O. X. Xamidov universitet rektori, rais


Integrastiyaning foydali va zararli tomonlarini tahlil qilamiz



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

Integrastiyaning foydali va zararli tomonlarini tahlil qilamiz. 
Didaktikaning muhim tamoyillaridan biri ta‘limning tizimlilik tamoyilini qo‘llashga imkon 
beradi. 
Mantiq, gipkost, kritichnostni rivojlantirib fikrlashni rivojlantirish uchun optimal shartlar 
yaratadi. 
O‘quvchining dunyoqarashini tizimli, o‘quvchi shaxsini garmonik riojlantiradi. 
Ko‘predmetlilik kamayadi, fanlararo aloqalar kengayadi va chuqurlashadi, katta hajmda bilim olishga 
imkoniyat paydo bo‘ladi. 
O‘quvchining faoliyatini aktivlashtirishga yordam beradi, ijodkorlikni rivojlantiradi, 
oʻquvchini o‘rganish motivining usuli bo‘ladi. 
Integrastiyallangan yondoshuv o‘qituvchidan yuqori pedagogik mahorat, uning ta‘limining 
universalligi talab etiladi. 
Zararli tomonlarga quyidagilar kiradi: darsning quyuqlashishi oshadi, darsga tayyorgarlik ko‘rish 
uchun ko‘p vaqt ketishi, ayrim hollarda detallashtirishning bo‘lmasligi. 


74 
Integrastiyallangan ta‘limning foydali va zararli tomonlarini o‘rganib quyidagi xulosaga keldik: 
shunga qaramasdan integrastiyada bolalarning ta‘lim olishiga imkon beruvchi texnologiyalarining 
mavjud. 
Ta‘lim integrastiyasining imkoniyatlari bu tor ma‘noda axborotli mutaxassis tayyorlash uchun 
sharoit yaratish, ijodiy shaxsi esa dunyoni to‘la bilish va sostial va proffessional sferada aktiv ishtirok 
etish layoqati shakllanadi. Ta‘lim tizimi insonga katta talab qo‘ymoqda, shu sababli ta‘lim sifatiga va 
o‘qituvchining dars o‘tish sifatini tinmay oshirish vazifasi, berilgan bilim sifati va boshqa predmetlar 
orasidagi aloqalar integrastiyallangan ta‘lim hisobiga amalga oshiriladi. 
BOSHLANGʻICH SINF ONA TILI DARSLARIDA OʻQUVCHILARNING NUTQINI 
RIVOJLANTIRISH 
Raxmanova D.K.Xorazm viloyati Urganch shahar
7- sonli maktabning Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi 
Oʻquvchilarning ona tiliga oid bilim, koʻnikma va malakalari ular oʻquv mehnatining asosiy 
vositasidir. Oʻquvchilar oʻqish koʻnikmalarini egallashlari uchun birinchi navbatda ona tili boyliklarini 
har tomonlama chuqur oʻzlashtirishlari kerak. Chunki nutq boyliklari oʻquvchilarning nutqi bilan bir 
qatorda, aql-idrokini ham rivojlantiradi. Ona tiliga xos boʻlgan nutq boyliklarini egallamasdan turib shaxs 
jamiyat hayotiga toʻlaqonli ishtirok etishi, kundalik ijtimoiy faoliyati va ishlab chiqarish jarayonida 
oʻzaro hamkorlik muhitini oʻrnatishi, oʻz xalqiga xos boʻlgan san‘at va madaniyat boyliklarini 
oʻzlashtirishi mumkin emas. 
Shuning uchun ham, ayniqsa, boshlangʻich sinf oʻqituvchilari oʻquvchilarning ona tili boyliklarini 
oʻzlashtirishlariga alohida e‘tibor qaratishlari talab etiladi. Agar oʻquvchilar oʻz xalqiga xos boʻlgan nutq 
madaniyatini qanchalik erta egallashsa, maktab dasturidagi bilim, koʻnikma va malakalarni shunchalik tez 
va puxta egallashga muvaffaq boʻladilar. Chunki nutq boyliklari oʻzaro muloqotda ona tili 
imkoniyatlaridan samarali va oʻrinli foydalanigsh imkoniyatini beradi. 
Boshlangʻich ta‘lim jarayonida ona tili boyliklarini samarali oʻrgatishning qulay metodlari va 
texnologiyalari amaliyotga koʻproq joriy etilmoqda. 
Oʻquvchilarga ona tili boyliklarini oʻrgatish natijasida ularda oʻz fikrini grammatik jihatdan aniq 
bayon qilish, stilistik me‘yorlarga amal qilgan holda fikr ifodalash va muloqotdoshining fikrini anglash, 
oʻz 
fikrini ogʻzaki tarzda mazmunli va ohangga rioya qilgan holda bayon qilish, imlo qoidalarini 
buzmagan holda oʻz fikrini yozma tarzda ifodalash yetarlicha asos yaratadi. 
Oʻzaro munosabatlarga kirishish orqali hamkorlik qilish madaniyatni oʻzlashtirishning yagona 
yoʻlidir. Oʻquvchilar maktabga qadam qoʻygach ilk bor bilimlarni tizimli tarzda oʻzlashtirishlari uchun 
qulay boʻlgan pedagogik vaziyat vujudga keltiriladi. Buning uchun oʻqituvchi oʻquvchilarni oʻquv 
hamkorligining yangi shakliga jalb etishi lozim. 
Koʻpgina mutaxassislar oʻqituvchining oʻquvchilar bilan hamkorligining oʻziga xos xususiyatlari 
oʻquv mayllari va oʻquv jarayonining samaradorligiga bevosita ta‘sir koʻrsatadi deb hisoblaydilar. 
Mazkur fikrni J.Gʻ.Yoʻldoshev, A.I.Bojovich, V.Ya.Lyaudis, A.A.Lyublinskaya, D.B.Elkonin kabi 
mutaxassislar alohida qat‘iyat bilan ilgari surganlar. Bunday aloqadorlik oʻz navbatida oʻquvchilarga 
jiddiy ta‘sir koʻrsatadi. 
Oʻquv hamkorligi muammosi bilan V.Ya.Lyaudis, M.S.Soloveychik, G.A.Sukerman kabilar ham 
jiddiy shugʻullanganlar. Taniqli mutaxassis G.A. Sukerman oʻquv hamkorligining oʻziga xos jihatlarini 
tahlil qila turib uning muhim jihatlarini ajratib koʻrsatgan edi. 
Oʻqituvchi bilan oʻquvchi hamkorligini tashkil etish shunday vaziyatlarni yaratadiki, ta‘lim 
jarayoni sub‘ektlari uchun reproduktiv faoliyat koʻrsatish imkoniyatlari cheklanib, ular oʻzaro 
munosabatlar va oʻquv harakatlarini amalga oshirishning yangi usullarini mustaqil tarzda izlashga 
kirishadilar. Oʻqituvchi bilan oʻquvchilarning hamkorligi ta‘lim oluvchilarni tayyor namunalardan 
foydalanishni talab qiladigan vaziyatlarni farqlash, ularni yangi namunalarni yaratishga undovchi 
vaziyatlarga olib kirish koʻnikmasini shakllantiradi. Buning natijasida oʻquvchilar yangi vazifalarni 
yechish shartlarini mustaqil aniqlashga muvaffaq boʻladilar. 
Kuzatishlarimiz natijasida oʻquv hamkorligi jarayonida quyidagi tendensiyalar mavjudligini 
aniqlashga erishdik. Shu narsa ayonki hamkorlik jarayonida barcha oʻquvchilarda tashabbuskorlik 
darajasining pasayganligi kuzatilgan. Bu oʻqituvchi bilan oʻquvchilar orasida vazifalarning taqsimlanishi 
bilan bevosita bogʻliqligi ayon boʻldi. Oʻqituvchi bilan oʻquvchilar orasidagi oʻzaro munosabatlarning 
izchil tarzda oʻzaro hurmat va tinglash talabiga rioya qilish asosida tashkil etilishi pedagogdan sherik 


75 
mavqeini egallash, mazkur vaziyatda bajarilishi zarur boʻlgan barcha ishlarni mustaqil bajarishni talab 
etadi. Bu oʻrinda oʻqituvchi oʻquvchilarini oʻz zimmalaridagi vazifalarni mustaqil tarzda bajarishga 
undashi lozim. 
Oʻquv hamkorligining asosiy muammosi oʻquvchilarning oʻqituvchi harakatlarini mos tarzda 
baholay olmasliklarida emas, shaxsiy layoqatlarini ham toʻliq baholash tajribasiga yetarlicha ega 
emasliklaridadir. Bu oʻrinda asosiy muammo shundaki, oʻquvchilar nafaqat oʻqituvchi bilan hakkorlikka 
kirisha olmasliklarida, balki oʻzlari qaror qabul qilishlari va baholashni oʻrganishlaridadir. 
Shaxsga yoʻnaltirilgan ta‘lim jarayonida oʻquvchilar bilan hamkorlikda ishlash oʻqituvchi hamda 
oʻquvchilar orasida hamkorlik oʻrnatilishini talab etadi. Oʻqituvchi va oʻquvchilarning oʻquv hamkorligi 
jarayonidagi faoliyatlari pedagog ular bilan oʻz munosabatlarini ixtiyoriy harakatlar asosida tashkil 
etganida emas, balki ular bilan mahsuldorlikka asoslangan oʻzaro harakatlar asosida yoʻlga qoʻyganida 
oʻz nuqtai nazarlarini oʻquvchilarniki bilan muvofiqlashtirganida toʻgʻri yoʻlda qoʻyiladi. 
Oʻqituvchi bilan oʻquvchilar orasidagi koʻtarinki hamkorlik ular oʻzlari uchun umumiy boʻlgan 
narsalar va vaziyatlar bilan bogʻliq tarzda faoliyat koʻrsatganlarida vujudga keladi. Shundagina ular 
orasidagi hamkorlik yagona mazmun-maqsadga ega boʻladi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish