O. X. Xamidov universitet rektori, rais


TA‘LIMDA ―INTEGRATSIYA‖ ATAMASINING VUJUDGA KELISH TARIXI



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

TA‘LIMDA ―INTEGRATSIYA‖ ATAMASINING VUJUDGA KELISH TARIXI 
Turdiyeva N. S. Buxdu, Bosh.ta‟l. naz. kafedrasi 
o‟qituvchisi; 
Ashurova Z. M. Buxdu, Mak.ta‟l. yo‟n.magistri
Boshlang‘ich maktab yoshidagi bolalar serg‘ayrat, tinib-tinchimas. Bu yoshda ularning miya 
faoliyati biologik jihatdan juda ham faol bo‘lib, uning ma‘lumotlarni qabul qilish hajmi nihoyatda 
kattadir. Bu davrda bola tomonidan o‘zlashtirilgan ma‘lumotlarning aksariyat qismi uning miyasida bir 
umrlik muhr singari saqlanib qoladi. 
Boshlang‘ich maktab guruhlariga nazar tashlaydigan bo‘lsak, guruhda turli xildagi bolalar, turli 
xildagi fikrlar, turli xildagi xarakterlar, turli xildagi qiziqishlar bor. Bundan tashqari bolalarning 
o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari ham turlicha. 
Psixologik jihatdan bolalarga yondashadigan bo‘lsak, ayrim bolalar uyatchan, ayrim bolalar 
urushqoq, ayrimlari esa bir marotaba qoniqarsiz baho olgandan so‘ng, ikkinchi marotaba savollarga javob 
berishga qo‘rqib qoladi. Bu holatlarning barchasi bola temperamentiga ham bog‘liq, albatta. Dars 
davomida ayrim bolalarning diqqati jamlanib, o‘qituvchi aytgan ma‘lumotlarini, tushuntirgan qoidalarini 
bir marotabada ham esda saqlay oladi, boshqa bir bolalarning esa diqqati tarqoq holda bo‘lib, 
o‘qituvchining ishida qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu vaziyatlar esa o‘z navbatida ta‘lim samaradorligiga 
salbiy ta‘sir ko‘rsatmay qolmaydi. 
Bunday hollarda muammoni qanday yechish mumkin?
Zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlar ta‘lim va tarbiyaga ham ta‘sir ko‘rsatmay 
qolmaydi. Boshlang‘ich ta‘lim samaradorligini oshirish, bolalarni ta‘lim olishga bo‘lgan qiziqishini 
oshirish maqsadida dars davomida innovatsiyalardan samarali foydalanish talab etiladi. Bizning dunyo - 
zamonaviy dunyodir. Barcha bolalarni tug‘ilishidan boshlab turli xildagi texnika vositalari: televizor, qo‘l 
telefonlari, kompyuterlar, har xil gadjetlar va hokazolar o‘rab turadi. Shuning uchun ham zamonaviy 
bolani oddiy, an‘anaviy dars bilan qiziqtirib bo‘lmaydi.
Ta‘lim sohasida innovatsiya yangilik kiritilishini va shu yangiliklarni yanada mukammalroq 
ravishda bolalarga taqdim etishni talab etadi. 
―Innovatsiya― – lotinchadan olingan bo‘lib, ―innovatis‘‘-yangilik degan ma‘noni bildiradi. Ta‘lim 
sohasidagi innovatsiyalar bolalarga ta‘lim va tarbiyasi berishda yo‘naltirilgan bo‘lishi zarurdir. Ma‘lum 
bir davlat ta‘lim sistemasi uchun yangilik bo‘lgan muayyan bir innovatsiya, boshqa davlat ta‘lim 
sistemasi uchun yangilik bo‘lmasligi ham mumkindir.
Hozirgi kunda adabiyotlarda ―innovatsiya‖ atamasi bilan birgalikda ―integratsiya‖ atamasi ham 
keng qo‘llab kelinmoqda. ―Integratsiya‖ - nima?
―Integratsiya‖ – atamasi aslida innovatsiya so‘zidan ancha avvalroq, falsafadan boshqa fanlarning 
bo‘linib chiqishi natijasida yuzaga kelgan.
―Integratsiya‖ – integratio – to‘ldirmoq, bo‘g‘lamoq, ya‘ni bo‘laklarni bir butunga bog‘lash, 
to‘plash degan ma‘noni bildiradi. Boshlangich ta‘limda ma‘lum bir fanni boshqa bir fan yoki fanlar bilan 
bog‘lash integratsiya demakdir. Boshlang‘ich ta‘limda integratsiyalashgan dars tashkil etilishi natijasida 
innovatsiya vujudga keladi. XVII-XIX asrlarda pedagog-olimlar fanda integratsiyani zarur jarayon deb 
hisoblab, olinayotgan bilimlarni, o‘rganilayotgan predmetlarni haqiqiy hayot bilan bo‘g‘lab o‘rganishni 
tadbiq etadi. Integratsiya borasida dastlab Y.A. Komenskiy, I. F. Gerbart, K. D. Ushinskiy kabi mashhur 
jahon pedagoglari o‘z fikr mulohazalarini o‘qituvchilarga tushuntirishga harakat qilganlar. 
Integratsiyaning ta‘lim sistemasida muhimligini birinchilardan bo‘lib mashhur pedagog – I.F. 
Gerbart tushuntirib bergan. U ta‘limda integratsiyani qo‘llashning to‘rtta yo‘nalishini sanab bergan. Bular 
quyidagilar: 
Aniqlilik; 
Asotsiatsiyaviylik; 
Tizim ; 
Metod; 
Integratsiyaning birinchi va ikkinchi yo‘nalishlari bilim olishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ikkinchi va 
uchinchi yo‘nalishlari eski bilimlar va yangi bilimlarni bir- biri bilan uzviy bog‘lash demakir. I.F Gerbart 
bu yo‘nalishlar orqali integratsiyalashuv jarayoni mukammal ravishda sodir bo‘ladi deb aytib o‘tgan. 
XX-asrda Buyuk Britaniyada integratsiyaga amaliy jihatdan e‘tibor kuchaydi va yevropaning 
universitetida, so‘ng esa Amerika davlati shtatlariga yoyildi.
Integratsiya jarayoni pedagogika jarayoniga ijobiy ta‘sir ko‘rsatdi. XX-asrning 20-yillarida 
Rossiyada hayot va ta‘lmni bog‘lash maqsadida integratsiyadan foydalanish tajribasi ortirildi. Bu davrda 


68 
o‘quv jarayonida integratsiya borasida mahoratli pedagoglarning qarashlari o‘quv rejalari va dasturlarini 
ishlab chiqarishdagi yangicha yondashuvlarda o‘z aksini topdi. Bu yondashuv maktabni hayot bilan uzviy 
bog‘lashni ta‘minlash maqsadida ―murakkab yondashuv‖ nomini oldi.
XIX asrning 80-yillaridan boshlab an‘anaviy ta‘limdagi integrative yondashuvlar asosiy rol o‘ynay 
boshladi. Bunda quyidagi yondashuvlardan foydalanilgan: 
Alohida predmetlarni yagona integrative kursga birlashtirish; 
Barcha fanlarni ijodiy rivojlantiruvchi paradigma asosida o‘rganish; 
Ta‘lim jarayonini kompyuterli asosga ʻtkazish; 
Darsdagi o‘quvchilar bilan bo‘ladigan kmmunikativ mulqotning barcha pedagoglar uchun 
bir xil bo‘lgan usulini qo‘llashga kelishish; 
Fanlar jarayonidagi integratsiyalash jarayonini ta‘limda bo‘layotgan yangiliklar, o‘zgarishlar talab 
etdi va jahonda ta‘limda integratsiyalash o‘z – o‘zidan rivojlanib bordi. Endilikda ta‘limda 
integratsiyaning bosh maqsadi vujudga keldi: shaxsni har tomonlama rivoj totirishdir. 
Integratsiyaning rivojlanish bosqichida katta muammo ham o‘z – o‘zidan shakllandi. Bugungi 
kundagi murakkab predmetlarni bir – biriga bog‘lashda qanday yondashish kerak?
―Integratsiya‖ tushunchasi ta‘lim jarayonida ikki xildagi ma‘noni bildiradi: birinchisi, bizni o‘rab 
turgan atrof olamni bir butunlikda qabul qilish va ikkinchisi, ma‘lum bir fanga oid bilimlar jamlanmasini 
ko‘proq samara berishi uchun boshqa bir fan bilan bo‘g‘lash, ikki va undan ortiq fanlararo bog‘liqlik 
orqali o‘quvchi – talabalar ongida ma‘lum va uzviy tushunchalarni singdira borishdan ibratdir. 
Integratsiyaning vujudga kelish tarixi ancha asr ilgariga borib taqalsada, hozirgi kunda ham ta‘lim
jarayonida xususan boshlangich ta‘limda, oliy o‘quv yurtlarida ham integratsiyalashgan darslar keng 
ko‘lamda tadbiq etilmoqda.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish