O. T. Alayiya, sh. Q, Q o d ir o V a. N. Q q d ir o V, sh. H. H a m r o q u lo V e. H. H a lilo y



Download 12,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/242
Sana27.03.2023
Hajmi12,47 Mb.
#922030
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   242
Bog'liq
9df1158b73cf75933e31ab985e68c3b5 NORMAL FIZIOLOGIYA

A ’zo ichidagi gangliylarga ichki
a ’zolardagi chigallar kiradi, nerv 
hujayralariga boy bo ig a n chigallar (intramural chigallar) k o ‘pgina ichki
170


a’zolaming, masalan,, yurak, bronxlar, qizilo‘ngachning o‘rtadagi uchdan 
bir qismi bilan pastdagi uchdan bir qismi, m e’da, ichak, o ‘t pufagi, qovuq 
(siydik pufagi)ning muskulli devorlarida, shuningdek, ichki va tashqi 
sekresiya bezlarida bor. B.I.Lavrentev va boshqa tadqiqotchilarning 
gistologik tekshirishlariga qaraganda, parasim patik tolalar o ‘sha nerv 
chigallarining hujayralarida uziladi.
Vegetativ gangliy (tugun)larning funksiyalari.
Vegetativ gangliylar 
o ‘zidan o ‘tuvchi nerv im pulslarining taqsim lanishi va tarqalishida 
anchagina ahamiyat kasb etadi. Gangliylardagi nerv hujayralarining soni 
gangliyga keluvchi preganglionar tolalar soniga nisbatan bir necha 
b arav ar o rtiq (b o ‘y in n in g yu q o ri sim p atik tu g u n id a 32 baravar, 
kipriksimon tugunda 2 baravar ortiq). Shu tolalardan har biri gangliyning 
k o ‘p hujayralarida sinapslar hosil qiladi. Shu sababli preganglionar tola 
orqali gangliyga kelgan nerv im pulslari b ir talay past ganglionar 
neyronlarga va binobarin, innervatsiyalanadigan a ’zoning yana k o ‘proq 
muskul va bez hujayralariga ta ’sir eta oladi. Shu tariqa, preganglionar 
tolalarning ta ’sir k o ‘rsatadigan doirasi kengayadi.
Preganglionar tolalar orqali keluvchi nerv impulslari n e c h o g ii keng 
tarqalishini quyidagi omil k o ‘rsatib turibdi: itning q o rin b o ‘shlig‘idagi 
bir necha yirik a ’zo - m e ’da osti bezi, ingichka ichak, buyrak usti 
bezlari va buyraklarga sayyor (adashgan) nervning o ‘rta hisobda 70 
ga yaqin tolasi keladi. Sayyor nerv tolalarining bu chekli m iqdori a ’zo 
ic h id a g i n erv tu g u n la ri v a c h ig a lla rg a sin ap s o rq a li b o g ‘lan ib , 
y u q o r id a a y tilg a n h a m m a ic h k i a ’z o la r in in g p a r a s im p a tik
innervatsiyasini ta ’m inlaydi.
K o‘pgina preganglionar tolalardan hosil b o ig a n sinapslar har bir 
post ganglionar neyronda bor. Nerv impulslarining 
fa zo d a qo ‘shilish
hodisasi shu bilan b o g ian g an . Preganglionar bir tolaga b o ‘sag‘adan 
past kuch bilan ta ’sir etilsa, postganglionar tolalarda harakat potensiallari 
vujudga kelmaydi. Bir necha preganglionar tola bir tolaga ta ’sir etish 
uchun q o ilan ilg an kuch bilan ta ’sirlansa, postsinaptik q o ‘zg‘atuvchi 
potensiallarning fazoda - masofada qo‘shilishi sababli postganglionar 
tolalarda harakat potensiallari qayd qilinadi.
Simpatik nerv tugunlarida ayrim preganglionar tolalarning ta’sir sohalari 
qisman bir-birini qoplaydi. Shu sababli preganglionar tolalarning ikki 
tutamiga bir y o ia ta ’sir etilganda okklyuziya hodisasi qayd qilinadi: 
preganglionar tolalarning ikki tutamiga bo‘sag‘adan yuqori kuch bilan bir 
y o ia ta’sir etish effekti shu tolalarning tutamlariga alohida-alohida ta ’sir 
etish effektlarining arifmetikyigindisiga nisbatan hamishakamroq chiqadi.
171


Preganglionar nerv tolalariga ta ’sir etilganda nerv impulslarining 
vaqtda qo ‘shilish
hodisasi ham ravshan k o ‘rinadi. Yakka stimul hatto 
t a ’sir kuchi katta b o ig a n d a ham , effekt berm aydi (avtonom nerv 
tizimining neyronlari va markaziy nerv tizim ining k o ‘pgina neyronlari 
yakka stim ullar ta ’sirida qo‘zg‘ala olmaydi, bu xususiyatni 
iterativlik
deb atashadi). Bunga qarama-qarshi o ia ro q , preganglionar tolalam ing 
ritmik stimullar bilan ta ’sirlanishiga javoban, postganglionar neyronlarda 
qo‘zg ‘alish jarayoni kelib chiqadi, chunki qo‘z g ‘atuvchi postsinaptik 
potensiallar bir vaqtda qo‘shiladi.
Neyronlararo sinapslarda nerv impulslarining bir tomonlama o‘tishi, 
tugunga kirituvchi ayrim preganglionar tolalar ta ’sir k o ‘rsatadigan 
sohalarning bir-birini qoplashi, postsinaptik potensiallaming vaqtda ham 
fazoda qo'shilishi va okklyuziya shuni ko'rsatdiki, markaziy nerv tizimidagi 
neyronlar va sinapslarning tuzilishi va xossalari qanday bo ‘ Isa, avtonom 
nerv tizimidagi neyronlar va gangliy sinapslarining tuzilishi bilan xossalari 
ham o‘shanday.
Avtonom nerv tizimi neyronlarining xarakterli xususiyati shuki, ularda 
vujudga keladigan impulslar birmuncha siyrak ritmli b o iib , sekundiga 
10-15 dan oshmaydi. M asalan, tom ir toraytiruvchi nerv tolalari orqali 
o ‘tadigan im pulslam ing maksimal ritmi ko'pincha sekundiga 6-8 dan 
oshmaydi. Preganglionar tolalam ing qo‘z g ‘alishlar chastotasi avtonom 
nerv tizim in in g n e y ro n larid a v u ju d g a k e lad ig an ta b iiy im p u lslar 
chastotasidan oshib ketsa, sinapslarda qisman ushlanib qoladi (blokada) 
va postganglionar neyron siyrakroq ritm da qo‘zg‘aladi. Shunday qilib,, 
nerv impulslarining ritmi o‘zgartiriladi. Stimulyatsiyaning sekundiga 100 
dan ortiq chastotasi qo‘zg ‘alishlarning sinaps orqali o ‘tishini batamom 
to ‘xtatib (blokada qilib) qo'yadi.
Avtonom nerv tizimining gangliylari reflektor markazlarmi, ya’ni reflektor 
yoylar shu gangliylarda tutashadimi? Bu savol ko‘p marta muhokama 
qilingan boisa-da, hanuz uzil-kesil oydinlashtirilgani yo‘q. Ba’zi a’zolardagi 
nerv chigallarida, jumladan m e’da va ichakdagi Auerbax chigalida tuzilishi 
bilan bir-biridan farq qiladigan va o‘zaro birikadigan ildd xil nerv hujayralari 
borligi (bu huj ayralami A. S .Dogel topgan) avtonom nerv tizimining gangliy 
va chigallarida reflektor yoylarining tutashuvi mumkinligini ko‘rsatadi. Ammo 
avtonom nerv tizimining tugunlarida reseptorlardan qo‘zg‘alish olib keluvchi 
va impulslarni shu yerdayoq effektor neyronlarga o‘tkazuvchi reseptor 
neyronlar borligini ko‘rsatadiganyetarlicha ishonarli dalillarkeltirilganiyo‘q.

Download 12,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish