65
tufayli yuzaga kelgan qulay fursatdan foydalangan va xalq ommasining kayfiyatini to‘g‘ri
hisobga olgan Shayboniylar urug‘idan bo‘lgan Shayboniyzodalar Ubaydulla Sulton
boshchiligida birlashib 1512-yil iyun–noyabr oylarida katta qo‘shin bilan Movarounnahrga
bostirib kirdilar. Bobur Mirzo 50 ming kishilik qo‘shini bilan qarshi chiqadi, ammo
Samarqand yaqinidagi Saripulda yengilib Hisorga qochdi.
Shayboniy avlodlari Samarqandni uzil-kesil egalladilar. Shoh Ismoil Boburga yordam
berish maqsadida o‘zining eng tajribali va nomdor sarkardalaridan bo‘lgan
amir Ahmad
(laqabi «Najmi-soniy» («Ikkinchi yulduz»)) boshchiligida qo‘shin yuboradi. Eron qo‘shini o‘z
yo‘lida Xuroson amirlarining madad beruvchilarini o‘ziga qo‘shib olib, Termiz yonida
Jayhundan kechib o‘tdi va Bobur Mirzo bilan qo‘shildi. Birlashgan Eron va Bobur qo‘shinlari
Qarshi shahrini o‘rab oldi va Amir Ahmad shahar aholisini butunlay qirib tashlashga buyruq
berdi. Qarshi shahrida 15 ming aholi qirib tashlandi. Qariyalaru bolalarni ham ayamadilar. Bu
paytda Ubaydulla, Muhammad Temur sulton va boshqa o‘zbek sultonlari fursat poylab
Buxoro yaqinida raqiblarini kutib turar edilar. Amir Ahmad Buxoro tomon yuradi va
G‘ijduvonni qamal qila boshlaydi. Kutilmaganda u o‘zbek sultonlarini hujumiga duch keldi
va tez orada yakson qilindi. Bu jangda amir Ahmadning o‘zi o‘ldiriladi. Eron qo‘shinidan
ozgina qismi qochib ulgurdi. Shundan so‘ng Bobur Mirzo bilan Shoh Ismoil o‘rtasidagi
ittifoq
barham topdi. Bobur Mirzo endi Movarounnahrdan butunlay umidini uzib Qobulga qaytdi. U
21 yil mobaynida, ya’ni 1526-yilga qadar Qobulni boshqargan. So‘ngra Bobur Mirzo Qobulni
ikkinchi o‘g‘li Kamron Mirzoga qoldirib o‘zi Hindiston sari yurish boshlaydi va buyuk
boburiylar sulolasi saltanatigaasos soladi.Zahiriddin Muhammad Bobur o‘zbek va hind
«xalqlari tarixida buyuk lashkarboshi va davlat arbobi, ulug‘ shoir, mutafakkir olim va
tarixchi sifatida munosib o‘rin olgan.
Hind xalqining buyuk farzandi Javoharlal Neru «Hindistonning kashf etilishi», «Jahon
tarixiga bir nazar» asarlarida Bobur Mirzo va uning nabirasi Akbarga yuksak baho bergan. U
shunday deb yozadi: «Bobur – dilbar shaxs, Uyg‘onish
davrining ti pik hukmdori, mard va
tadbirkor odam bo‘lgan. U san’atni, adabiyotni sevardi, hayotdan huzur qilishni yaxshi
ko‘rardi».
Boburning Hindistonni qo‘lga kiritishi tufayli Hindistonda buyuk o‘zgarishlar sodir
bo‘ladi, san’at hayotida, me’morchilik va madaniyatning boshqa sohalarida ulkan o‘zgarishlar
yuz beradi.Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan saltanatni uning avlodlari Hindistonni
inglizlar
bosib olgunga qadar, 1858-yilgacha, jami bo‘lib 332 yil boshqardilar.
Hindiston boburiylardan bo‘l gan Humoyun, Akbarshoh, Jahongirshoh, Shoh Jahon
davr laridaayniqsa gullab-yashnagan, hudud lari kengayib rivojlangan. Xususan,
Akbarshoh
va uning nabirasi Shoh Jahon hind xalqining qalbidan juda katta joy olgan edilar.
Akbarshoh o‘zining betakror, xalqsevar davlat arbobi sifatida hind xalqini ayniqsa
Rajpudlar qavmini hurmatlab ularning diniy va milliy e’tiqodlarini, urf-odatlarini avalab-
asrab, e’zozlab saltanatni mohirona boshqarganligi uchun bu saltanat sohibi Jaloliddin chuqur
ehtirom bilan unga ulug‘, ya’ni Akbar taxallusini berganlar. Shundan Boburning nabirasi
Jaloliddin Akbarshoh nomi bilan jahon tarixidan munosib o‘rin olgan.
Javoharlal Neru Akbarshohni yuksak baholaydi: «Uning (Boburning) nabirasi Akbar
yana ham dilbarroq va xo‘p yaxshi fazilatlarga ega bo‘lgan. Mard, jasur, iste’dodli lashkarbo-
shi, rahmdil, shafqatli, idealist va xayolparast, shu bilan birga harakatchan, o‘z ishini davom
ettiruvchilarning sadoqatiga sazovor bo‘lish uchun intilgan odam bo‘lgan. Sarkarda sifatida
butun Hindistonning keng hududini o‘ziga bo‘ysundirgan. Lekin,
u yutuqlaridan ham
mustahkamroq g‘alabani qo‘lga kiritishni, ya’ni odamlarning fikri va qalbini zabt etishni
o‘ylar edi. Akbar saroyida bo‘lgan portugaliyalik iyezuitlarning aytishlariga qaraganda uning
qarashlari jozibali bo‘lib, «ko‘zlari quyosh nuriga to‘la dengizday chaqnab turar edi».
HindistondaAkbarshohgaatab 70 seriyali film tayyorlangan.
Shoh Jahonni hindlar hurmatlab «Hazrati Shohjahon», «Bahodir Shohjahon»,
«Shohjahonobod» nomlari bilan ataganlar. Hindistonlik olimlar boburiy shahzodalarni Amir
Temur sulolasidan bo‘lgan «Barlos turklari», «Chig‘atoy gurgonilari» yoki «Mo‘g‘ul
xoqonlari» deb ataydilar.Xullas, temuriylar sulolasining buyuk vakillari hisoblanmish
boburiylar tarixi hind xalqlari tarixida o‘zining munosib o‘rniga ega. G‘arbdagi boburshunos
olimlardan biri ingliz olimi Valdemar Xansen o‘zining 1986-yilda Dehlida ingliz tilida chop