77
iboralarning yigʻindisi lugʻat tarkibi yoki leksika deyiladi. Leksikologiya oʻzbek tilining lugʻat tarkibini
oʻrganadigan boʻlimidir. Hozirgi oʻzbek adabiy tili ulkan lugʻat boyligiga egadir. Besh jildlik ―Oʻzbek
tilining izohli lugʻati‖ da 80 000 dan ortiq soʻz va soʻz birikmasi berilgan boʻlib, ularning bir qismini
mavhum ma‘noli soʻzlar tashkil etadi.
Berilgan bu mavhum soʻzlar bir necha turlarni tashkil etib, ularni quyidagi gruppalarga boʻlib
oʻrganish mumkin: 1.birgalikni (
doʻstlik, oʻrtoklik, sinfdoshlik, hamkorlik)
tabiat va ijtimoiy hodisalarni (
shamol, boʻron, oʻtirish, majlis)
jisman obrazsiz predmet ma‘nolarini (
orzu, koʻngil)
turli his-tuygʻu va kayfiyatni (
sezgi, muhabbat, gʻazab, nafrat)
shaxs va predmetlarga xos belgi xususiyatni, xarakterni (
yaxshilik, yomonlik, pishiqlik, qurqmaslik)
ma‘lum kasb-hunar sohasidagi vazifani (
oʻqituvchilik, doktorlik, injenerlik)
payt-mavhum ma‘nosini(
tushlik, kechlik, kechalik)
hayoliy narsalarni, mavhumlikni (
xudo, farishta, jannat,yalmogʻiz)
unvon darajani (
generallik, doktorlik, admirallik)
biror oqimga, ijtimoiy-siyosiy filosofik oqimga tegishlilikni (
darvinizm,
xizbutchilik, akromiylik)
Boshlangʻich sinfda uchraydigan (
doʻstlik, vatan, orzu, oʻrtoqlik, mehr, ma‟naviyat,
ma‟rifat, idrok, botirlik, qoʻrqmaslik)
mavhum tushunchalarni,
oʻqish darsliklarga
kiritilgan
afsonaviy obrazlar
(dev, alvasti, yalmogʻiz, doʻzax, jannat, farishtalar,
parilar,) ni oʻquvchilarga tushuntirish bir qancha nozikliklarga ega va bu oʻqtiuvchidan bir
qancha
qushimcha mahoratlarni talab qiladi. Soʻzlarning ma‘nosini tushuntirish oʻquvchilar lugʻatini boyitadi,
nutqini oʻstiradi.
Soʻz ma‘nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy mavzusidan oʻquvchilar
diqqatini chalgʻitmasligi kerak. Buning uchun oʻqtiuvchi har bir darsga tayyorlanish jarayonida ma‘nosi
tushuntirilishi lozim boʻlgan soʻzlarni, uni tushuntirilishining eng qulay usullarini va darsning qaysi
oʻrnida tushuntirishni belgilab olishi zarur.
Oʻqish kitoblaridagi matnlarda birinchi marta uchragan, bolalar ma‘nosini bilmaydigan ayrim
soʻzlar matnni oʻqishdan oldin tushuntiriladi. Agar biror soʻzni ma‘nosi matnnni oʻqish jarayonida
tushuntirish lozim boʻlib qolsa, soʻz ma‘nosini tushuntirish oʻquvchilarni asosiy matndan chalgʻitmagan
holda tushuntirilishi talab qilinadi. Mavhum ma‘noli obrazlarni tushuntirishda, oʻsha ertak
qahramonlarining qilgan ishlari tahlil qilish yoʻli bilan tushuntiriladi va matn oxirida ijobiy va salbiy
qahramonlarga ajratiladi va xulosa chiqariladi.
Xulosa qilib aytganda, boshlangʻich sinflarda mavhum ma‘noli tushunchalarni, obrazsiz
predmetlarni oʻrganish, ularning ma‘nolarini oʻrganish oʻquvchilar lugʻatini boyitadi, nutqini
rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: