O. X. Xamidov universitet rektori, rais



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

 
 
 
 
 


72 
BOSHLANGʻICH SINFLARDA FE‘L SO‘Z TURKUMINI INTERFAOL METODLAR 
YORDAMIDA O‘RGATISH 
Polvonova G.S. Xorazm. Viloyati. Urganch. Shahar. 
 7-sonli. maktabning. “Ona tili va. Adabiyot”. fani. o‟qituvchisi 
Boshlangʻich sinf ona tili ta‘limida so‘z turkumlarini o‘rganish katta va salmoqli o‘rin egallaydi. 
Shu jumladan, ―Fe‘l‖ so‘z turkumini o‘rganish jarayoni ham. ―Fe‘l‖ so‘z turkumini o‘rganish jarayonida 
o‘quvchilarning lugʻati harakatni bildiruvchi so‘zlar bilan boyitiladi, ular adabiy-orfoepik talaffuz 
me‘yorlarini egallaydi, imloviy savodxonligi shakllanadi, ogʻzaki va yozma bogʻlanishli nutqi o‘sadi. 
O‘zgalar fikrini anglay olish, o‘qiganlarini o‘zlashtirish, o‘z fikrlarini boshqalarga erkin, tushunarli qilib 
etkaza olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 
―Fe‘l so‘z turkumi‖ ni o‘rganishda ham pedagogik texnoligiyalar asosini tashkil etuvchi interfaol 
metodlarni tatbiq etish lozim. 
Quyida boshlangʻich sinf ona tili darslarida qo‘llash mumkin bo‘lgan ayrim interfaol metodlar 
haqida to‘xtalamiz. 
―Fe‘l‖ so‘z turkumini o‘rganishda ―Aqliy hujum‖ metodidan foydalanish o‘quvchilarning keng va 
har tomonlama erkin fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilishga yordam beradi. 
―Aqliy hujum‖ uchun tanlangan muammo butun sinf jamoasiga yakka tartibda bajarishga yoki 
juftliklarga ajratib bajarishga, kichik guruhlar o‘rtasida bajarishga mo‘ljallananadi: ―Aqliy hujum‖da har 
qanday savol o‘rtaga tashlanavermaydi, u o‘quvchilarni fikrlashga undaydigan, masalaga turlicha 
yondoshishni taqozo etadigan, keng fikr yuritish mumkin bo‘lgan savollar bo‘lishi kerak. 
3-4 sinfda ―Fe‘l‖ so‘z turkumini o‘rganishda quyidagicha savollardan foydalanish mumkin: 
1.Fe‘llar boshqa so‘z turkumlaridan nimasi bilan farq qiladi? 
Fe‘llar oladigan qo‘shimchalar qanday ma‘nolarni bildiradi? 
Fe‘llar qaysi qo‘shimchalar bilan qo‘llanadi? 
Fe‘llardagi –k, -ng, -ngiz, -m qo‘shimchalari qanday ma‘nolarni bildiradi? 
Fe‘lning bo‘lishli va bo‘lishsiz shakli orasida qanday o‘xshashlik va farqlar bor? O‘quvchilarda 
―Aqliy hujum‖ orqali ―Fe‘l‖ lar yana boshqa qo‘shimchalar bilan ham 
qo‘llanar ekan. Ular qanday qo‘shimchalar ekan? – degan qiziqish paydo bo‘ladi. 
Ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchining savoli o‘quchilar bilish qobiliyatlarini boshqarish vositasidir. 
Savollar qaysi ma‘noda qo‘llanilishiga qarab o‘quvchilarni ilgarilab borishga, bilimlar sari intilishga 
undaydi. 
O‘quvchilar ―Aqliy hujum‖ orqali fikrlarning qadr-qimmatini, umumiy tushunish va tasavvurni 
rivojlantirishga o‘z hissasini qo‘shishini anglab boradilar. 
―Fe‘l‖ so‘z turkumini o‘rganishda ―Ortiqchasini ajrat‖ metodidan foydalanish mumkin. 
Bunda o‘quvchilarga ―Fe‘l‖ so‘z turkumidagi so‘zlar ichiga boshqa turkumdagi so‘zlar aralashtirib 
beriladi. O‘quvchilar ular ichidan boshqa turkumdagi so‘zlarni ajratib olishadi va nima uchun ajratib olish 
sababini izohlab beradi. Bu usulni kartochkalar yordamida amalga oshirish mumkin. Ortiqchasini 
ajratishganidan so‘ng so‘zlarni husnixat bilan daftarga yozadi. 
Quyida berilgan topshiriqlardan namunalar keltirilgan: 
1.Quyida berilgan fe‘llar ichidan ortiqchasini ajrating va izohlang: 
O‘qidi, ishladi, gulladi, sevindi, yuvundi, ko‘k, ta‘minlandi, daraxt. 
Quyidagi fe‘llar ichidan ortiqchasini ajrat (fe‘lning bo‘lishli va bo‘lishsiz shakliga ko‘ra): 
a) tingladi, tushundi, yugurdi, tayyorlamadi, yasadi, chizmadi. 
b) yozdi, foydalanmadi, tugadi, kelmadi, aytmadi, bilmadi. 
Fe‘llar ichidan ortiqchasini ajrat (fe‘l yasovchi qo‘shimchalar bilan qo‘llanilishiga ko‘ra): 
Sozla, kuyla, zavqlan, sarala, boshla. 
Boshlangʻich sinf ona tili darslarida ―Fe‘l‖ so‘z turkumini o‘rganishda qo‘llaniladigan interfaol 
usullaridan yana biri ―Klaster‖ metodidir. 
Bu metod o‘rganilayotgan til hodisasini umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish 
imkoniyatini yaratadi. 
―Klaster‖ da sinf doskaga yoki katta varaqqa kalit so‘zlar, so‘z birikmalari yoki gaplar yoziladi va 
kalit so‘zlar til hodisasining aloqadorligiga qarab bogʻlab boriladi. ―Klaster‖ tuzishda, agar u doska yoki 
katta varaqda sinf jamoasi bilan bajarilayotgan bo‘lsa, barcha o‘quvchilarning ishtirok etishi shart. 
―Fe‘l‖ so‘z turkumini o‘rganishda ―Klaster‖ metodidan foydalanganimizda o‘quvchilarni darsga 
bo‘lgan qiziqishi kuchayadi. Bunda o‘quvchilarga quyidagi savolni berish mumkin: 
Fe‘lga xos xususiyatlarni aniqlang. 


73 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish