O. X. Xamidov universitet rektori, rais


BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI IMKONIYATI ChEKLANGAN BOLALARNI



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNI IMKONIYATI ChEKLANGAN BOLALARNI 
IJTIMOIYLASHTIRISH FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING INNOVATSION YONDASHUV 
Ziyodullaeva F. A.
Shofirkon 8-maktab psixologi 
Sharqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn 
Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshgʻariy, Kaykovus, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, 
Muqimiy, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko‘plab olim va yozuvchilar 
bu masalalar yuzasidan o‘zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlarki, ular hozirgi zamon 


79 
pedagogika fani uchun ham katta ijtimoiy va mafkuraviy ahamiyatga egadir. Sharq mutaffakirlarining 
barchasini gʻoyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo‘lganki, ular shaxs ahloqiy tarbiyasi va kamolotida 
mehnat tarbiyasining rolini yuqori qo‟yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida mehnat 
tarbiyasining yo‘naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e‘tibor berganlar. Defektologiya 
fanining asoschisi L.Vigotskiy esa mehnat va o‘qitishning maxsus usullari nogironlikni engish uchun 
muhim qurol deb hisoblagan. 
O‘zbekiston Respublikasining "Ta‘lim to‘gʻrisidagi" Qonunining 23- moddasida "Jismoniy va 
ruhiy rivojlanishida nuqsoni mavjud, shuningdek uzoq vaqt davolanishga majbur bolalar va o‘smirlarni 
o‘qitish, ularni tarbiyalash uchun ixtisoslashtirilgan ta‘lim muassasalarni tashkil etilishini e‘tirof qilinishi 
ham muhim ahamiyatga molikdir. Imkoniyati cheklangan bolalarni sifatli ta‘lim bilan qamrab olish 
hamda jamiyatning turli munosabatlarida faol ishtirokini ta‘minlash uchun pedagoglarning innovastion 
faoliyat olib borishi dolzarb sanalmoqda. Chunki zamonaviy yondashuvlarni o‘z vaqtida anglab, o‘z 
faoliyatiga moslashtirgan holda tatbiq etishi sogʻlom bolalar qatorida nogiron bolalarning ham 
ijtimoiylashuviga samarali erishish imkoniyatini kengaytiradi. Zamonaviy yondashuvlar sirasiga 
AKTdan, muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi interfaol usullardan foydalanish, o‘z-
o‘zini baholash va o‘z-o‘zini nomoyon qilishning turli shakllari va vositalarini o‘quvchilarga o‘rgatishga 
yo‘naltirilgan trening mashgʻulotlari va boshqalar kiradi. 
Sanab o‘tilgan omillarni malaka oshirish kurslarida bevosita o‘qituvchilarning ishtirokida tashkil 
etilgan jarayonlarda egallanishi o‘z samarasini berayotgani sir emas. Chunki malaka oshirish kruslarida 
nechogʻlik zamonaviy usullar va vositalardan foydalanishga erishilsa, shunchalik pedagog o‘z faoliyatini 
tahlil qilgan holda yangiliklarni engil o‘zlashtiradi. Maxsus ta‘lim o‘qituvchilari kurslarda modul tizimi, 
dasturli ta‘lim, hamkorlikdagi ta‘lim kabi texnologiyalarga asoslangan mashgʻulotlarda kerakli kasbiy 
ko‘rsatmalarni o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. Har bir kurs o‘qituvchilarga nogiron bolalar 
bilan ishlashning turli usul va vositalarini o‘zlashtirishga qaratilgan topshiriqlar bilan boyitilgan. 
Bundan tashqari maxsus ta‘lim muassasalarida har bir bola bilan yakka tartibda ishlashga 
qaratilgan korrekstion mashgʻulotlarni interfaol usullar yordamida tashkil etish ko‘nikmalarini 
o‘zlashtirmoqdalar. Ta‘lim jarayonida yakka tartibda yondashish, tabaqalashtirilgan topshiriqlarga 
asoslanish kabi muhim omillarning didaktik imkoniyatlarini o‘zlashtirish uchun darslarning 
moderastiyalari tashkil etilmoqda. 
―Yakka tartib‖ mohiyati shuki, darsda bir o‘quvchi va bir o‘qituvchi faoliyat yuritib, darsga 
qo‘yiladigan talablar bolaning imkoniyatidan kelib chiqqan dasturlar asosida olib boriladi. Qanchalik dars 
yakka tartibda tashkil etilmasin, bu jarayon boladan muloqot va mehnat talab qiladi. Oilada bunday 
bolalarga raxm qilish, ularni avaylash munosabati shakllangan bo‘ladi. Shu sababli bunday bolalar doim 
yaqinlarining qo‘llab-quvvatlashlariga o‘rganib qoladi. Bunday bolalarni muloqotga, mehnat (o‘qish, 
o‘rganish, bajarish, ishtirok etish, tinglash, harakatlanish) qilish, mehnat natijasida manfaat 
(baholanish)ga o‘rgatish maxsus ta‘lim o‘qituvchilaridan tizimli faoliyat va mashaqqatli mehnatni talab 
qiladi. Dars jarayonida kerakli natijaga erishish uchun o‘qituvchilar o‘qitishning faol usullarini 
qo‘llashlari kerak bo‘ladi. 
Hozirgi kunda maxsus ta‘lim o‘qituvchilarining AKT dan foydalanish, manbalar bilan ishlash, dars 
uchun kerakli didaktik vositalarni tayyorlash tajribalarini egallashlari talab etilmoqda. Buning uchun 
o‘qituvchilar o‘qitishning zamonaviy usullari hamda vositalaridan foydalanishning o‘zga xos 
tamoyillarini bilishi lozim. O‘qituvchilar zamonaviy o‘quvchi-shaxsni o‘qitar ekan, unga shu zamon 
nafasi bilan to‘yintirilgan muhitni tashkil etishi kerak. Buning uchun ular innovastion yondashuvlarni 
odatiy hol, qilish kerak bo‘lgan vazifa deb tan olishga o‘rganishi lozim. Aynan shu vaziyat o‘qituvchilarni 
yangiliklardan cho‘chimaslikka undaydi. 
Har bir o‘qituvchilar ongida quyidagi fikrlarni saqlashi muhimdir: 
innovastion faoliyat zamonaviy o‘qituvchining imiji; 
hozirgi kun o‘quvchisini zerikarli dars bilan ta‘limga qiziqtirib bo‘lmaydi;
-interfaol usullar bolalarni o‘zaro muloqotga samarali tayyorlash omili;
-har bir o‘qituvchi innovastion faoliyat egasi bo‘lishi lozim. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish