9-10– LABORATORIYA ISHI.
ERIGAN MODDANING MOLEKULYAR MASSASINI KRIOSKOPIK USULDA ANIQLASH
Ishning maqsadi: Bir molyarli eritma muzlash haroratining pasayishi va qaynash haroratining ortishini aniqlab, eritmada erigan moddaning molekulyar massasini; erigan moddaning konsentratsiyasini; kuchsiz elektrolitlarning dissotsiatsiya darajasini; kuchli elektrolitlarning aktivlik koeffitsiyentini topish mumkin.
Talabalar mashg‘ulot davomida mustaqil ravishda eritmaning muzlash haroratini aniqlab, Raulning ikkinchi qonuni asosida erigan moddaning molekulyar massasini hisoblab topadilar.
Laboratoriva ishini bajarish uchun kerakli qurilma vareaktivlar:kendal kolbasi,shtativ, elektr isitgich, termometr, benzoy va salitsil kislotalar.
Rasta usuli bo‘yicha erigan moddaning molekulyar massani aniqlashda erituvchi sifatida benzoy kislotadan foydalaniladi. Benzoy kislotaning krioskopik konstantasi K=8,788 ga teng bo‘lib, uning muzlash haroratlari farqini oddiy termometr yordamida o‘lchash mumkin. Bu usul bilan benzoy kislotada eriydigan, lekin u bilan ta’sirlashmaydigan moddalarning molekulyar massasini, ular juda oz miqdorda bo‘lsa ham aniqlash mumkin.
Izoh: benzoy kislota - C6N5COOH (C7H602)3 M=122,05; rangsiz kristall; Tsuyui =122,4°C, Tqayn =249,2°C, E=6,09°
Laboratoriya ishini bajarish tartibi:Tajriba o‘tkazish uchun benzoy kislota va salitsil kislotalardan jadvalda berilgan nisbatda (3- jadval) aralashma tayyorlab olinadi. Ingichka quruq shisha kapillyarning bittasiga ma’lum nisbatda benzoy kislota va salitsil kislotadan iborat aralashmadan, ikkinchisiga toza benzoy kislotadan solinadi.
Benzoy
kislota(mg)
|
0,68
|
0,76
|
0,84
|
0,90
|
0,55
|
0,62
|
0,73
|
0,82
|
0,70
|
0,58
|
Salitsil
kislota(mg)
|
0,32
|
0,24
|
0,16
|
0,10
|
0,45
|
0,38
|
0,27
|
0,18
|
0,30
|
0,42
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ikkalashishakapillyar (4) termometmingsimobustunchasiga (3) ikkitarafdanmahkamlanadivavazelinmoyli (1) kolbagao‘rnatilganhavogilojigaya’niichkishishaidishga (2) astatushirilib, aralashmasuyuqlanib (gazgorelkasi (5)) ketgunchaqizdiriladi.
VI.2-rasmda kо‘rsatilganidek, kapillyar rezina xalqa bilan mahkamlanganda, uning to‘ldirilgan qismi termometming simobli rezervuari bilan barobar turishi kerak. Termometrni mahkamlashda g'ovakli tiqin bo‘lakchalaridan foydalaniladi. Termometming simobli rezervuari havo g'iloji tubiga tegmasligi lozim. Hammomdagi moy sathi kapillyarning yuqori tomonidan balandroq turishi kerak. Ishlash vaqtida havo g‘ilofini moy hammomidan olish man etiladi.
Suyuqlanish harorati odatdagi usulda o‘lchanadi. Avval qizdirishni sekin olib borib, oxirgi kristallarning suyuqlanish harorati, so‘ngra tez sovutilib, birinchi kristallarning hosil bo‘lish harorati aniqlanadi va yozib olinadi.
Izoh: keyingi har bir aralashmani qizdirishni oldindan sovutilgan hammomda olib borish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |