilishni zamonaviy axborot 
dunyosining rivojlanishidagi mantiqiy va zaruriy qadam deb xarakterlash mumkin. Kompyuterlarning 
oʻquv jarayoniga jadal kirib kelishi pedagoglar hayotida misli koʻrilmagan darajada oʻqitishning yangi 
turlarini, shakllarini keltirib chiqardi. Boshlangʻich ta‘limda axborot texnologiyalaridan foydalanish ikkita 
asosiy masalani yechish bilan bogʻliq: bolalarni yangi texnikaviy vositalardan foydalanishga oʻrgatish va 
oʻquvchilarning oʻqish va oʻqishdan tashqari faoliyatida yangi imkoniyatlarini ochish va takomillashtirish 
maqsadida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish. 
Darslarda axborot texnologiyalaridan foydalanish pedagoglar oldiga quyidagi talablarni qoʻyadi: 
 
zamonaviy pedagog kompyuterdan foydalanishni bilish; 
 
kompyuter yordamida oʻqitish vositalaridan foydalana olish va uni oʻquv jarayoniga 
tadbiq qilish koʻnikmalariga ega boʻlish; 
 
oʻz bilimini kompyuterli oʻqitish boʻyicha doimo takomillashtirib borishi va h.k. Xulosa 
qilish kerakki, boshlangʻich ta‘lim oʻqituvchisi ta‘lim-tarbiya ishlarini yuqori 
 
saviyada tashkil qilish: 
 
mashgʻulotlarni davlat ta‘lim standartlariga muvofiq holda tashkil qilish va olib borish; 
 
darslarni zamonaviy pedagogik usullar va AKT vositalari asosida tashkil qilish; 
 
ta‘limni tarbiya bilan uzviy holda olib borish, oʻquvchilarning ma‘naviy-ma‘rifiy ongini 
shakllantirish va h.k. kabi vazifalarni oqilona hal etish lozim. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish