Tayanch tushunchalar:
Temuriylar davlati inqirozi, Dashti Qipchoq, O’zbek
ulusi, Muhammad Shaybonixon, Saripul jangi, Shialik, Qizil boshlilar, Marv
jangi, Najmi Soniy, Ubaydulla Sulton, Boburiylar, Qushhokimiyatchilik,
Abdullaxon II, Pirmuhammad, Ashtarxoniylar.
Temuriylar davlatining inqirozi sabablari. Bobur va Shayboniylar o’rtasidagi
kurash.
Buyuk Amir Temur tomonidan Oltin O‘rdaga berilgan kuchli zarba bir vaqtlar qudratli
bo‘lgan davlatning zaiflashuvi va parshalanib ketishiga sabab bo‘lgan asosiy omillardan biri-
dir. Uning o‘rniga Volganing o‘rta va quyi oqimida Qozon vaAshtarxon hamda Turkiya
hukmronligi ostidagi Qrim yarim orolida Qrim xonliklari vujudga keldi. O‘z navbatidaAmir
Temur vafotidan so‘ng uning avlodlari o‘rtasida o‘zaro urushlar Amir Temur asos solgan
buyuk saltanatning par chalanib ketishiga sabab bo‘ldi va shimoldan kelgan ko‘chmanchi
qabilalarning bu yerlarni osonlikcha egallab olishlari ushun qulay imkoniyatlar yaratdi.
Ma’lumki, Sirdaryoning yuqori oqimi va Tiyanshan tog‘ tizmalarining Shimoliy
yon bag‘irlaridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan dashtlar Dashti Qipchoq
nomi bilan atalgan. Bu Dashti Qipchoq atamasini XI asrda Nosir Xisrav qo‘llagan. Dashti
Qipchoq XI–XV asrlarga oid arab va fors manbalarida tilga olinadi. Dashti Qipchoq aholisi
sharq manbalarida – qipchoqlar, rus solnomalarida polovetslar, Vizantiya xronikalarida
kumanlar, venger manbalarida kunlar deb atalgan. Dashti Qipchoq XIII asr boshlarida
Chingizxon qo‘shinlari tomonidan bosib olingach, tarixda Jo‘ji ulusi nomi bilan atalgan Oltin
O‘rda davlati barpo etiladi. XIV asr boshlarida Jo‘ji ulusi, ya’ni Oltin O‘rda ikkiga bo‘linib
ketadi. XIV asrning 60-yillaridan Dashti Qipchoqning sharqiy qismi «O‘zbeklar mamlakati»,
aholisi esa «o‘zbeklar» deb atala boshlangan.
XV asrning 20-yillarida Dashti Qipchoqda ko‘chmanchi qabilalar o‘rtasida olib
borilgan o‘zaro janglardaAbulxayrxon (1412–1468) boshchiligidagi Shayboniylar nomi ostida
urug‘ tarix maydoniga chiqadi. Abulxayrxon 1428-yilda xon etib saylanadi va qirq yil (1428–
1468) hukmronlik qildi. U Sirdaryoning quyi
oqimida Sig‘noq, Oqqo‘rgon, Arko‘k, O‘zgan kabi shaharlarni egallab oldi va bu hududlardan
doimo Movarounnahrga tahdid solib turdi. Abulxayrxon vafot etgach (1468-y.) o‘rniga taxtga
o‘tirgan o‘g‘li Haydarxon davrida Iboqxon, Jonibek, Gerayxon, mang‘it amirlaridan
Yomqurchi va Muso Mirzolar Oltin O‘rda xoni Ahmadxon bilan ittifoq tuzib Haydarxonga
qarshi kurash olib borib, g‘alabaga erishganlar, Haydarxon esa qatl etilgan. Shunda shoh
Budoqning o‘g‘illari Shayboniyxon va Mahmud Sultonni yaqin kishilari Ashtarxon xoni
Qosimning saroyiga olib borib yashirganlar. Bundan xabar topgan sultonlar o‘z qurollarini
Qosimga qarshi qaratganlar. Ammo shahzoda Muhammad Shayboniy o‘z ukasi bilan qamal
qilingan Ashtarxondan omon-eson chiqib Dashti Qipchoqqa yetib kelgan. U XV asrning 80-
yillarida bobosi Abulxayrxon birlashtirgan Dashti Qipchoq yer-larini birlashtirish va
Do'stlaringiz bilan baham: |