O. X. Xamidov universitet rektori, rais


BOSHLANG‘ICH TA‘LIM TIZIMIDA OʻQITUVCHINING INNOVATSION



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/228
Sana22.02.2022
Hajmi4,6 Mb.
#79904
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   228
Bog'liq
Туплам-кичик шрифт (1)

BOSHLANG‘ICH TA‘LIM TIZIMIDA OʻQITUVCHINING INNOVATSION 
FAOLIYATINI SHAKLLANTIRISH SHARTLARI VA INTEGRATSIYALASHGAN TA‘LIM 
MOHIYATI 
 
Hakimova Yu.R. 
Buxoro shahar 23-son maktab boshlang‟ich sinf o‟qituvchisi 
Bugungi kunda innovatsiya, ta‘lim tizimida integratsiyalashuv degan fikrlarga har qadamda duch 
kelyapmiz. Innovatsionlik pedagogik jarayonni ifodalab, nafaqat uning didaktik qurilmasiga, balki 
oʻqituvchining ijtimoiy mohiyatli natijalari va ruhiy qiyofasiga ham taalluqlidir. Innovatsionlik 
ochiqlikni, boshqalar fikrining tan olinishini bildiradi.


70 
Oʻqituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning toʻqnashuvi va oʻzaro boyitilishi 
dinamikasida amalga oshishini koʻzda tutadi.
Oʻqituvchining innovatsion faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bogʻliq. 
Unga oʻqituvchining tayinli muloqoti aks fikrlarga nisbatan begʻaraz munosabati, turli holatlarda ratsional 
vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida oʻqituvchi oʻz bilim va ilmiy 
faoliyatini ta‘minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega boʻladi.
Oʻqituvchi faoliyatida oʻz-oʻzini faollashtirish, oʻz ijodkorligi, oʻz-oʻzini bilishi va yaratuvchiligi 
mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa oʻqituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish 
imkoniyatini beradi.
Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tugʻdirishdir.
Muloqotning yangi vaziyati-bu oʻqituvchining oʻz mustaqillik mavqeyini, dunyoga, pedagogik fan, 
oʻziga boʻlgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. Oʻqituvchi oʻz nuqtayi nazarlariga oʻralashib 
qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday 
vaziyatlarda oʻqituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati oʻzgarib boradi, hissiy tuygʻulari 
rivojlanadi. Bundan tashqari innovatsion ta‘lim tizimida o‘qituvchidan talab etiladigan yana bir jihat bu-
oʻqituvchining madaniyat va muloqotga shayligi 
Oʻqituvchining innovatsion faoliyati voqelikni oʻzgartirishga, uning muammolari va usullarini 
yechishni aniqlashga qaratilgandir.
Oʻqituvchi va o‘quvchi oʻrtasidagi muloqot namunasining oʻzgarishi innovatsion faoliyat talab 
etadigan eng muhim jihatdir. Shu bilan birga vunosabatlarda o‘zaro qistovlar, hukmga boʻysunish kabi 
unsurlardan xoli boʻlishi maqsadga muvofiqdir. Ular tenglarning hamkorligi, oʻzaro boshqarilishi, oʻzaro 
yordam shaklida qurilgan boʻlishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyati bu oʻqituvchi va 
o‘quvchining fikr yuritishda, xulosa chiqarishdagi hamkorligidir.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta‘lim taraqqiyoti sharoitida oʻqituvchining innovatsiya faoliyatiga 
boʻlgan zaruriyat quyidagilar bilan oʻlchanadi:
• 
ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta‘lim tizimi, metodologiya va oʻquv jarayoni texnologiyasining 
tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda oʻqituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik 
yangiliklarni yaratish, oʻzlashtirish va foydalanishdan iborat boʻladi;
• 
ta‘lim mazmunini insonparvarlashtirish doimo oʻqitishning yangi tashkiliy shakllarini, 
texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;
• 
pedagogik yangilikni oʻzlashtirish va uni tatbiq etishda yangicha yondashuvlar.
Yana shuni ta‘kidlash lozimki, pedagogik yangilik oʻz mohiyatiga koʻra ommaviy tajribalar mulki 
boʻlib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim oʻqituvchilarning faoliyatiga olib kiriladi. 
Keyingi bosqichda sinalgandan va ob‘yektiv baho olgandan soʻng pedagogik yangilik ommaviy tatbiq 
etishga tavsiya etiladi.
Oʻqituvchining innovatsion faoliyati oʻz ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, 
kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konsepsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va 
tahrir qilish, samaradorlikka baho berishni qamrab oladi.
Shuning uchun ham bizning nazarimizda,innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog 
shaxsiyati bilan belgilanadi.
V.A. Slastenin tadqiqotlarida oʻqituvchining innovatsion faoliyatga boʻlgan qobiliyatlarining asosiy 
xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:
-shaxsning ijodiy-motivatsion yoʻnalganligi, bu – qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga 
intil ish; peshqadamlikka intilish; oʻz kamolotiga intilish va boshqalar;
-oʻqituvchining individual qobiliyati, bu-ijodiy faoliyat sur‘ati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish 
qobiliyati; qat‘iyatlik, oʻziga ishonch; mas‘uliyatlilik, halollik, haqiqatgoʻylik, oʻzini tuta bilish va 
boshqalar.
Innovatsion faoliyat tadqiqotlari oʻqituvchining innovatsion faoliyatga hozirligi me‘yorlarini 
belgilashga imkon berdi (V.A. Slastenin)
Buyuk faylasuf Gegel falsafadagi uslubni mazmun harakatining shakli sifatida koʻrsatadi. 
Ta‘lim jarayonida turli xil mantiqiy tizimlar orqali oʻqituvchi va u bilan birgalikda oʻquvchilar oʻz bilim, 
qobiliyat va koʻnikmalarini deduksiya, induksiya, sintez, umumlashtirish, konkretlashtirish, taqqoslash 
shaklida ifodalaydidar.
Boshlangʻich sinflarda oʻquv jarayoni foydalanilayotgan usul, uslub va shaklarining turli tumanligi 
bilan ajralib turadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan yang oʻquv rejalari va dasturlariga oʻtish davrida 
jamiyat va atrof-muhit oʻrtasidagi aloqalarni u ygʻunlashtirish, atrof -m uhitga jidd iy m uno sab atni 


71 
oʻrnatish va shakllantirnsh masalalari muhim ahamiyat kasb etadi.
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining yosh xususiyatlariga javob beradigan va dars talablariga mos 
keladigan, maqsadni aniqlash bunday yangilanishning asosiy masalasidir.
XIX-XX asrlar oraligʻida pedagogikada kichik maktab oʻquchilarining tabiiy muhit bilan 
tanishtirishning integratsiyalangan kursini yaratish fikri paydo boʻlgan. Bu fikr A. Ya. Gerd, D. N. 
Kaygorodov, A. P. Pavlov nomlari bilan bogʻliq boʻlib, ular boshlangʻich maktabga atrofdagi jonli va 
jonsiz dunyo haqidagi boʻlinmagan kursni kirgizishni talab qilishdi.
Integratsiyalashgan 
ta‘lim-tarbiya, 
fanlararo 
aloqalarning 
ayrim 
jihatlari 
mashhur 
pedagoglarning 
(Ya. 
Komenskiy, 
D. 
Lokk, 
I. 
Gerbart,
M. Pestalotssi, K. Ushinskiy va boshqalar), didaktiklarning (I. D. Zverev, M. A. Danilov, V. N. 
Maksimova, S. P. Baranova, N. M. Katkina va boshqalar) psixolog olimlarning ( E. N. Kabanova, 
Meller,N. F. Talizina, Yu. A. Samarina, G. I. Vergeles) ishlarida ham koʻrib chiqilgan.
Bu muammolar oʻquv fanlarinn integratsiyalashga oʻtishning yaqin rivojlanish zonasidir.
«Integratsiya» soʻzi lotincha integratio-tiklash, toʻldirish, «integer» butun soʻzidan kelib 
chiqqan.
Ikkita tushunchaga egamiz: 
1. Tizim, organizmning alohida tabaqalashtirilgan qism va vazifalarning bogʻliqlik xolatini 
bildiruvchi 
tushuncha 
va 
shu 
xolatga olib boruvchi jarayon.
2. Tabaqalashtirish jarayonlari bilan birga amalga oshirilayotgan fanlarni yaqinlashtirish 
jarayoni.
Hozirgi kunda asosini tabiatshunoslik boʻyicha bilimlar tashkil etuvchi integratsiyalangan 
kurs yaratish muammosi dolzarb boʻlib turibdi. Bular boshqa turdaga bilimlarni jipslashtiruvchi asosiy 
vazifani oʻz zimmasiga oladi. Bunday yondoshish anchadan beri ma‘lum va chet el maktablari tajribasida 
hal etilgan.
Ta‘limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlangʻich maktabdayoq tabiat va jamiyat 
haqida yaxshi tasavvur asoslarini qoʻyishi va ularning rivojlanishi qonunlariga oʻz munosabatlarini 
shakllantirishdir. Mana shuning uchun kichik maktab oʻquvchisi predmet yoki voqealik hodisalarning bir 
necha tomondan koʻrish muhimdir: mantiqiy va emotsional tomondan, badiiy asarda va ilmiy 
ommabop maqolada, biolog, soʻz ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazardan va boshqalar.
Asosiy fanlarni oʻzlashtirish va olamdagi bor narsala rning qonuniyatlarini tushunishda 
predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini oʻrnatish ta‘limga integratsiyalashga yondoshuvning 
metodik asosidir. Bunga turli darslarga tushunchalarga koʻp marotaba qaytishi, ularni chuqurlashtirish va 
boyitish, shu yoshga tushunarli boʻlgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. 
Shunday qilib yaxshi shakllangan tuzilish va oʻtkazish tartibiga ega boʻlgan, tarkibiga shu oʻquv 
predmetiga tegishli boʻlgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib 
olinishi mumkin. Lekin integratsiyalangan darsga boshqa fanlar, boshqa oʻquv predmetlari bilan bogʻliq 
tushunchalar tahlil qilishning natijalari kiritiladi. Tushunchalarni tahlil qilish boshqa oʻq uv 
darslarida oʻzlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi. Dars 
ijodiy, erkin boʻlishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma -ket, oʻziga xos oʻtish metodikasiga ega 
boʻladi.
Umumiy ta‘limning poydevorini qoʻyadigan boshlangʻich maktabda hozirgi kunda bir qator 
oʻquv predmetlari uchun umumiy boʻlgan tushunchalar orasidagi aloqalarni oʻrnatish psixologik va 
metodik asosiy boʻlgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan oʻtkazish 
lozim.U ta‘lim oluvchining bilimini oshirishga, ta‘limdagi tor ixtisoslashtirishni yangilashga 
yoʻnaltirilgan. Shu bilan birga integratsiya ta‘limining klassik oʻquv predmetlari oʻrnini egallash kerak 
emas, u faqat olinayotgan bilimlarni yaxlit bir tizimga birlashtirishi kerak, xolos.  
Demak, biz aytayotgan integratsiyalashgan ta‘lim tizimida oʻqituvchi yangi pedagogik 
texnologiyalar, 
nazariyalar, 
konsepsiyalarning 
muallifi, 
ishlab 
chiqaruvchisi, 
tadqiqotchisi, 
foydalanuvchisi va targʻibotchisi sifatida namoyon boʻladi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish