qonga o ‘tadi. Vena qonda karbonat angidridi gazining tarangligi 46
mm
sim ust.
ga teng, alveolalarda esa 40
mm sim ust
ga teng. Bosimlar farqi 6
mm sim ust.
bo‘lib, u karbonat angidridning qondan alveolaga diffuziyasini
ta ’minlaydi. Karbonat angidridining alveolyar membranada eruvchanligi
yuqori (24) b o ‘lganligi uchun bosimlar farqi oz bo'lsa ham diffuziyalanib
bo‘ladi.
G a z la m in g qon d a ta sh ilish i. Q onda kislo ro d n in g ta sh ilish i.
Kislorod qonda ikki xil - erigan va gemoglobin
bilan birikkan holda
tashiladi. Qon plazm asida kislorod ju d a
kam miqdorda erigan holda
b o ‘ladi. Harorat 37°C b o ‘lganda uning eruvchanligi 0,03 ml/1 r1
mm sim
ust
ga teng. 100 ml qonda tarangligi 100
mm sim ust
bo‘lganda,
erigan
holda 0,3 ml kislorod bo‘ladi. Bu tirik organizm hayot faoliyati uchun
yetarli emas.
Kislorodning asosiy qismi gemoglobin bilan birikkan holda tashiladi,
Gemoglobin nafas pigmenti bo‘lib, tarkibida o ‘ziga xos oqsil qismi
globin
va o‘zida ikki valentli temir tutuvchi
gem
dan tashkil topgan. Gemoglobin
kislorod bilan oson dissotsiatsiya b o ‘luvchi birikma oksigemoglobinni
hosil qiladi. Bunda temirning valentligi o ‘zgarmaydi.
G em oglobin to ‘la to ‘yinguncha qon
bilan birikkan kislorodning
miqdori
qonning kislorod s ig ‘imi
deyiladi. Qonning kislorod sig‘imi
gemoglobin miqdoriga bog'liq. 1 gr gemoglobin 1,36 ml kislorodni biriktirib
olishi mumkin. Qonda gemoglobin miqdori 14 g % bo ‘ Isa, 100
ml
qon 19
m l
kislorodni biriktira oladi. Qonning kislorod sig‘imi 100 ml qon biriktira
oladigan kislorodning maksimal miqdori bilan belgilanadi. Sog‘lom odam
arterial qonida gemoglobinning kislorod bilan to ‘yinishi 96% ni tashkil
qiladi.
G e m o g lo b in n in g o k sig e m o g lo b in g a a y la n ish i
q o n d a e rig an
kislorodning tarangligi bilan bog‘liq. Ular orasidagi bog‘liqlikning grafik
tarzda ifodalanishi oksigem oglobinning dissotsiatsiya egri ch izig ‘i
deyiladi. Agar absissa o‘qiga kislorodning parsial bosimi, ordinata o ‘qiga-
gemoglobinning kislorod bilan to ‘yinish
%
qo‘yilsa, oksigemoglobinning
dissotsiatsiya egri chizig‘ini olamiz.
Bu egri chiziq «S» shaklida bo‘lib, chiziqning chap qismi tik yuqoriga
k o ‘tarilgan, o ‘ng qismi esa deyarli gorizontal y o ‘nalishda b o ‘ladi.
K islo ro d n in g taran g lig i 10 dan 40
m m sim ust
ga k o ‘tarilg an d a
oksigemoglobin miqdori 75% gacha k o ‘tariladi,K islorodning tarangligi
60
mm sim ust
ga yetganda oksigemoglobin miqdori 90% ni tashkil qiladi.
So‘ngra to ‘liq to ‘yinish ju d a sekin b o ‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: