78
2-3-4-sinflarning o'qish darsligida tarix faniga oid quyidagi tarixiy atamalar bor. Notiq-nutq
so‘zlovchi, gapga usta, taqvim-kun, oy, yilning joylashish tartibi, riyoziyot-matematika, falakiyot-
astranomiya, rasta-do‘konlar qatori, movut-o‘ng tomoni silliq jun mato, Nesa-hozirgi Ashxabod shahri,
handasa-geometriya, otalig‘i-tarbiyachisi, afv-kechirim, uzr, ajnabiy-chet ellarga yoki chet elliklarga oid,
xorijiy, ark-xon saroyining mustahkamlangan qismi, saroy, bandi-asir tushgan odam, tutqun, bekvachcha-
bekdan tug‘ilgan bola, bekzoda, donishmand-ko‘p narsani biladigan, bilimdon, olim,dono, Doro-Eron
davlatining podshohi, faqirona-hech narsasi yo‘q, kambag‘al, firqa-guruh, to‘da, fuqaro-biror
mamlakatning doimiy kishisi, go‘sha-odamlar nazaridan uzoq yer, ovloq joy, turar joy, hakim- o‘tkir
tabib, shifokor, imon-ilohiy kuchga bo‘lgan ishonch, e‘tiqod, ittifoq- guruh, jamiyat yoki davlatlarning
birlikda ish olib borishi uchun tuzgan birlashmasi, uyushma, ko‘hna-uzoq o‘tmishdan davom etib
kelayotgan, qadimiy, lavozim-amal, mansab, manzil-safarda yo‘lda to‘xtab o‘tiladigan yoki yetib borish
mo‘ljallangan joy, marsiya-biror shaxs vafoti munosabati bilan uning xotirasiga bag‘ishlab yozilgan
motam she‘ri, maxdum-ulamo va ruhoniylar unvoni va shu unvonga ega bo‘lgan kishi, mirzaboshi-o‘zbek
xonliklarida mirzaxona boshlig‘i, navkar-feodal hukmdorlarning harbiy xizmatkori, askari, qaroqchi-
yo‘lto‘sar, sarbon-karvonboshi (ko‘chma ma‘noda yo‘lboshchi), suvoriy-ot mingan kishi, otliq, ulamo-
olim, olimlar, zobit-ofitser, Shiroq-sak qabilasidan chiqqan cho‘pon yigit podachi, padari buzrukvori-
ulug‘ hurmatga loyiq ota, Bobur-yo‘lbars, amiralmo‘minin-qadimgi davrdagi xalifalar unvoni, arkoni
davlat-saroy hodimlari, bir miri-besh tiyin, bir tanob-qadimda 39,9 metrga teng o‘lchov birligi, farmon-
buyruq, farmonbardor-amr qiluvchi buyruq beruvchi, gerb-davlat, shahar, tabaqalarning bayroq, pul,
muhrlarida tasvirlangan alohida farqli belgisi, gubernator-viloyat hokimining nomlanishi, hammol-
yollangan ishchi, jilovdor-otlarga qarash uchun ajratilgan askar, kumer-yunker-saroy ahllariga beriladigan
quyi unvon, usturlob-osmon jismlarini o‘rganuvchi asbob, chaqirim-1,06 kilometrga teng uzunlik
o‘lchovi. Boshlang‘ich sinflarning o'qish darsliklarida berilgan tarix faniga oid atamalar o‘quvchilarning
tarixiy atamalar haqidagi dastlabki tasavvurlarini shakllantirishda katta ahamiyatga ega. O'qish darslarida
darslikda berilgan mavzuga oid rasmlardan foydalanish o'quvchilarni tarix faniga qiziqtirishda yaxshi
natija beradi. O‘qish darsliklarida berilgan tarix faniga oid rasmlardan o‘quvchilar o‘sha davr tarixiy
voqea-hodisalari, inshootlari, odamlarning kiyinish madaniyati, turmush tarzi va o‘sha davr ijtimoiy
hayoti haqidagi tarixiy tasavvurlarga ega bo‘ladilar. Rasmlar o‘quvchilarning nutqini o‘stirishga, ularni
mustaqil fikrlashga o‘rgatadi. Darsda o‘quvchilar u yoki bu rasmni kuzatadilar. Rasm yuzasidan savol-
javob o‘tkaziladi. Rasm mazmuni hikoya qildiriladi va o‘rganilayotgan mavzuga bog‘lanadi.
Innovatsion texnologiyalarni darsda qo‘llash natijasida o‘quvchilarning o‘tilgan mavzularni yodga
olishiga, mantiqan fikrlab, berilgan savollarga mustaqil ravishda to‘g‘ri javob berishiga va o‘z-o‘zini
baholashga erishiladi. O‘quvchilarda dars jarayonida mantlar bilan ishlash, o‘rganilgan ma‘lumotlarni
yodda saqlab qolish, so‘zlab bera olish, fikrini erkin bayon eta olish, tanqidiy mushohada ko‘nikmasi
rivojlanadi. Shaxs, narsa yoki hodisalarning ijobiy hamda salbiy tomonlari yoritiladi, munosabat
shakllanadi, bilimlar mustahkamlanadi. Hamkorlikda ishlash ko‘nikmasi hosil qilinadi, birgalikda
bajarishning mohiyatini anglash, do‘stona munosabat, bir biriga yordam berish va jamoada ishlash
shakllantiriladi. O‘qish darslarida bolalarning ijodiy faolligini oshirish uchun o‘quvchilarning o‘qigan va
kuzatgan ma‘lumotlari asosida asarni sahnalashtirish, hikoya qilish, og‘zaki hikoyalar tuzish, rollarga
bo‘lib o‘qish, tanlab o‘qish kabi topshiriqlarni bajartirish foydalidir. 1-sinf o‘qish darsida multimediadan
foydalanib dars o‘tish o‘quvchilarning amaliy tafakkur va tasavvurlarini shakllantirishda mavzuga
bo‘lgan qiziqishlarini orttiradi va tez tushunib olishlariga imokiniyat yaratadi. 1-sinf o‘qish darslari
multimediasida taqdim etilgan didaktik o‘yin va boshqotirmalar o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash va
hozirjavoblik qobiliyatlarini yanada rivojlantiradi. Demak dars jarayonida multimediadan foydalanish
o‘quvchilarda homkorlikda ishlash, mustaqil izlanish, erkin fikrlash va muammoli vaziyatlarning
yechimini topa olish ko‘nikmalari shakllanadi. Darslarning yangicha yondashuvlar asosida tashkil etilishi
―O‘qish‖ fanini o‘qitishning sifat va samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: