Alsayf val-xanjar rayxonano,
Tuf a’lo almarjis val-as.
Mudominoman dam a’donno,
Vahasno jumjumatu’al-ras!
Arabcha bu satrlarning ma’nosini quyidagicha sharhlash mumkin:
Qilich va xanjar bizning hidimizdir,
«Tuf» bo‘lsin nargiz va sumbulimizga.
Dushmanning qoni ichkiligimizdir,
Aylansin bosh suyak qadahimizga!
Shayboniyxonning bosh suyagidan yasalgan tilla qadahning Misrga yetib kelishi
sunniy mazhabidagi aholi o‘rtasida katta norozilik uyg‘otdi. Misr sultoni Qansu Gavri o‘sha
bosh suyakni katta hurmat bilan ko‘mdiradi. Yana Ibn Ayosning aytishicha, 200 dan ortiq
misrlik shoir shoh Ismoilning yuqorida keltirilgan she’riy to‘rtligiga qarshi javob she’riy
to‘rtliklar yozdilar. Masalan, shayx Nosuriddin Tahhan qalamiga mansub she’riy javob
to‘rtlikning o‘zbekcha tarjimasi quyidagichadir:
Gar hidlab yursang hushbo‘y narsalarni
Ko‘paytirarsan mudhish qo‘rquvlarni.
Jangda dushmanni o‘ldirish sharafdir,
Faqat it yalaydi bosh suyaklarni!
Shayboniy taqdiridan voqif bo‘lgan Bobur Mirzo qalbida Shoh Ismoil yordamida
Movarounnahrni qaytadan egallash umidi paydo bo‘ladi. Ana shu niyatida u Shoh Ismoil
elchisini Qobulda juda ochiq chehra bilan kutib oldi. Ismoil elchilari Bobur Mirzoga sovg‘a
tariqasida shialar odatiga ko‘ra o‘ralgan salla qalpoqni tortiq qiladilar. Bu albatta diplomatiya
o‘yini edi. Atrofdagilarning nigohi Bobur Mirzoga qadalgan; nahotki Bobur Mirzo o‘zi
sunniy bo‘laturib shialar qalpog‘ini kiysa... Shu payt elchilar shoh Ismoil Bobur Mirzoga
birgalikda Samarqandga qo‘shin tortishni taklif qilganligini aytadilar.
Bobur Mirzo Shoh Ismoil taklifini qabul qiladi va diplomatik mahoratini ishga solib:
«Inshoolloh Samarqandni egallasak bu qalpoqni kiyamiz», deb og‘ir vaziyatdan chiqib ketadi.
Chunki agar shu paytda u qalpoqni kiyganida barcha sunniylar Bobur Mirzodan yuz o‘girar
edilar. Shoh Ismoil o‘zaro kelishuvgaasosan Samarqand taxti uchun kurashda Bobur Mirzoga
har tomonlama yordam berdi. U Bobur Mirzoni qurollantirdi, unga sipohlar berib jangga
otlantirdi. Bobur Mirzo 1512-yilda Shoh Ismoil yordamida Samarqandni qo‘lga kiritdi.
Ammo bu safar Samarqand aholisi Boburni qo‘llab-quvvatlamadi.
Xalq uni bu gal shiddatli hukmdor avlodi, qo‘rqmas sipoh, xalqparvar shoir va
mutafakkir, avvalgi Bobur Mirzo deb emas, balki shoh Ismoilning qo‘g‘irchoq gumashtasi,
Samarqand sunniy aholisining nazarida mansab, hokimiyat uchun har narsaga tayyor, o‘z
elidan, dinidan qaytgan shialar xizmatkori sifatida qabul qiladi. Bunga Bobur Mirzoning yo‘l
qo‘ygan xatolari va noto‘g‘ri xatti-harakatlari asosiy sabab bo‘ldi. U Samarqandni egallagach,
shoh Ismoilni oliy hokim deb e’lon qiladi. Shiya imomlari nomi bilan tangalar zarb qila
boshladi, Movarounnahrni Eron manfaatlariga bo‘ysundiradi.Albatta, bu hol sunniy
mazhabidagi Movarounnahr aholisining g‘azabini qo‘zg‘adi. Bu orada Bobur Erondan kelgan
qo‘shinlarga javob berib ularning boshliqlariga katta-katta sovg‘a-salomlar ulashadi. Shu
65
tufayli yuzaga kelgan qulay fursatdan foydalangan va xalq ommasining kayfiyatini to‘g‘ri
hisobga olgan Shayboniylar urug‘idan bo‘lgan Shayboniyzodalar Ubaydulla Sulton
boshchiligida birlashib 1512-yil iyun–noyabr oylarida katta qo‘shin bilan Movarounnahrga
bostirib kirdilar. Bobur Mirzo 50 ming kishilik qo‘shini bilan qarshi chiqadi, ammo
Samarqand yaqinidagi Saripulda yengilib Hisorga qochdi.
Shayboniy avlodlari Samarqandni uzil-kesil egalladilar. Shoh Ismoil Boburga yordam
berish maqsadida o‘zining eng tajribali va nomdor sarkardalaridan bo‘lgan amir Ahmad
(laqabi «Najmi-soniy» («Ikkinchi yulduz»)) boshchiligida qo‘shin yuboradi. Eron qo‘shini o‘z
yo‘lida Xuroson amirlarining madad beruvchilarini o‘ziga qo‘shib olib, Termiz yonida
Jayhundan kechib o‘tdi va Bobur Mirzo bilan qo‘shildi. Birlashgan Eron va Bobur qo‘shinlari
Qarshi shahrini o‘rab oldi va Amir Ahmad shahar aholisini butunlay qirib tashlashga buyruq
berdi. Qarshi shahrida 15 ming aholi qirib tashlandi. Qariyalaru bolalarni ham ayamadilar. Bu
paytda Ubaydulla, Muhammad Temur sulton va boshqa o‘zbek sultonlari fursat poylab
Buxoro yaqinida raqiblarini kutib turar edilar. Amir Ahmad Buxoro tomon yuradi va
G‘ijduvonni qamal qila boshlaydi. Kutilmaganda u o‘zbek sultonlarini hujumiga duch keldi
va tez orada yakson qilindi. Bu jangda amir Ahmadning o‘zi o‘ldiriladi. Eron qo‘shinidan
ozgina qismi qochib ulgurdi. Shundan so‘ng Bobur Mirzo bilan Shoh Ismoil o‘rtasidagi ittifoq
barham topdi. Bobur Mirzo endi Movarounnahrdan butunlay umidini uzib Qobulga qaytdi. U
21 yil mobaynida, ya’ni 1526-yilga qadar Qobulni boshqargan. So‘ngra Bobur Mirzo Qobulni
ikkinchi o‘g‘li Kamron Mirzoga qoldirib o‘zi Hindiston sari yurish boshlaydi va buyuk
boburiylar sulolasi saltanatigaasos soladi.Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek va hind
«xalqlari tarixida buyuk lashkarboshi va davlat arbobi, ulug‘ shoir, mutafakkir olim va
tarixchi sifatida munosib o‘rin olgan.
Hind xalqining buyuk farzandi Javoharlal Neru «Hindistonning kashf etilishi», «Jahon
tarixiga bir nazar» asarlarida Bobur Mirzo va uning nabirasi Akbarga yuksak baho bergan. U
shunday deb yozadi: «Bobur – dilbar shaxs, Uyg‘onish davrining ti pik hukmdori, mard va
tadbirkor odam bo‘lgan. U san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi
ko‘rardi».
Boburning Hindistonni qo‘lga kiritishi tufayli Hindistonda buyuk o‘zgarishlar sodir
bo‘ladi, san’at hayotida, me’morchilik va madaniyatning boshqa sohalarida ulkan o‘zgarishlar
yuz beradi.Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan saltanatni uning avlodlari Hindistonni
inglizlar bosib olgunga qadar, 1858-yilgacha, jami bo‘lib 332 yil boshqardilar.
Hindiston boburiylardan bo‘l gan Humoyun, Akbarshoh, Jahongirshoh, Shoh Jahon
davr laridaayniqsa gullab-yashnagan, hudud lari kengayib rivojlangan. Xususan, Akbarshoh
va uning nabirasi Shoh Jahon hind xalqining qalbidan juda katta joy olgan edilar.
Akbarshoh o‘zining betakror, xalqsevar davlat arbobi sifatida hind xalqini ayniqsa
Rajpudlar qavmini hurmatlab ularning diniy va milliy e’tiqodlarini, urf-odatlarini avalab-
asrab, e’zozlab saltanatni mohirona boshqarganligi uchun bu saltanat sohibi Jaloliddin chuqur
ehtirom bilan unga ulug‘, ya’ni Akbar taxallusini berganlar. Shundan Boburning nabirasi
Jaloliddin Akbarshoh nomi bilan jahon tarixidan munosib o‘rin olgan.
Javoharlal Neru Akbarshohni yuksak baholaydi: «Uning (Boburning) nabirasi Akbar
yana ham dilbarroq va xo‘p yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan. Mard, jasur, iste’dodli lashkarbo-
shi, rahmdil, shafqatli, idealist va xayolparast, shu bilan birga harakatchan, o‘z ishini davom
ettiruvchilarning sadoqatiga sazovor bo‘lish uchun intilgan odam bo‘lgan. Sarkarda sifatida
butun Hindistonning keng hududini o‘ziga bo‘ysundirgan. Lekin, u yutuqlaridan ham
mustahkamroq g‘alabani qo‘lga kiritishni, ya’ni odamlarning fikri va qalbini zabt etishni
o‘ylar edi. Akbar saroyida bo‘lgan portugaliyalik iyezuitlarning aytishlariga qaraganda uning
qarashlari jozibali bo‘lib, «ko‘zlari quyosh nuriga to‘la dengizday chaqnab turar edi».
HindistondaAkbarshohgaatab 70 seriyali film tayyorlangan.
Shoh Jahonni hindlar hurmatlab «Hazrati Shohjahon», «Bahodir Shohjahon»,
«Shohjahonobod» nomlari bilan ataganlar. Hindistonlik olimlar boburiy shahzodalarni Amir
Temur sulolasidan bo‘lgan «Barlos turklari», «Chig‘atoy gurgonilari» yoki «Mo‘g‘ul
xoqonlari» deb ataydilar.Xullas, temuriylar sulolasining buyuk vakillari hisoblanmish
boburiylar tarixi hind xalqlari tarixida o‘zining munosib o‘rniga ega. G‘arbdagi boburshunos
olimlardan biri ingliz olimi Valdemar Xansen o‘zining 1986-yilda Dehlida ingliz tilida chop
66
etilgan «Tovus toj yoki mo‘g‘ullar saltanati qismati» kitobida boburiylar sulolasining
Hindistondagi 332 yillik faoliyatiga yuksak baho beradi: «Hindiston va uning 8 ming yillik
tarixi bamisoli bir tovus bo‘lsa, o‘sha ko‘p ming yillik tarixdagi boburiylar sulolasining 332
yillik hukmronlik davri ana shu tovusning gultojisidir».
Do'stlaringiz bilan baham: |